Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 02.08.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2251
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Hujjat 12.08.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTRON ZAXIRAGA OLISh TIZIMI VA FIRMA NOMLARINING MARKAZLAShTIRILGAN MAʼLUMOTLAR BAZASINING IShLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2251]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 28-fevraldagi 2-mb-sonli “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2251-3, 01.03.2017-y.) asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 37-38-son, 370-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1529-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 22-23-son, 224-modda) asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. TOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-mb-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011-yil 1-iyuldagi 3-mb-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 37-38-son, 370-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-son “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 22-23-son, 224-modda) asosan, taʼsischilar yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning elektron buyurtmasiga koʻra, Internet tarmogʻi orqali firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida xoʻjalik yurituvchi subyektning firma nomini zaxira qilib qoʻyish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish — roʻyxatga olish uchun qulay firma nomi toʻgʻrisidagi yozuvni Internet tarmogʻi orqali firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasiga kiritish va uni koʻrish uchun yagona login (ID raqam) va parol haqida elektron xabarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish uchun qulay firma nomi (bundan buyon matnda qulay firma nomi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi talablariga mos keladigan nom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
firma nomi — yuridik shaxs boʻlgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi boʻlib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtda yuzaga keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
firma nomini elektron zaxiraga olish tizimi (bundan buyon matnda zaxiraga olish tizimi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy sayti orqali elektron talabnoma asosida soʻralgan firma nomlarini qabul qilish va qoʻrib chiqish, firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida qulay firma nomini vaqtincha saqlash, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning masʼul xodimlari uchun zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga kirish huquqini beruvchi tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron talabnoma — Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish uchun zaxiraga olish tizimiga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼsischining tanloviga koʻra Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining www.stat.uz rasmiy saytiga bevosita murojaat qilish yoʻli bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qilish yoʻli bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki murojaat, elektron talabnomani qabul qilish va qulay firma nomlarini zaxiraga olish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxslarning Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish uni roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlamaydi. Zaxiraga olingan firma nomining amal qilish muddati zaxiraga olish sanasidan boshlab 60 kunni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar nomlari yoki zaxiraga olingan qulay firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan belgilar mavjud boʻlgan firma nomlari, shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi talablariga zid boʻlgan firma nomlari zaxiraga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Zaxiraga olish tizimidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zaxiraga olish tizimidan foydalanishni quyidagilar amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischi (yuridik yoki jismoniy shaxs) yoki u vakil qilgan shaxs (bundan buyon matnda elektron talabnoma beruvchi deb yuritiladi) — Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish uchun elektron talabnoma berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi — zaxiraga olish tizimining ishlashini va oʻzining rasmiy sayti orqali unga kirish huquqini taʼminlashda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar — qulay firma nomi bilan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritish) uchun Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish yoki taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan firma nomini zaxiraga olingan qulay firma nomi bilan solishtirishni amalga oshirishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektron talabnoma beruvchi tomonidan mustaqil ravishda Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytiga bevosita murojaat etish va tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qilish orqali elektron talabnoma toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zaxiraga olish tizimi orqali elektron talabnomani qabul qilishda quyidagilar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron talabnoma beruvchining majburiy rekvizitlarini toʻliq toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olinayotgan yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatmasdan, firma nomlarida lotin alfavitini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saytda avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazishdan himoya qilish uchun zaxiraga olish tizimida harfli kod qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron talabnomaning majburiy rekvizitlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtishi moʻljallanayotgan hududi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron talabnoma beruvchi jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron talabnoma beruvchi yuridik shaxslar uchun — nomi va STIR kodi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron talabnomaning boshqa maʼlumotlari majburiy xususiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron talabnomaga bitta asosiy va muhimligi boʻyicha joylashgan toʻrttagacha qoʻshimcha firma nomlari kiritilishi mumkin. Birinchi zaxiraga olinishi mumkin boʻlgan qulay firma nomi aniqlangandan soʻng, qolgan qoʻshimcha firma nomlari zaxiraga olish tizimi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar elektron talabnoma beruvchi elektron talabnomani rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan boʻlsa, zaxiraga olish tizimidan chiqmagan holda yangi firma nomlari koʻrsatilgan elektron talabnomani qaytadan toʻldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy-texnik vositalari quyidagilarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron talabnomani qabul qilish yoki ilgari roʻyxatga olingan yoki zaxiraga olingan qulay firma nomlari bilan bir xil firma nomlarini rad etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika boʻyicha firma nomi adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan boshqa yuridik shaxslarning mavjudligi (mavjud emasligi)ni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasiga qulay firma nomi toʻgʻrisida tegishli yozuvni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qogʻoz nusxasini chiqarish imkoniyatini bergan holda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning masʼul xodimi tomonidan qulay firma nomi tekshirilganini elektron tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish uchun elektron talabnomani olgach, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining masʼul xodimlari firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasiga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan, 8 ish soatidan oshmagan muddatda qulay firma nomini olish boʻyicha zarur harakatlarni amalga oshirishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektron talabnoma beruvchi tomonidan Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish natijalarini koʻrish, zaxiraga olish tizimida berilgan yagona login va paroldan foydalangan holda, elektron talabnoma natijasini koʻrib chiqish uchun 8 ish soatidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytiga murojaat qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektron talabnoma beruvchi qulay firma nomini Internet tarmogʻi orqali zaxiraga olishni tasdiqlash uchun kerak boʻlgan yagona login va parolni davlat roʻyxatidan oʻtish toʻgʻrisidagi ariza (ariza-xabarnoma)ning “ariza (ariza-xabarnoma)ga qoʻshimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar” satrida koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning masʼul xodimi Davlat roʻyxatidan oʻtish toʻgʻrisidagi ariza (ariza-xabarnoma)ni olgandan soʻng, zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga yagona login va paroldan foydalangan holda murojaat qiladi va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga olish tizimiga elektron talabnoma beruvchining yagona loginini kiritadi va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan firma nomini Internet tarmogʻi orqali zaxiraga olingan firma nomi bilan solishtiradi (bundan buyon matnda zaxiraga olish tekshiruvi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga olish tekshiruvi oʻtkazilganligini elektron tasdiqlash boʻyicha kerakli ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga olish tekshiruvini tasdiqlanishining qogʻozdagi nusxasini mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq toʻldiradi, shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi va ariza (ariza-xabarnoma)ga qoʻshib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish uchun taʼsischi, roʻyxatga olinadigan yuridik shaxsning moʻljallangan pochta manzili joylashgan hududdagi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Internet tarmogʻi orqali firma nomini zaxiraga olish uchun kerak boʻlgan majburiy rekvizitlarni xabar qilgan holda ogʻzaki murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Taʼsischilar ogʻzaki murojaat etgan hollarda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning masʼul xodimlari bir soat mobaynida mazkur Yoʻriqnomaning 6, 7 va 8-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olgan holda Internet tarmogʻi orqali, taʼsischi nomidan elektron talabnomani rasmiylashtirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 8 ish soatidan soʻng, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning masʼul xodimi zaxiraga olish tizimidan olingan yagona login va paroldan foydalangan holda, ushbu elektron talabnoma natijasini koʻrib chiqadi va taʼsischiga xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Elektron talabnomada soʻralgan firma nomlaridan biri zaxiraga olish tizimida zaxiraga olinganda va undan foydalanish uchun taʼsischining roziligi boʻlgan holda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning masʼul xodimi tomonidan firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida qulay firma nomini kelgusida saqlash maqsadida, mazkur Yoʻriqnomaning 13-bandida koʻrsatilgan harakatlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻi orqali zaxiraga olingan qulay firma nomi taʼsis hujjatlariga, muhr va shtamp eskizlariga qoʻyib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning masʼul xodimlari tomonidan zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga kirish huquqini olish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga kirish huquqini olish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida koʻrsatilgan shakl boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari — tegishli tuman (shahar) statistika boʻlimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga rasmiy soʻrovnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat statistika organlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning har bir xodimiga bir kun muddatda yagona login va parolni roʻyxatga olinishini hamda ularning zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga kirish huquqini taʼminlaydi va rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga murojaat qilish uchun kirish huquqini beruvchi yagona login va parolni quyidagi maqsadlarda ishlatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga olish tekshiruvida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga olish tekshiruvi oʻtkazilganligini elektron tasdiqlash va tegishli qogʻoz nusxasini toʻldirishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga kirish huquqiga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi lavozimidan ozod etilsa yoki boshqa ishga oʻtsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir kun muddatda bu haqda, kirish huquqini bekor qilishni taʼminlash maqsadida tegishli davlat statistika organiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika organlari kirish huquqini bekor qilish boʻyicha bir kun muddatda tegishli harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va davlat statistika organlari xodimlari oʻzlariga maʼlum boʻlgan login va parollarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Yoʻriqnoma buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MUXITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________________________________

