Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022 03.10.2011 yildagi O‘RQ-300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022
Hujjat 06.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 11-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi 1054–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 10-moddaning oʻn birinchi qismidagi “besh” degan soʻz “ikki” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 49-moddaning birinchi jumlasidagi “uch” degan soʻz “ikki” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 52-moddaning toʻrtinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 59-moddaning birinchi qismi birinchi jumlasidagi “bir oylik” degan soʻzlar “oʻn besh kunlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 71-moddaning birinchi qismi uchinchi jumlasidagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Takroriy kim oshdi savdosini oʻtkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) sotish toʻgʻrisidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) sotilmagan kim oshdi savdosining sanasidan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, ushbu Qonunning mazkur moddasida va 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qiladi. Bunda kim oshdi savdosi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran kamida oʻn besh kunlik muddat oʻtgach, oʻtkaziladi. Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga koʻra pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kim oshdi savdosidagi narxning 10 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi qismidagi “bir oydan” degan soʻzlar “oʻn besh kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 124-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik sudi qarzdorning faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorida kreditorlar yigʻilishining va (yoki) tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga koʻra qarzdorning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritish oʻtkazilishini koʻrsatishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 127-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “ikki oy” degan soʻzlar “bir oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 134-moddaning oʻn birinchi qismi “mazkur Qonunning 1421 va 143-moddalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 135-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun hujjatlarida ayrim qarzdor korxonani (biznesni) yoki uning mol-mulki bir qismini banklarga sotishning yoki oʻtkazishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 142-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qarzdorning ushbu Qonunning 1421 va 143-moddalarida nazarda tutilgan mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) quyidagi mazmundagi 1421-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1421-modda. Majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan qarzdorning realizatsiya qilinmagan mol-mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga quyidagi hollarda oʻtkaziladi, agar majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorlik miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning mol-mulki qiymatiga teng yoki undan ortiq boʻlsa, — birinchi navbatdagi boshqa kreditorlar ushbu mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning mol-mulki qiymatidan kam boʻlsa, — barcha navbatdagi kreditorlar ushbu mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mol-mulki toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organlarini yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari yozma xabar olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Mol-mulkni qabul qilishdan bosh tortilgan yoki boʻyin tovlangan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga majburlash toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etishga haqli. Xoʻjalik sudi mol-mulk mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq balansiga mol-mulk oʻtkazilgan mahalliy davlat hokimiyati organi bu mol-mulkni belgilangan tartibda ochiq kim oshdi savdosida realizatsiya qilish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Bunda koʻchmas mol-mulk, shuningdek aksiyalar, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi ulushlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyiladi, tushgan mablagʻlar esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Boshqa mol-mulk ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari orqali ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyiladi, tushgan mablagʻlar esa mahalliy budjet daromadiga yoʻnaltiriladi, qarzdorning qabul qilib olingan mol-mulkni saqlash boʻyicha qilingan xarajatlarini qoplash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning mol-mulki ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida realizatsiya qilinmagan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu mol-mulkka nisbatan davlat mulkini tasarruf etishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boshqa usullarini ham qoʻllaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini uzish hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor tomonidan yozma xabarning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarzdorligi boʻlmagan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “bir oylik muddat” degan soʻzlar “oʻn besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 3-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-300-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 411-modda)