21.09.2011 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SIMOBLI LAMPALARNING ISHLATILIB BOʻLGAN RESURSLARINI TOʻPLASH VA ULARNI UTILIZATSIYA QILISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish, atrof muhitni simob bilan ifloslanishdan muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
simobli chiqindilarni zararsizlantiruvchi (demerkurizatsiyalovchi) va utilizatsiya qiluvchi, ekologiya va sanitariya-gigiyena ekspertizatsiyasidan oʻtgan zarur texnologik asbob-uskunalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda utilizatsiya qilish tashkilotlari deb ataladi) tomonidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan, shu jumladan energiyani tejaydigan lampalarni sotish punktlari orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lampalarning sinishini va ularning tarkibidagi simob mavjud boʻlgan moddalarning havoga chiqib ketishini, suv manbalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishini istisno etuvchi maxsus oʻrnatilgan konteynerlardan foydalangan holda maishiy chiqindilarni toʻplash punktlari orqali amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻplangan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari utilizatsiya qilish tashkilotlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, simobli lampalardan foydalanadigan yuridik shaxslar simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan va yaroqsiz resurslarini faqat utilizatsiya qilish tashkilotlariga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tarkibida simobli lampalarni utilizatsiya qilish tashkilotlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiyani tejaydigan lampalar sotib olishda simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resursi (ishlab chiqaruvchi korxonadan qatʼi nazar) qaytarilgan taqdirda ularning qiymatini 10 foizga kamaytirish tarzida taqdirlash tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda, zararsizlantiriladigan va utilizatsiya qilinadigan simobli lampalarning hajmlaridan kelib chiqqan holda, utilizatsiya qilish boʻyicha yangi tashkilotlar tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining takliflariga binoan, utilizatsiya qilish tashkilotlari tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma olmasdan simobli lampalarni mustaqil ravishda utilizatsiya qilishga yoki zararsizlantirishga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda — simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini aholi tomonidan topshirilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlr.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilishning zarurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-sentabrdagi 266-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash boʻyicha asosiy shartlar va talablarni hamda ularni utilizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom normalari simobli lampalardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari — ishlatishdan chiqqan hamda utilizatsiya qilish lozim boʻlgan simob toʻldirilgan yoritish qurilmalari va elektr lampalari sifatidagi butun simobli lampalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
simobli lampalardan foydalanuvchilar — simob toʻldirilgan yoritish qurilmalari va elektr lampalaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
utilizatsiya qilish tashkilotlari — simobli chiqindilarni zararsizlantirishni (demerkurizatsiyalashni) va utilizatsiya qiluvchi, ekologik va sanitariya-gigiyena ekspertizasidan oʻtgan zarur texnologik asbob-uskunalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplash — simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini keyinchalik utilizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan (aholidan) qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
utilizatsiya qilish — ishlatilib boʻlgan yoki yaroqsiz simobli lampalarni zararsizlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan toʻplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Simobli lampalardan foydalanuvchilar simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda utilizatsiya qilishga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Simobli lampalardan yoritish uchun foydalanuvchilar (aholidan tashqari) simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini boshqa chiqindilardan alohida, maxsus ajratilgan joyda toʻplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash lampalarni shikastlamaydigan va ulardagi simobli moddalarning havoga chiqishiga, suv taʼminoti manbalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus idishda amalga oshiriladi. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini yangi simobli lampalardan boʻshagan, shikastlanmagan idishda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar simobli lampalardan foydalanuvchi (aholidan tashqari) oʻz hududiga ega boʻlmasa va maydonlarni ijara shartnomasi boʻyicha (sanoat ishlab chiqarish obyektlaridan tashqari) faqat idora, savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari (biznes-markazlar, savdo korxonalari, bozorlar va boshqa obyektlar) uchun egallab turgan boʻlsa, u yerdagi binolardan foydalanish xizmatlari ularning egasi yoki ular tomonidan vakolat berilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilsa, simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash ijarachidan qoʻshimcha toʻlov undirmasdan ijaraga beruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Simobli lampalardan foydalanuvchilar (aholidan tashqari) tomonidan simobli lampalarning aylanishi hisobi qayd etiladigan daftar majburiy tartibda yuritiladi. Daftarda muayyan davr mobaynida sotib olingan lampalarning soni, foydalaniladigan joyi va ularni qabul qilib olgan masʼul shaxs (sex, uchastka boshligʻi yoki boshqalar) majburiy tartibda koʻrsatiladi. