Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻSHIMCHA VA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA MONITORING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2011-YIL 5-AVGUSTDAGI 228-SON QARORI)
Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-avgustdagi 228-son qarorini bajarish yuzasidan, axborotlarni shakllantirish va ommaviy kommunikatsiyalar orqali tarqatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va samarali monitoring olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-oktabr,
273-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-oktabrdagi 273-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 108-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshiga “shuningdek Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining ishchi organi funksiyalarini bajaradi” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Markaz shuningdek Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) ishchi organi funksiyalarini bajaradi, Markaz boshligʻi esa Komissiya kotibi hisoblanadi”;
7-bandga quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“monitoring natijalari, zarurat boʻlganda — qoʻshimcha axborotlar va tahliliy materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini va Komissiya majlislarida koʻrib chiqish hamda Komissiyaning tegishli xulosasini tayyorlash uchun kiritilishini taʼminlash”;
oʻn beshinchi xatboshi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Komissiya kotibi sifatida Komissiya faoliyati tashkil etilishini taʼminlaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-iyundagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio-, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmogʻi axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “Markazning” soʻzi “Markaz hamda Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Monitoring natijalari ekspert xulosasi olish zaruriyati boʻlganda Komissiyaga koʻrib chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va uning xulosasini tayyorlash, shuningdek ekspert xulosasini keyinchalik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborish uchun taqdim etiladi”;
v) VI boʻlim nomiga “Markazning” soʻzidan keyin “hamda Komissiyaning” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Huquq buzilishlarining ayrim holatlari boʻyicha ekspert xulosasi olish zaruriyati boʻlganda Markaz monitoringning tegishli natijalarini koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, Komissiya monitoring natijalari olingan sanadan 30 kundan kechikmay ularni ekspertizadan oʻtkazadi, oʻz xulosalarini tayyorlaydi va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuboradi”;
d) 15-bandning birinchi xatboshiga “Markaz” soʻzidan keyin “hamda Komissiya” soʻzlari qoʻshilsin;
e) 16 va 17-bandlarga “Markazning” soʻzidan keyin “hamda Komissiyaning” soʻzlari qoʻshilsin;
j) 18-bandda:
“Markaz” soʻzidan keyin “hamda Komissiya” soʻzlari qoʻshilsin;
“Markazni” soʻzidan keyin “hamda Komissiyani” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 415-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)