Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.02.2001 yildagi PF-2810-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 13.02.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni ragʻbatlantirish va manfaatdorlikni oshirish sohasida boshqaruvni tashkil etish darajasini oshirish va takomillashtirish, aholini ish bilan oqilona taʼminlash, ijtimoiy taʼminot tizimini yaxshilash, erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni tobora chuqurlashtirish sharoitida ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, shu asosda aholining farovonligi barqaror yuksalib borishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqning moddiy farovonligi barqaror surʼatda muttasil oʻsib borishini taʼminlashga, iqtisodiyotni tobora erkinlashtirish sharoitida aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan yagona siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik rivojlanishning taxminiy maʼlumotlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish, mehnat bozorini shakllantirish va mehnatga qobiliyatli aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʼminlash borasida faol siyosatni oʻtkazish, mehnat resurslari balanslari asosida ish joylarini yaratish va kadrlar tayyorlash sohasida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat sharoitlarini, uni tashkil etish, muhofaza qilish va meʼyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha bozor sharoitlariga mos keladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionyerlar, nogironlar, koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalarni amaliy jihatdan ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini aniq himoyalashning samarali mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy taʼminotni tashkil etish va boshqarish, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va sogʻligʻini tiklash xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish, aholiga protez-ortopediya yordamini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat, ish bilan taʼminlash, aholining pensiya taʼminotini va unga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, tuman, shaharlarning hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi ishlarni tashkil etishda mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga har tomonlama yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligining tegishli hududiy organlari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari oʻz faoliyatida tegishli hokimliklarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlarda amaldagi mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari hamda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari hamda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari oʻz faoliyatida tegishli hokimliklarga hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga hisobot beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan uning vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlar vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxona va muassasalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ijro etish uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2810-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 45-modda; 2007-y., 22-son, 225-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 92-modda)