Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON BANKLAR UYUSHMASI HUZURIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI BOʻYICHA LOYIHA HUJJATLARINI TAYYORLASHNI MOLIYALASHTIRISH JAMGʻARMASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalaridagi ishtirokini ragʻbatlantirish yoʻli bilan ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va banklarning Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzurida Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida loyiha gʻoyalarini tanlov boʻyicha tanlash va ularning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish;
respublika kredit tashkilotlari tomonidan investitsiya loyihalari moliyalashtirilishini tashkil etishga koʻmaklashish.
2. Belgilansinki:
Jamgʻarma Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzurida jamoat jamgʻarmasi shaklida tashkil etiladi;
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, banklar hamda nobank kredit va moliya tashkilotlari Jamgʻarmaning muassislari hisoblanadi;
Jamgʻarma kengashi Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi;
Jamgʻarma boshqaruvi Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, banklar hamda nobank kredit va moliya tashkilotlarining:
Jamgʻarmaning 1-ilovaga muvofiq muassislari tarkibini va boshlangʻich miqdorini shakllantirish toʻgʻrisidagi;
muassislarning mablagʻlari Jamgʻarma kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda har yili Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasining kengashi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasining shtat birliklari cheklangan umumiy soni 4 nafar boʻlgan ijro etuvchi organi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Jamgʻarma boshqaruvi raisi Jamgʻarma kengashining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi taʼminoti Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
6. Quyidagicha tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish (keyinchalik koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar loyihani moliyalashtirish boshlangandan keyin bank krediti summasiga kiritilgan va Jamgʻarma mablagʻlari kreditor bank tomonidan qaytarilgan holda), shuningdek Jamgʻarmaning joriy xarajatlarini qoplash uchun foydalaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
bitta loyiha boʻyicha Jamgʻarma xarajatlarining eng koʻp summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun loyiha gʻoyalarini tanlov boʻyicha tanlash, keyinchalik Jamgʻarma kengashi tomonidan maʼqullangan holda, Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga loyiha gʻoyalarini tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish va ularning loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarmaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Jamgʻarmaning buyurtmanomalariga binoan axborot materiallarini imtiyozli tariflar boʻyicha joylashtirsinlar.
10. Jamgʻarma Banklararo moliyaviy xizmatlar markazining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A. Xoʻjayev koʻchasi, 1-uydagi binosiga ijara asosida joylashtirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-iyun,
175-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-iyundagi 175-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasining boshlangʻich miqdori muassislari
TARKIBI
|
T/r |
Jamgʻarma muassislari |
Badal summasi (mln soʻm ) |
| 1. | Oʻzbekiston Banklar uyushmasi | 60,0 |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki | 55,0 |
| 3. | “Asaka” DATB (OAJ) | 55,0 |
| 4. | “Agrobank” OATB | 55,0 |
| 5. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq banki | 55,0 |
| 6. | “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB | 55,0 |
| 7. | “Mikrokreditbank” OATB | 40,0 |
| 8. | “Qishloq qurilish bank” OATB | 40,0 |
| 9. | “Ipoteka-bank” ATIB | 40,0 |
| 10. | “Ipak Yoʻli” OAITB | 30,0 |
| 11. | “Aloqabank” ATB | 30,0 |
| 12. | Oʻzbekiston-Germaniya “Savdogar” ATB | 30,0 |
| 13. | “Turonbank” OATB | 30,0 |
| 14. | “Hamkorbank” OATB | 30,0 |
| 15. | “OʻzKDB bank” YAJ | 30,0 |
| 16. | “Kapitalbank” OATB | 30,0 |
| 17. | “Oʻzbekiston-Turkiya bank” YAJ | 30,0 |
| 18. | “Trastbank” XOABB | 30,0 |
| 19. | “Kredit-standart” OATB | 30,0 |
| 20. | “Davr-bank” XYOATB | 25,0 |
| 21. | “Universal Bank” XOATB | 25,0 |
| 22. | “AMIRBANK” XOATB | 25,0 |
| 23. | “Samarqand” OATB | 25,0 |
| 24. | “Royal Bank of Scotland Oʼzbekiston MB” YAJ | 25,0 |
| 25. | “ASIA ALLIANCE BANK” XOATB | 20,0 |
| 26. | “Turkiston” XOATIB | 20,0 |
| 27. | Eron “Saderot” bankining Toshkent shahridagi shuʼba banki | 20,0 |
| 28. | “Ravnaq-Bank” XOATB | 20,0 |
| 29. | “Oʻktambank” OATB | 20,0 |
| 30. | “Invest Finance Bank” XOATB | 20,0 |
| 31. | “NI-TECN BANK” XYOATB | 20,0 |
| 32. | “ORIENT FINANS” XYOATB | 20,0 |
| 33. | Savdo-sanoat palatasi | 20,0 |
| 34. | “Oʻzbekinvest” MSK | 20,0 |
| 35. | “IShONCh” BSK MCHJ | 20,0 |
| | Hammasi | 1 100,0 |
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-iyundagi 175-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasining ijro etuvchi organi
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-iyundagi 175-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga loyiha gʻoyalarini tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish va ularning loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom loyiha gʻoyalarini tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish va ularning loyiha hujjatlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Quyidagilar tanlov oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi:
keyinchalik ularning loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish uchun iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlarida eng istiqbolli loyiha gʻoyalarini tanlash;
tadbirkorlik subyektlarining loyiha gʻoyalari boʻyicha eng foydali takliflar bilan loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarni va moliyalashtiruvchi banklarni aniqlash.
