O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV IDORALARINI HAMDA XALQ TA’LIMI SISTEMASINI PARTIYADAN HOLI ETISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umum ta’lim maktablari partiyadan holi etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, respublika davlat apparati idoralarida va xalq ta’limi sistemasida siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga bundan buyon yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 17-sentabr,
PF-260-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 241-modda)