Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XORIJIY RASMIY HUJJATLARNI LEGALLASHTIRISH TALABINI BEKOR QILUVCHI KONVENSIYA (GAAGA, 1961-YIL 5-OKTABR) QOIDALARINI AMALGA OSHIRISH CHORALARI TOʻGʻRISIDA
Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida apostil qoʻyish vakolatiga ega boʻlgan organlar etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — sudlar, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi — prokuratura, tergov va surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi — fan va taʼlim sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — boshqa barcha rasmiy hujjatlarga.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konvensiya depozitariysi — Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligiga apostil qoʻyish vakolatiga ega boʻlgan organlar haqida bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-iyul,
PQ-1566-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 281-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)