22.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2247
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-iyulda 2247-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son “Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning sport ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari J. AKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2011-yil 9-iyundagi 484-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik, trener-oʻqituvchilik va trener-instruktorlik faoliyatini (bundan buyon matnda trenerlik faoliyati deb yuritiladi) amalga oshirish tartibi va yoʻnalishlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 12-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2247-2/0876-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
(1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini olib borayotgan jismoniy shaxslar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari — sogʻlom turmush tarzini targʻibot va tashviqot qilish, aholining keng qatlamini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullari orqali sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi — sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrilishi bilan ajralib turuvchi, sport musobaqalarini oʻtkazishga va ularda ishtirok etishga doir talablar va shartlar belgilanadigan qoidalarga (nizomga, reglamentga) ega boʻlgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2247-4, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) — mamlakatda muayyan sport turini (turlarini) rivojlantirishni, ommalashtirishni, sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi aʼzoligiga nomzodlarni saralashni va tavsiya etishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi sifatida belgilagan, tegishli tartibda Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestriga kiritilgan nodavlat notijorat tashkiloti;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2247-4, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener — sportchilarni tayyorlash hamda ularning musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishini tashkil etish, ularga nazariy va amaliy bilimlarni berish, shuningdek ularni jismoniy jihatdan kamol toptirishni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2247-4, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-instruktor — aholi oʻrtasida ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlik faoliyati — aholini jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida sogʻlomlashtirish, sportchilarni sport turi boʻyicha sport musobaqalarida qatnashishga oʻrgatish va tayyorlashga yoʻnaltirilgan faoliyat.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi holatlarda trenerlik faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan trenerlik faoliyatini amalga oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 26-maydagi 3-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-1, 06.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2022-y., 10/22/2247-1/0483-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan meʼyor va talablarga javob bermaydigan sport jihozlari va anjomlaridan hamda sport kiyimlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha belgilangan meʼyor va talablarga javob bermaydigan sport bino va inshootlarida, mashgʻulotlarni olib borishda xavfsizlikni taʼminlay olmaydigan boshqa joylarda shugʻullanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish muddati oʻtgan (yoki malaka oshirishdan oʻtmagan) trener-oʻqituvchilarga mehnat faoliyatini davom ettirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalar va oʻsmirlar bilan jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mashgʻulotlarni olib borish ularning qonuniy vakili yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslar yoxud ular tarbiya olayotgan maxsus muassasaning roziligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlat mutaxassislari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Trenerlik faoliyati
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Trenerlik faoliyatining maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar trenerlik faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni targʻibot qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida aholini sogʻlomlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport zaxiralarini hamda xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekiston Respublikasi sporti shaʼnini munosib himoya qila oladigan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida sport mahoratlarini takomillashtirish maqsadida istiqbolli va iqtidorli bolalar va oʻsmirlarni saralab olish va sportda boʻladigan yoʻnalishlarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar trenerlik faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarni sport boʻyicha tayyorlash va sogʻlomlashtirishda oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayoniga ilgʻor ilmiy usullarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarning bilim, qobiliyat va koʻnikmasi sifatini, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarliklari darajasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib borilayotgan mashgʻulotlarning xavfsizligini taʼminlash va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilar tomonidan turli xil doping va taqiqlangan vositalarni qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv guruhlarini tanlash va toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilar tibbiy koʻrikdan va dispanser koʻrigidan oʻz vaqtida oʻtishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-sportchilar uchun ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻquv-mashq rejalarini ishlab chiqish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) asosan yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Trenerlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Trenerlik faoliyati aholi orasida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mashgʻulotlarni olib borish va sportchilarni tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan tibbiy tavsiyalar va boshqa hujjatlarda belgilangan sharoitlar, meʼyorlar va talablarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda chet elda oʻquv-mashq mashgʻulotlari, oʻquv-mashq yigʻinlari va sport musobaqalari, ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilayotgan joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarida, sport klublari va markazlarida, boshqa sport texnika tashkilotlarida, jismoniy tarbiya va sport jamoalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv maskanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga xizmat koʻrsatadigan sport, sport-sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport-tomosha tashkilotlarida, alpinist lagerlari, shaxmat-shashka klublari, oʻq otish maydonlari, aholiga xizmat koʻrsatuvchi seksiya va guruhlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Trenerlik faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual (yakka) ish usuli shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhiy (brigada) ish usuli shaklida.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Trenerlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻravonlikni, diniy ekstremizmni, davlat tuzumiga, mamlakatning tinchligi va xavfsizligiga, uning aholisiga qarshi qaratilgan boshqa harakatlarni targʻib qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlari jarayonida sportga aloqasi boʻlmagan boshqa faoliyatni olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan vositalarni, tamaki va alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda ularni isteʼmol qilishni targʻib etishga.