Qarorlar qabul qilishda ochiqlik va xolislik, tanlov qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlari yaratish tanlov oʻtkazishni tashkil etishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
loyiha — iqtisodiy va boshqa foydalar olish maqsadida investitsiyalarni amalga oshirgan holda oldindan belgilangan vaqt mobaynida bajariladigan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar va ishlar kompleksi;
loyiha gʻoyasi — loyiha tashabbuskori tomonidan ishlab chiqilgan, qarz mablagʻlarni jalb etishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklif;
loyiha tashabbuskori — kichik tadbirkorlik subyekti hisoblanadigan, uning tashabbusi boʻlgan loyiha gʻoyasini amalga oshirish maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablagʻlar qidirish tartibotlarida qatnashuvchi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
ishlab chiquvchi — qonun hujjatlari talablariga muvofiq loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalash tashkiloti, injiniring va konsalting kompaniyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha hujjatlari — loyihani amalga oshirishning imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini, uning samaradorligi bahosini asoslovchi hujjatlar (biznes-reja, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqalar).
4. Tanlovga ular boʻyicha loyiha hujjatlari tayyorlashni moliyalashtirish imkoniyatini, shuningdek loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchini aniqlash uchun loyiha tashabbuskorlarining loyiha gʻoyalari qoʻyiladi.
Tanlov ochiq tartibda oʻtkaziladi.
5. Tanlovni tayyorlash va oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Tanlovda ushbu Nizomda belgilangan tartibda buyurtmanoma bergan va tanlov shartlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan loyihalar tashabbuskorlari qatnashishi mumkin.
7. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
kichik tadbirkorlik subyektlaridan loyiha gʻoyalarini qabul qilish;
loyihaning istiqbolliligini oldindan aniqlash uchun tushgan loyiha gʻoyalarini banklarga yuborish;
banklarda qiziqish paydo qilgan eng istiqbolli loyiha gʻoyalarini tanlash;
loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchini aniqlash yuzasidan tanlov eʼlon qilish;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tanlov qatnashchilaridan tanlov takliflarini va zarur hujjatlarni qabul qilish;
tushgan tanlov takliflarini baholash, tanlov gʻolibini aniqlash va natijalarni rasmiylashtirish;
tanlab olingan loyiha gʻoyalari tashabbuskorlariga banklar tomonidan moliyalashtirishni jalb etishda koʻmaklashish.
8. Texnik jihatdan yangilikka ega boʻlgan loyiha gʻoyalari, shuningdek investitsiya jihatidan jalb etuvchan boʻlgan va joriy etishning istiqbolli imkoniyatiga ega boʻlgan gʻoyalar tanlov boʻyicha tanlashda qatnashishga qoʻyiladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish, ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologiya jihatidan yangilash loyiha gʻoyalarini tanlashda ustuvor yoʻnalishlar hisoblanadi.
