Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
POChTA ALOQASI XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARINING 3-ILOVASIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 3-ilovasidagi “Davlat patent idorasi” degan soʻzlar “Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MUXITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyul,
12-yu-son
Kelishildi:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. U. TURDIYEV
2011-yil 21-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 332-modda)