Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“ADVOKATLIK TUZILMALARINING STATISTIK MAʼLUMOTLAR ShAKLLARINI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 6-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2054-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-yanvardagi 1-mh-sonli “Advokatlik tuzilmalarining statistik maʼlumotlar shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2960, 05.01.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 15-dekabrdagi 280-mh-son “Advokatlik tuzilmalarining statistik maʼlumotlar shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2054, 2009-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 547-modda) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 113-modda) asosan buyuraman:”.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-oktabr,
233-mh-son
Kelishilgan:
Advokatlar palatasi raisi oʻrinbosari v. b R. AXMEDOV
2011-yil 6-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 442-modda)