9. Taqdim etilgan loyihalarni baholash va tanlov boʻyicha tanlash quyidagi mezonlar guruhlari boʻyicha amalga oshiriladi:
loyiha gʻoyasining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi;
tavsiya etilayotgan texnologiyaning yangiligi, loyihani amalga oshirishda ilgʻor ishlanmalardan foydalanilishi;
taklif etilayotgan gʻoyalarni joriy etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, mehnat unumdorligini oshirishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishi, uning sifatini yaxshilashi, mahalliy xom ashyo hamda materiallardan foydalanish imkoniyati va boshqalar.
10. Buyurtmanomalarni taqdim etish tartibining aniq tavsifi bayon qilingan holda loyiha gʻoyalarini tanlash boʻyicha tanlov oʻtkazishning sanasi va joyi toʻgʻrisidagi axborotnoma Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tomonidan, tanlov oʻtkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va Internet tarmogʻiga joylashtiriladi.
Loyiha gʻoyalarini qabul qilish tanlov oʻtkazilishidan ikki kun oldin toʻxtatiladi. Belgilangan muddatdan keyin berilgan buyurtmanomalar tanlov boʻyicha tanlashga qoʻyilmaydi.
11. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tushgan loyiha gʻoyalari reyestrini tanlovning belgilangan kunida shakllantiradi va:
tushgan loyiha gʻoyalarini ikki kun muddatda ularning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan dastlabki tanlashni amalga oshiradi. Dastlabki tanlashdan oʻtmagan loyiha gʻoyalari keyinchalik koʻrib chiqishga qoʻyilmaydi;
loyiha gʻoyasini keyinchalik kiritishning maqsadga muvofiqligi va uni amalga oshirish uchun kredit mablagʻlari berish imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani banklar bilan besh kun muddatda koʻrib chiqadi.
Loyiha gʻoyalarini dastlabki tanlash va banklar bilan ishlab chiqish natijalari shakllantirilgan reyestrga kiritiladi.
12. Loyiha gʻoyasini amalga oshirishdan manfaatdorlik toʻgʻrisida banklar tasdiqnomasi tushgandan keyin ikki kun muddatda dastlabki tanlash natijalari va shakllantirilgan reyestr Jamgʻarma kengashiga kiritiladi.
Jamgʻarma kengashi dastlabki tanlov boʻyicha tanlash natijalarini koʻrib chiqadi hamda bir hafta muddatda tanlov boʻyicha tanlash qatnashchilarining loyiha gʻoyalarini maʼqullash va tasdiqlash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Natijalarni tasdiqlash ochiq ovoz bergan holda, koʻpchilik ovoz bilan amalga oshiriladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Koʻrib chiqish va tanlash natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi, u Kengashning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va uni rais tasdiqlaydi.
Homiylik kengashi faoliyatning turli sohalaridagi, iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalardagi bir nechta loyiha gʻoyalarini gʻoliblar deb eʼtirof etishi mumkin.
13. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi protokol imzolangandan keyin ikki kun muddatda loyiha tashabbuskorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Salbiy qaror qabul qilingan taqdirda loyiha gʻoyasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar qaytariladi. Bunda Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi loyiha tashabbuskorlarining loyiha gʻoyalari oshkor etilmasligi va maxfiyligi yuzasidan javob beradilar.
14. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi protokol imzolangandan keyin ikki kun muddatda tanlab olingan loyiha gʻoyalarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish sanasini belgilaydi va tanlov eʼlon qiladi.
Tanlov hujjatlarini olish shartlari koʻrsatilgan holda tanlovni oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi axborot tanlov oʻtkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va Internet tarmogʻiga joylashtiriladi.
15. Tanlov boʻyicha tanlashda qatnashishni xohlovchi talabgorlar tanlov hujjatlari paketini olish uchun Jamgʻarmaning ijro etuvchi organiga yozma buyurtmanoma berishlari kerak. Buyurtmanomalar berish va tanlov hujjatlarini olish uchun belgilangan muddat tanlov boʻyicha tanlash oʻtkaziladigan sanadan 5 kun oldin tugaydi. Barcha buyurtmanomalar tartib raqami qoʻyilgan va ip oʻtkazib bogʻlangan maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
16. Tanlov hujjatlari paketida quyidagilar boʻladi:
tanlab olingan loyiha gʻoyasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar;
qatnashchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli;
tanlov boʻyicha tanlash qatnashchisi uchun yoʻriqnoma;
qatnashchining tanlov takliflari shakli;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan kontraktning namunaviy shakli.
