05.08.2011 yildagi 228-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA MONITORING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida” hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, ommaviy axborot vositalari tomonidan axborotlarni shakllantirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va uning samarali monitoringini amalga oshirish, shuningdek shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, jamoat tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasini (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, Komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy axborot makoni va ommaviy kommunikatsiya vositalari faoliyati, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internetning global tarmogʻi, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalari, shuningdek bosma mahsulotlar monitoringi natijalarini koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi tomonidan taqdim etiladigan monitoring materiallarini ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallarining axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga, fuqarolarning ijtimoiy ongiga buzgʻunchi salbiy axborot-ruhiy taʼsirning oldini olishga, milliy-madaniy anʼanalar va merosni saqlab qolish va ularning uzviyligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatida qonunchilik talablarining aniqlangan buzilishlari boʻyicha xulosalarni tayyorlash va tegishli davlat organlariga taqdim etish;

milliy ommaviy kommunikatsiya vositalarining samarali faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash;

ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasi tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi nizom 1* va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi Komissiyaning ishchi organi etib belgilansin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 228-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi Komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya faoliyati teng huquqlilik, fikrlarni erkin ifodalash, qarorlar va xulosalarni kollegial qabul qilish, Komissiya vakolatiga kiradigan masalalarning har tomonlama, toʻliq va xolisona hal etilishini taʼminlash tamoyillariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy axborot makoni va ommaviy kommunikatsiya vositalari faoliyati, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internetning global tarmogʻi, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalari, shuningdek bosma mahsulotlar monitoringi natijalarini koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ tomonidan taqdim etiladigan monitoring materiallarini ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallarining axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga, fuqarolarning ijtimoiy ongiga buzgʻunchi salbiy axborot-ruhiy taʼsirning oldini olishga, milliy-madaniy anʼanalar va merosni saqlab qolish va ularning uzviyligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatida qonunchilik talablarining aniqlangan buzilishlari boʻyicha xulosalarni tayyorlash va tegishli davlat organlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ommaviy kommunikatsiya vositalarining samarali faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Asosiy vazifalariga muvofiq Komissiya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kommunikatsiya subyektlari tomonidan ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini, shuningdek ommaviy foydalanish uchun davriy bosma va kitob mahsulotlari, audiovizual mahsulotlar va fonogrammalarning ishlab chiqarilishi, tarqatilishi va saqlanishini oʻrganadi va xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning axborot-kommunikatsiya tizimlarida milliy ongning oʻzgartirilishiga, jamiyatning tarixiy hamda milliy anʼanalar va urf-odatlardan uzilib qolishiga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning nobarqarorlashishiga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning buzilishiga yoʻnaltirilgan axborotning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy axborot makonida aniqlangan konstitutsiyaviy tuzumni zoʻravonlik bilan oʻzgartirishga, Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni avj oldirishga, davlat tuzumiga qarshi qaratilgan boshqa tajovuzlarni sodir etishga ommaviy daʼvat qilgan materiallarni, shuningdek urush, zoʻravonlik, pornografiya va shafqatsizlikni, terrorizm va diniy ekstremizm gʻoyalarini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan axborotlarni tahlil qiladi va ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi subyektlar faoliyati toʻgʻrisidagi xulosani, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va ularni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert xulosalarini oʻrganadi hamda xalqaro Internet tarmogʻi axborot resurslarining identifikatsiya maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestriga kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiyaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan maʼlumotlarni soʻrash va belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning tegishli maxsus bilimlarga ega boʻlgan vakillarini ekspertlar sifatida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz majlislarida Komissiya aʼzolari va davlat organlari masʼul vakillarining hisobotini eshitish, tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ekspert xulosalari va tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq axborot materiallarini tarqatishni cheklash boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida vakolatli davlat organlariga ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni koʻrib chiqish hamda xalqaro Internet tarmogʻi axborot resurslarining identifikatsiya maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestriga kiritish yuzasidan qaror qabul qilish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Komissiya tarkibi va uning ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqilayotgan materiallarning mohiyatidan kelib chiqib Komissiya aʼzolari tomonidan davlat organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan tegishli maxsus bilimlarga ega boʻlgan ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyaning