Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XALQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLAR OʻZ VAQTIDA OʻTKAZILISHI UCHUN KORXONA VA TASHKILOTLAR RAHBARLARINING MASʼULIYATINI OSHIRISH BORASIDAGI CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun isteʼmolchilarning oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlarini taʼminlash, xalq xoʻjaligida toʻlov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz yoki undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning isteʼmolchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan toʻlamasalar, mahsulot joʻnatishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar koʻrsatishi taqiqlansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tovarlar amalda joʻnatilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar koʻrsatilgan kundan boshlab toʻqson kun oʻtgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablagʻlar kelib tushmaganligi muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
Muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yoʻl qoʻyayotgan korxona rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan juda qattiq maʼmuriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qoʻllanilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-iyuldagi PF-3274-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 92-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Prokuraturasi toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga mahsulot yetkazib berayotgan (ishlar, xizmatlarni bajarayotgan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish ustidan nazoratni koʻchaytirsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, soliq idoralari:
Oldingi tahrirga qarang.
muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi mavjud boʻlgan taqdirda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz yoki undan ortiq boʻlgan korxona va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek mazkur korxonalarning bosh buxgalterlariga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PF-5189-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining toʻlovlarni oʻz vaqtida oʻtkazishlari va ularning oʻzaro hisob-varaqlarining holati ustidan doimiy nazoratni taʼminlasin, korxonalarning hisob-varaqlaridan toʻlovlar oʻtkazilishini kechiktirishga muntazam suratda yoʻl qoʻyayotgan tijorat banklarining filiallarini tugatishgacha boʻlgan choralarni koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi vazirliklar, davlat qoʻmitalarining, hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralarining korxonalar va tashkilotlar boʻyicha debitorlik-kreditorlik qarzi, shu jumladan muddati oʻtib ketgan qarzdorlik holati toʻgʻrisida har oylik statistika hisobotini ishlab chiqsin va 1995-yilning iyulidan joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan xoʻjalik subyektlarining kasodga uchraganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda ishlarni qoʻzgʻatish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 980-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi amaldagi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 12-may,
PF-1154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 5-son, 89-modda; 1999-y., 7-son, 168-modda; 2003-y., 6-7-son, 92-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son)