17. Qatnashchi tanlov hujjatlari paketining qiymatini eʼlonlarni chop etish xarajatlarini hisobga olgan holda, ularni tayyorlashning amaldagi tannarxi boʻyicha toʻlashi kerak. Tushgan mablagʻlar Jamgʻarma ijro etuvchi organining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi va ulardan faqat tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish uchun foydalaniladi.
18. Tanlov takliflarini qabul qilishning tugash sanasi va vaqti oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha tanlash toʻgʻrisidagi eʼlonda ijro etuvchi organ tomonidan koʻrsatilishi kerak.
19. Tanlov takliflarini qabul qilish tanlov boʻyicha tanlov oʻtkazilishidan ikki kun oldin tugaydi.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi ishlab chiquvchilarning tanlov takliflarini yopishtirilgan konvertlarda qabul qiladi.
20. Tanlov kunida Jamgʻarma kengashi ishlab chiquvchilarning takliflari joylangan konvertlarni ochadi va oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:
tanlov taklifining qiymati;
ishlab chiquvchining ixtisoslashuvi;
shunga oʻxshash loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tajribasining mavjudligi;
ilgari ular boʻyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan loyihalarni tijorat banklari tomonidan kelgusida moliyalashtirishga doir ijobiy misollarning mavjudligi;
loyiha amalga oshirilgungacha uni kuzatib borish (zarur boʻlganda).
Tanlov natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi, uni Kengashning barcha aʼzolari imzolaydi va u rais tomonidan tasdiqlanadi.
21. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tanlov oʻtkazilgandan keyin ikki kun muddatda ishlab chiquvchini — tanlov gʻolibini, shuningdek loyiha tashabbuskorini Jamgʻarma kengashining qarori toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi va ishlab chiquvchilar bilan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzadi.
22. Jamgʻarma tomonidan ishlab chiquvchiga mablagʻlarni toʻlash ular oʻrtasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan tuzilgan shartnoma muddatlari va shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Shartnoma boʻyicha ishlarni bajarish muddatlariga muvofiq loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tugallangach loyiha hujjatlari ishlab chiquvchi tomonidan Jamgʻarmaning ijro etuvchi organiga kiritiladi.
24. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari loyihalarning tashabbuskorlari va manfaatdor banklar bilan birgalikda koʻrib chiqilgandan keyin, bajarilgan ishlar dalolatnomasini ishlab chiquvchi va loyiha tashabbuskori bilan imzolaydi.
25. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tomonidan loyiha hujjatlari, loyiha tashabbuskori bilan kelishgan holda, loyihaning kelgusida moliyalashtirilishini aniqlash uchun manfaatdor banklarga kiritiladi.
26. Jamgʻarmaning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga sarflangan mablagʻlari summasi loyihani moliyalashtiruvchi bank krediti summasiga qoʻshiladi va Jamgʻarmaga bank tomonidan moliyalashtirish ochilgandan keyin besh bank kuni mobaynida qoplanadi.
27. Tijorat banklari tomonidan loyihani moliyalashtirish boʻyicha salbiy qaror qabul qilingan taqdirda yoki loyiha 6 oy mobaynida moliyalashtirilmaganda Jamgʻarmaning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlari Jamgʻarma kengashi qaroriga koʻra Jamgʻarmaning asosiy faoliyatidan koʻrgan zararlariga kiritiladi.
28. Jamgʻarma kengashining tanlov gʻoyalarini tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish va loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirishning barcha bosqichlaridagi qarorlari Jamgʻarma kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli protokol bilan rasmiylashtiriladi.
29. Ushbu Nizomda aks ettirilmagan qoʻshimcha masalalar va tartibotlar Jamgʻarma kengashining alohida qarorlari bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga loyiha gʻoyalarini tanlov boʻyicha tanlashni oʻtkazish va ularning loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish yuzasidan tanlov boʻyicha tanlashda qatnashish uchun | |
1.________________________________________________________________ | |
|
(tashabbuskor tashkilotning toʻliq nomi va manzili) | |
| __________________________________________________________________ | |
| 2.________________________________________________________________ | |
|
(taqdim etilayotgan loyiha gʻoyasining toʻliq nomi) | |
| __________________________________________________________________ | |
| __________________________________________________________________ | |
| 3.________________________________________________________________ | |
|
(F.I.O., bogʻlanish telefonlari, faksi, pochta manzili, elektron pochtasi) | |
| 4. Buyurtmanomaga quyidagi materiallar ilova qilinadi: | |
| investitsiya taklifi; | |
| investitsiya taklifining pasporti. | |
| Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini kafolatlayman. | |
| Tashkilot rahbari | |
| __________________________________/________________________________ | |
|
(imzo, muhr) |
(F.I.O.) |
Buyurtmanomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Investitsiya taklifining
