Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
BIR TALABANI OʻQITISh XARAJATLARIDAN KELIB ChIQIB BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIGA OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING XARAJATLARINI NORMATIV REJALAShTIRISh VA MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2136-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 4-martdagi 14-son hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 2-martdagi 3-2021-sonli ““Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2136-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-avgustdagi 192-son “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 304-modda), 2011-yil 25-iyuldagi 212-son “Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 313-modda), 2011-yil 25-iyuldagi 213-son “Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 314-modda) va 2011-yil 25-iyuldagi 214-son “Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 315-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 67, 329-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2136, 2010-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 296-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-sentabr,
61-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-sentabr,
376-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 13-sentabrdagi 61, 376-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2-ilovaning “Oliy taʼlim muassasalari nomlari” grafasida:
a) 3-guruhdagi “Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti”, “Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti” va “Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti” degan soʻzlar tegishli ravishda “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti”, “Andijon mashinasozlik instituti” va “Namangan muhandislik-texnologiya instituti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 6-guruhdan “Andijon davlat tillar pedagogika instituti” qatori chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 391-modda)