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2247-4, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport va ommaviy tadbirlarda trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning ishtiroki, sport turi boʻyicha tegishli xalqaro va milliy federatsiyalar, shuningdek ushbu tadbirlarni tashkil qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan reglament, nizom va boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Sport turlari boʻyicha trenerlik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sport zaxiralari va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qaratilgan sport turlari boʻyicha trenerlik va trener-oʻqituvchilik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan sport turlari boʻyicha amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sport zaxiralari va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qaratilgan sport turlari boʻyicha trenerlik va trener-oʻqituvchilik faoliyati yosh toifasiga muvofiq kichik oʻsmirlar, oʻsmirlar, yoshlar, U-23 va kattalar guruhlarida amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sport turi boʻyicha trenerlik yoki trener-oʻqituvchilik faoliyati bilan quyidagi shaxslar shugʻullanishiga yoʻl qoʻyiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim maʼlumotiga ega boʻlgan shaxslar;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” shuningdek xalqaro va boshqa sport unvonlariga ega boʻlgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 26-maydagi 3-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-1, 06.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2022-y., 10/22/2247-1/0483-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Respublika terma jamoasi darajasida sport turi boʻyicha trenerlik yoki trener-oʻqituvchilik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod etish sport turi boʻyicha tegishli milliy federatsiyalar (uyushmalar) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sport turi boʻyicha trenerlik yoki trener-oʻqituvchilik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi lavozimlarni egallab turishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sport turi boʻyicha bosh treneri;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman (shahar), jismoniy tarbiya va sport jamoalari, tegishli terma jamoalar va boshqa tashkilotlardagi sport turi boʻyicha katta trener;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalar, oʻquv-mashq guruhlari, sport turining tor sohalaridagi va tegishli terma jamoalardagi sport turi boʻyicha katta trener;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2247-4, 25.06.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish ishlari sohasida trenerlik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish ishlari sohasida trenerlik faoliyati trener-instruktor tomonidan aholini sogʻlomlashtirish yoʻnalishida tibbiy moneliklar mavjud boʻlmagan shugʻullanuvchilarning yoshlaridan qatʼi nazar jismoniy tarbiya vositalari va usullari yordamida sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi guruhlarda (salomatlik guruhlarida) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish ishlari sohasida trener-instruktorlik faoliyati bilan quyidagi shaxslar shugʻullanishiga yoʻl qoʻyiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim maʼlumotiga ega yoki maxsus kurslarni bitirgan shaxslar;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 26-maydagi 3-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-1, 06.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2022-y., 10/22/2247-1/0483-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarida, jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2247-4, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganlik haqidagi malaka sertifikatga ega boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati jarayonida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarda vatanparvarlik, vatanga muhabbat tuygʻularini tarbiyalashga, ularning sogʻligini mustahkamlashga, sport mahoratini oshirishga, ularni axloqiy, maʼnaviy tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerga nisbatan qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksak madaniyat va tashkilotchilik boʻyicha oʻrnak boʻlish, shugʻullanuvchilar tomonidan qoʻpollik, intizomsizlik va axloqiy meʼyorlar buzilishining oldini olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashgʻulotlarida xavfsizlik, sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trenerning zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 5-iyundagi 3-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2247-4, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning malaka toifalari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning malaka toifalari yagona sport klassifikatsiyasiga asosan quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro toifali trener;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifali trener;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali trener;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali trener.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Trener-oʻqituvchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalarini berish ular tomonidan tayyorlangan sportchilarning sport musobaqalarida erishgan natijasi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish va sport zaxirasini tayyorlashda qoʻshgan hissasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy toifali trenerining malaka toifasi “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” yoki “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlari, xalqaro sport tashkilotlarining (Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar (ittifoqlar, assotsiatsiyalar va boshqalar) oliy sovrinlari egasi boʻlganligi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida hissa qoʻshganligi uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xalqaro toifali trenerning malaka toifasi Oʻzbekiston Respublikasida sport turi boʻyicha trenerlar, trener-oʻqituvchilarga tegishli sport turi boʻyicha xalqaro federatsiyalar (uyushmalar) tomonidan beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomning 22-bandida belgilangan malaka toifalari trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi trenerlarining malaka toifalari va xalqaro trenerlik malaka toifalari jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlarda haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisob va hisobotni yuritish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslarning hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar toʻgʻrisidagi statistik hisobot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hisobot va boshqa hujjatlarda xalqaro toifali trener malaka toifasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy toifali trener malaka toifasiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 11-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2247-3, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan talablarning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 2-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 2-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 2-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 2-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 318-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 06.06.2022-y., 10/22/2247-1/0483-son; 23.11.2023-y., 10/23/2247-2/0876-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son; 05.01.2026-y., 10/26/2247-3/0009-son; 25.06.2026-y., 10/26/2247-4/0625-son)