NAMUNAVIY SHAKLI
1. Loyihaning nomi.
2. Loyiha tashabbuskori toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar:
nomi va rekvizitlari;
faoliyatining asosiy turi;
asosiy iqtisodiy (ishlab chiqarilgan mahsulotning (koʻrsatilgan xizmatlarning), eksportning va boshqalarning qiymati va hajmi) hamda moliyaviy koʻrsatkichlari.
3. Bazasida loyihaning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan korxona (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
korxonaning nomi va rekvizitlari;
faoliyatining asosiy turi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar turlari;
oxirgi 3 yildagi asosiy iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari (asosiy vositalarning qiymati, ishlab chiqarilgan va eksport qilingan mahsulotlar hajmi, tovar aylanmasi, sof foyda va boshqalar);
umumiy hududi va boʻsh ishlab chiqarish maydonlari;
mavjud muhandislik taʼminoti vositalari va infratuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
kadrlar potensiali.
4. Loyiha toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
4.1. Marketing:
ishlab chiqarish uchun tavsiya etilayotgan mahsulot, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishning prognozdagi hajmi;
dastlabki marketing tadqiqotlarining natijalari, ichki bozorda sotish va eksport qilish imkoniyatining bahosi;
mamlakatda va mintaqada shu kabi mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilari (mavjud boʻlganda);
mahsulotning sifat va narx koʻrsatkichlari boʻyicha raqobatbardoshliligining bahosi.
4.2. Ishlab chiqarish:
loyihaning xom ashyo va boshqa material resurslari bilan taʼminlanganligi, ularning narxi, miqdori va sifati boʻyicha bahosi;
zarur boʻladigan xodimlar soni.
4.3. Qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash:
investitsiyalarni yoʻnaltirish — yangi qurilish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash yoki boshqa yoʻnalish.
4.4. Moliyalashtirish:
loyihaning taxminiy qiymati, shu jumladan qurish yoki rekonstruksiya qilish qiymati;
obyektni foydalanishga topshirishning taxminiy muddati;
loyihani amalga oshirish uchun oʻz mablagʻlarining mavjudligi va qarz mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj.
5. Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:
kutilayotgan yillik tushum va sof foyda;
eksport hajmi.
Buyurtmanomaga
2-ILOVA
2-ILOVA
Investitsiya taklifining
PASPORTI
|
_______________________________________________________________________________________________________________________ | ||||
|
(loyihaning nomi va joylashgan joyi) | ||||
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov birligi |
Loyiha parametrlari |
Izoh |
| 1. | Loyihaning umumiy qiymati, shu jumladan: | ming dollar | | |
| 1.1. | milliy valyutada | mln soʻm | | |
| 1.2. | xorijiy valyutada | ming dollar | | |
| 2. | Xorijiy valyutadagi xarajatlar, hammasi | mln dollar | | |
| 2.1. | shu jumladan asbob-uskunalar xarid qilish uchun | ming dollar | | |
| 2.2. | qurilish-montaj ishlariga | ming dollar | | |
| 3. | Milliy valyutadagi xarajatlar, hammasi | mln soʻm | | |
| 3.1. | shu jumladan asbob-uskunalar xarid qilish uchun | mln soʻm | | |
| 3.2. | qurilish-montaj ishlariga | mln soʻm | | |
| 4. | Ishda band boʻladiganlarning taxminiy soni | kishi | | |
| 4.1. | shu jumladan yangi tashkil etiladigan ish oʻrinlarida | kishi | | |
| 5. | Loyihaning taxminiy qoplanish muddati, hammasi | yil | | |
| 6. | Har yili ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, natural ifodada | oʻlchov birligiga muvofiq | | |
| 6.1. | shu jumladan eksport uchun | oʻlchov birligiga muvofiq | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 250-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)