Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
DON NARXLARI OʻRTASIDAGI FARQNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1729-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 26-fevraldagi 13-sonli, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 24-fevraldagi 27-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 22-fevraldagi 2021-05-sonli ““Don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1729-2, 10.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-son “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-maydagi PQ-867-son “Boshoqli don ekinlarini xarid qilish narxlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 268-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 10-sentabrdagi 83, 28, 2007-51-sonli qarori (roʻyxat raqami 1729, 2007-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 434-modda) bilan tasdiqlangan “Don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyul,
43-son
Iqtisodiyot vaziri R. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyul,
6-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyul,
2011-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-iyuldagi 43, 6, 2011-21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21.Donning ulgurji-sotish narxini belgilashda donning ulgurji-sotish narxiga qoʻllaniladigan ustama va donni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan don qabul qilish korxonalarigacha va don qabul qilish korxonalaridan donni qayta ishlash korxonalarigacha transportda tashish xarajatlari, don tayyorlash bilan bogʻliq hisob-kitoblar uchun ajratilgan kredit foizlari hisobga olinmaydi va ushbu xarajatlar keyinchalik don tannarxi tarkibida donni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tannarxiga kiritiladi”.
3. 7-bandi “ushbu mablagʻni” degan soʻzlardan keyin “23208 maxsus hisob raqamidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining raisi E. QUDRATOV
2011-yil 25-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 340-modda)