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilishga qaytarish ham daftarda tegishli ravishda qayd qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkitadan koʻp ishlab chiqarish uchastkalariga yoki faoliyatni amalga oshirish joylariga ega boʻlgan simobli lampalardan foydalanuvchilar (aholidan tashqari) simobli lampalardan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha masʼul shaxsni tayinlaydilar. Masʼul shaxs tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Simobli lampalarning aylanishi qayd etiladigan daftar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlar vaqtida koʻrsatiladigan hujjat hisoblanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
utilizatsiya qilish tashkilotlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan, shu jumladan energiyani tejaydigan lampalarni sotish punktlari orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lampalarni shikastlamaydigan va ulardagi simobli moddalarning havoga chiqishiga, suv taʼminoti manbalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishini istisno etuvchi maxsus oʻrnatilgan konteynerlardan foydalangan holda, maishiy chiqindilarni toʻplash punktlari orqali amalga oshiriladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Simobli lampalarni aholiga turgʻun savdo shoxobchalari orqali, savdo komplekslarida, shuningdek firma doʻkonlarida va ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) korxonalarning vakolatxonalarida sotadigan savdo korxonalari simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini, keyinchalik ularni energiyani tejaydigan lampalarning ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) korxonalariga topshirgan holda qabul qilib olishni majburiy tartibda amalga oshiradilar.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini (ishlab chiqaruvchi korxonadan qatʼi nazar) qaytargan holda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiyani tejaydigan yangi lampani sotib olishda sotib olinayotgan lampa qiymatini 10 foizga kamaytirish tarzida taqdirlash amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻplangan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari utilizatsiya qilish tashkilotlariga shartnoma asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Simobli lampalarning yaroqsiz yoki ishlatilib boʻlgan resurslarini topshirganlik uchun taqdirlash pulini qoplash tartibi energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo korxonalari oʻrtasidagi shartnomalarda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini topshirganlik uchun taqdirlash summasini qoplash uchun simobli lampalarning ishlab chiqaruvchi korxonalariga zarur boʻlgan mablagʻlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Simobli lampalardan foydalanuvchilarning simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini mustaqil ravishda utilizatsiya qilishi yoki zararsizlantirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash ularni belgilangan sanitariya-gigiyena, ekologiya talablarining va boshqa talablarning bajarilishini taʼminlaydigan metodlar bilan zararsizlantiradigan va qayta ishlaydigan utilizatsiya qilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Davsanepidnazorat” markazlari bilan kelishgan holda joylashtiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Energiyani tejaydigan lampalarni sotish punktlari orqali qabul qilib olingan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo korxonalari oʻrtasidagi shartnomalar asosida bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilotlarda toʻplangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish utilizatsiya shartnomalari asosida bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan simobli lampalarni utilizatsiya qilish simobli lampalardan foydalanuvchilar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish simobli lampalardan foydalanuvchi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni toʻplash punktlarida yigʻilgan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Takroriy foydalanilishi mumkin boʻlgan, utilizatsiya qilishda olinadigan barcha ikkilamchi materiallar demerkurizatsiyalash taʼminlangan taqdirda utilizatsiya qilish tashkilotlari tasarrufida qoladi va ulardan tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyundagi 217-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 318-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Utilizatsiya qilish tashkilotlarini moliyalashtirish utilizatsiya qilishda olinadigan ikkilamchi resurslar va materiallarni sotishdan, simobli lampalardan foydalanuvchilarga va boshqa tashkilotlarga utilizatsiya qilish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyatdan tushadigan mablagʻlar, grantlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nazorat va javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining “Davsanepidnazorat” respublika markazi va ularning mahalliy hududiy boʻlinmalari simobli lampalarni toʻplash hamda utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatning tashkil etilishi va yuritilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 388-modda; 2016-y., 26-son, 318-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)