‎‎(elektron talabnoma beruvchi)

‎20___yil “____” ______________dagi _________-sonli

(ID raqam)‎

FIRMA NOMINI ZAXIRAGA OLINIShI TASDIGʻI

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrida 20___ yil ___ _____________ holatiga,

___________________________________________________________________

(zaxiraga olingan firma nomi)

‎firma nomi firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida zaxiraga olindi.
Zaxiraga olingan firma nomining amal qilish muddati
20__ yil ___ ____________gacha.

‎Firma nomini zaxiraga olishni tekshirishdan oʻtkazdi: ‎




‎_____________‎




‎____________________

(imzo) ‎

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎____________________________________________

‎(statistika organi nomi)

KIRISh HUQUQINI OLISh UChUN SOʻROVNOMA

‎‎Sizdan _________________________________________ quyidagi xodimlariga

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

‎‎firma nomlarini zaxiraga olish tizimining “Registrator” boʻlimiga kirish huquqini berishingizni soʻraymiz:
1. __________________________________________

(F.I.O.)

‎‎Pasport seriyasi va raqami: ____________________
Login: _______________‎
‎‎2. __________________________________________

(F.I.O.)

Pasport seriyasi va raqami: ____________________
Login: _______________
3. ….‎

‎‎Yuqorida koʻrsatilgan xodimlar lavozimdan ozod etilgan yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda, kirish huquqini bekor qilishni taʼminlash maqsadida, bir kun muddatda davlat statistika organiga bu haqda maʼlumot taqdim etiladi.

_____________________

rahbari ______________

_____________________

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi) ‎

M.Oʻ. (imzo)

(F.I.O.)‎


‎‎‎Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning elektron pochtasi (E-mail):
__________________________‎

‎‎‎Murojaat uchun telefonlar: (xalqaro formatda)
_________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 334-modda; 2012-y., 31-son, 368-modda; 2015-y., 46-son, 593-modda)