Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMA YoZUVLARINING ShAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISh BOʻYIChA QOIDALARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 19-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2018-1]
Mazkur buyruq 2013-yil 1-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-sonli “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2397, 23.10.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-oktabrdagi 229-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2018, 2009-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 455-modda) muqaddimasidagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)” degan soʻzlar “Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida nizomga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-oktabr,
242-mh-son
Kelishildi:
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2011-yil 19-oktabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 19-oktabr
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2011-yil 19-oktabr
Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV
2011-yil 19-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 458-modda; 2012-y., 43-son, 501-modda)