Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.01.1995 yildagi PF-1068-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995 YILGI PAXTA VA BOShOQLI DON EKINLARI HOSILI YETIShTIRISh HAMDA DAVLATGA SOTIShNI IQTISODIY RAG‘BATLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta va don yetishtirishni yanada ko‘paytirishdan qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy manfaatdorligini oshirish va qishloqda ijtimoiy masalalarni hal qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sotish yuzasidan belgilangan topshiriqni bajargan xo‘jaliklar ixtiyorida qoldirilgan mahsulotlar ulushi paxta tolasi hajmining 40 foizgacha va boshoqli don ekinlari xarid hajmining 50 foizgacha oshirilsin, tegishli ravishda ilgari belgilangan davlat buyurtmasi hajmlari paxta tolasi 67 foizdan 60 foizgacha hamda boshoqli don ekinlariga 50 foizgacha kamaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 10 kun muddat ichida paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari bo‘yicha, shuningdek paxta tolasining ulgurji narxlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 22-avgustdagi Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 19-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1068-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 59-modda)