Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA” 2011 YIL 15 APRELDAGI OʻRQ-283-SON QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 15-apreldagi OʻRQ-283-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-iyun,
163-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshidagi va 9-bandi “a” kichik bandi oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “va boshqa alohida boʻlinmalarning” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda):
a) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi birinchi xatboshidagi “yuridik shaxs” soʻzlari “notijorat tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarida:
9-bandning ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
18-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda sugʻurta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini toʻlangan sugʻurta mukofoti summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlashi kerak”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va tekshiruv yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni oʻtaganlar”;
oltinchi—oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“noqonuniy yoʻl bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilishi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
76-bandning birinchi xatboshidagi “jabrlanuvchiga” soʻzidan oldin “yoki noqonuniy yoʻl bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda” soʻzlari qoʻshilsin;
80-banddagi “Sugʻurtalovchilar” soʻzidan keyin “va Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi” soʻzlari qoʻshilsin, “sugʻurtalovchi tomonidan” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasi namunasining 10-bandidagi “vakillari” soʻzi “filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 234-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)