oʻz blankasi boʻladi. Komissiyaning faoliyati bilan bogʻliq yozishmalarni yuritishda xat Komissiya raisi, uning oʻrinbosari (yoki) kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha uning aʼzolari ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislari kun tartibini belgilash va ularni chaqirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni ekspertizadan oʻtkazish va zarur hollarda ekspertiza xulosalarini sudda himoya qilish uchun ekspert (ekspertlar) belgilash;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan boshqa xatti-harakatlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishida qatnashadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlarini qabul qilishda ovoz berishda ishtirok etadilar, Komissiya tomonidan belgilangan tartibda, shu jumladan elektron koʻrinishda majlis natijalarini roʻyxatga olish va oʻtkazish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqish uchun kiritiladigan materiallar boʻyicha tegishli xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiyaning ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning navbatdagi majlisiga monitoringning barcha natijalarini va zarur materiallarni oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlaydi hamda uning tegishli qarorini oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy materiallarni tayyorlashni va kun tartibidagi masalalar boʻyicha Komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil etadi shu jumladan, Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat aylanishi tartibida;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun qoʻshimcha axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek Komissiyaning vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish uchun boshqa zarur maʼlumotlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur materiallarni oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlaydi hamda materiallar Ishchi organga tushgan sanadan boshlab 15 kun muddatda ekspertiza oʻtkazadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha zarur hujjatlar Komissiyaning navbatdagi majlisiga oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni Komissiya majlisiga tayyorlash boʻyicha ishchi organ ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Komissiya majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlislarni oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar tarkibini Komissiya raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlis oʻtkaziladigan sana, uning vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Komissiya majlisining koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Komissiya aʼzolariga, manfaatdor davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi shu jumladan, Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat aylanishi yoʻli bilan.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Komissiya tomonidan ekspertiza oʻtkazish va uning natijalarini koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya raisi jismoniy va yuridik shaxslarning har bir aniq murojaati yuzasidan materiallar olingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida Komissiya ishchi organi taklifi bilan jalb etilgan ekspertlardan ekspertni (ekspertlarni) tasdiqlaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekspertiza materiallar olingan sanadan boshlab 15 kun mobaynida oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekspert (ekspertlar) taqdim etilgan materiallarni besh kun muddatda oʻrganib chiqadi va ekspert xulosasi beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspert koʻrib chiqish jarayonida qoʻshimcha materiallarni soʻrash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Zarurat boʻlganda Komissiya bajarilgan ishlar yuzasidan Ishchi organning amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya qarori majlisda ishtirok etgan barcha Komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma asosida, shu jumladan Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat almashinuvi vositasida rasmiylashtiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekspert (ekspertlar)ning xulosasida:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa qabul qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizani oʻtkazish uchun asos;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyxati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan ekspertiza boʻyicha Komissiyaning xulosasi aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya zaruratga qarab majlis oʻtkazadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar Komissiya majlisida uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa Komissiyaning majlisi qonuniy vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiyaning qarori majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya aʼzosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikri Komissiyaning bayonnomasida aks ettiriladi yoki yozma shaklda alohida rasmiylashtiriladi va Komissiya bayonnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiyaning bayonnomalari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun vakolatli davlat organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli davlat organlari belgilangan muddatlarda yozma shaklda Komissiyani koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Komissiya oʻz majlislarida muntazam ravishda qabul qilingan qarorlar ijrosining holatini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya xulosasining asl nusxasi va unga materiallar Komissiyaning ishchi organida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiyaning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uning xulosasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Komissiya faoliyatini taʼminlash boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish hamda ekspertizalar oʻtkazish Komissiyaning ishchi organi tomonidan, shu jumladan Komissiya tomonidan belgilangan tartibda elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Komissiya yilning har choragida oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 336-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)