Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA BOLALAR IJTIMOIY MOSLAShUVI MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 7 SENTYABRDAGI 419-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-iyun,
171-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-iyundagi 171-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning birinchi xatboshidagi “xodimlarining cheklangan soni 15 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari)” soʻzlari “xodimlarning cheklangan soni 65 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 36 nafar etib belgilansin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ishlar masalalarida ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish, ijtimoiy ishlar boʻyicha taʼlim standartlarini takomillashtirish, bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimida “ijtimoiy xodim” maqomini mustahkamlash;
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarga, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarga ruhiy-pedagogik, taʼlim va reabilitatsiya dasturlarini amalga oshirish yoʻli bilan amaliy yordam koʻrsatish;
bolalar huquqlarini himoya qilish, bolalar psixologiyasi va yoshga oid psixologiya, pedagogika, tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini, bolalarning zaif guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasidagi xalqaro tajribani keng jamoatchilikka yetkazish yoʻli bilan bolalarni ijtimoiy moslashtirish masalalarida maʼrifiy va targʻibot faoliyati, bolalarning ijtimoiy moslashtirish masalalarini hal etishga barcha manfaatdor tomonlarni jalb etish”.
3. 1-ilovada:
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ishlar masalalarida ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish, ijtimoiy ishlar boʻyicha taʼlim standartlarini takomillashtirish, bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimida “ijtimoiy xodim” maqomini mustahkamlash;
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarga, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarga ruhiy-pedagogik, taʼlim va reabilitatsiya dasturlarini amalga oshirish yoʻli bilan amaliy yordam koʻrsatish;
bolalar huquqlarini himoya qilish, bolalar psixologiyasi va yoshga oid psixologiya, pedagogika, tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini, bolalarning zaif guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasidagi xalqaro tajribani keng jamoatchilikka yetkazish yoʻli bilan bolalarni ijtimoiy moslashtirish masalalarida maʼrifiy va targʻibot faoliyati, bolalarning ijtimoiy moslashtirish masalalarini hal etishga barcha manfaatdor tomonlarni jalb etish”;
b) 12-bandda:
ikkinchi—beshinchi xatboshilardagi “loyihasi” soʻzi “boʻlimi” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“ijtimoiy ishlar boʻlimi;
axborot-konsalting xizmati;
“Bola va Zamon” jurnali tahririyati”;
oltinchi—toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Oʻzbekistonda bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishning maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda Markaz faoliyati bilan bogʻliq vazifalarni samarali hal etish maqsadida uning huzurida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan, Markaz direktori rahbarlik qiladigan Bolalarning zaif guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoring oʻtkazish Jamoat kengashi hamda maslahat beruvchi Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.
Bolalarning zaif guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoring oʻtkazish Jamoat kengashi hamda Ilmiy-metodik kengash tarkibiga vazirliklar va idoralar, davlat muassasalari va nodavlat tashkilotlar ekspertlari kiritiladi. Bolalarning zaif guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoring oʻtkazish Jamoat kengashi hamda Ilmiy-metodik kengash toʻgʻrisidagi nizom va ularning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
4. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi
TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 247-modda)