Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2015 11.06.2001 yildagi PF-2874-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2015
Hujjat 30.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA PAXTA TOZALASh SANOATINI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning mustaqilligini kengaytirish, tarmoqni rivojlantirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-oktabrdagi 401-son qarori bilan “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksiyadorlik uyushmasiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyalashtirish masalalari boʻyicha tashkil etilgan maxsus komissiyaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksiyadorlik uyushmasi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”ni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini xarid qilish, qayta ishlash va paxta mahsulotlarini yetkazib berish hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarini tegishli ravishda tugatgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning korxonalari va tashkilotlarini aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshqa nodavlat shakllariga aylantirish jarayonini yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va ichki paxta bozorlari konyunkturasini muntazam oʻrganish va ularda shakllanayotgan tendensiyalardan kelib chiqqan holda chigitning seleksiya navlarini joylashtirish tizimini, paxta yetishtirish hajmlari va tarkibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor islohotlarini amalga oshirishda, jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda, tarmoqning paxta tozalash korxonalarini zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashda, ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etishda, investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga, paxta tozalash korxonalariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan navlarni joylashtirishga qatʼiy muvofiq holda paxta navini yangilash va navlarni joylashtirish, yuqori sifatli urugʻlik chigitlar ishlab chiqarish, tayyorlash va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni ular bilan taʼminlashning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 203-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan birgalikda paxta mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslarini shakllantirishda qatnashish.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tozalash sanoati tarmogʻining asosiy boʻgʻini hisoblanib, paxta xomashyosini xarid qilish va qayta ishlash, ishlab chiqarilgan paxta mahsulotini belgilangan tartibda eksportga va respublika isteʼmolchilariga yetkazib berish, paxta xomashyosi va paxta mahsuloti uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini jahon paxta bozorida xaridorgir seleksiya navlarining urugʻlik chigitlari bilan taʼminlash uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tugatilayotgan “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilib, paxta tozalash korxonalari aksiyalarining nazorat paketlari ularning ustav fondiga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tarkibiga paxta tozalash korxonalari (paxta tayyorlash punktlari bilan birgalikda) va urugʻlik chigit tayyorlash korxonalari, taʼmirlash, qurilish, taʼminot, transport va boshqa xizmat koʻrsatish tashkilotlari kiradi. Shu bilan birga hududiy aksiyadorlik birlashmalari tarkibiga paxta xomashyosi chiqindilarini qayta ishlash korxonalari hamda ulardan qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ijro etuvchi apparati tarkibida Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazlari tashkil etilib, ularning zimmasiga kontraktatsiya shartnomalari tuzish, paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga va fermer xoʻjaliklariga avans berish, yetishtirilgan paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish vazifalari yuklatilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 203-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi xarid qilish va uni qayta ishlashning bozor mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek paxtani qayta ishlash mahsulotlarini eksportga va ichki bozorga yetkazib berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari va mamlakatimizdagi isteʼmolchilar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq va paxta mahsulotini eksportga va ichki bozorga yetkazib berishni paxta xomashyosi xarid qilish va uni oʻz vaqtida qayta ishlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtaning jahon bozorida xaridorgir boʻlgan seleksiya navlarining sifatli urugʻlik chigitlarini tayyorlash va ular bilan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish, paxta xomashyosini xarid qilish va qayta ishlash uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklariga avans berish va ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini xarid qilish, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga joʻnatish va shu mahsulotlarning qoldiqlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot yuritish, paxta xomashyosi xarid qilish, paxta mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari, uni eksportga va respublika isteʼmolchilariga sotish boʻyicha maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan birgalikda paxta xomashyosi yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari tuzishning belgilangan tartibiga rioya etilishi va ularning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlariga paxta xomashyosi xarid qilish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tayyorlangan va qayta ishlangan paxta xomashyosining miqdori va sifati toʻgʻrisidagi hisobotlarni buzganlik uchun jazo jarimalari qoʻllash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat-aksionerlik assotsiatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-noyabrdagi PF-485-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-son Farmonining 8-bandida “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi” soʻzlari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan oʻn kun muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2874-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi (keyingi oʻrinlarda Hududiy birlashma deb yuritiladi) uning tarkibiga kiruvchi korxonalar bilan paxta tozalash sanoati tarmogʻining asosiy boʻgʻini hisoblanib, paxta xomashyosini xarid qilish va uni qayta ishlash, ishlab chiqarilgan paxta mahsulotini belgilangan tartibda eksportga hamda respublika isteʼmolchilariga sotish, paxta xomashyosi, paxta mahsulotlari uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va paxta tozalash korxonalari bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini paxtaning xalqaro bozorda xaridorgir seleksiya navlari urugʻlik chigitlari bilan taʼminlash uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hududiy birlashma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Namunaviy nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududiy birlashma tarkibiga paxta tozalash korxonalari (paxta tayyorlash punktlari bilan birgalikda) va hududiy birlashmaga yuklangan asosiy vazifalar bajarilishiga koʻmaklashuvchi urugʻlik chigit tayyorlash korxonalari, taʼmirlash, qurilish, taʼminot, transport va boshqa xizmat koʻrsatish tashkilotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Hududiy birlashma tarkibiga paxta xomashyosi chiqindilarini qayta ishlash boʻyicha mustaqil korxonalar hamda ulardan qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududiy birlashma yuridik shaxs maqomidagi ochiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanib, oʻzining nomi yozilgan muhrga va bank muassasalarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududiy birlashmaning ustav fondi tugatilayotgan “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki, paxta tozalash korxonalari aksiyalarining nazorat paketlari, shuningdek hududiy birlashma tarkibiga kiruvchi boshqa aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini ularning ustav fondiga berish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalash korxonalari Hududiy birlashmaning shuʼba korxonalari hisoblanib, yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi va oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi. Paxta tozalash korxonalarining paxta tayyorlash punktlari esa yuridik shaxs hisoblanmaydi va banklarda oʻz hisob raqamlariga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy birlashma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitob jamgʻarmasining tijorat agenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy birlashma “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb yuritiladi) tarkibiga muassis sifatida kiradi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq u bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. HUDUDIY BIRLAShMANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar hududiy birlashmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi xarid qilish va qayta ishlash bozor mexanizmlarini rivojlantirish, jahon bozorida raqobatga bardoshli yuqori sifatli paxta mahsulotlari ishlab chiqarishdan qishloq xoʻjaligi va paxta tozalash korxonalarining iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi banklar ishtirokida paxta zavodlari orqali paxta xomashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari va mamlakatimiz isteʼmolchilari bilan paxtani qayta ishlash mahsulotlarini eksportga va ichki bozorga yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta xomashyosi xarid qilish va uni oʻz vaqtida qayta ishlashni hamda paxta mahsulotini eksportga va ichki bozorga yetkazib berishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni paxtaning jahon bozorida xaridorgir boʻlgan seleksiya navlarining yuqori konditsiyali urugʻlik chigitlari bilan taʼminlagan holda urugʻlik paxta xomashyosining sifatli qabul qilinishi, saqlanishi va qayta ishlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash, paxta xomashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga va fermer xoʻjaliklarga avans berish va ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish, shuningdek paxta tozalash korxonalari bilan hisob-kitob qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini xarid qilish, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga joʻnatish va shu mahsulotlarning qoldiqlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot yuritish, paxta xomashyosi xarid qilish, paxta mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari, uni eksportga va respublika isteʼmolchilariga sotish boʻyicha maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash korxonalarini texnik jihatdan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish boʻyicha yagona siyosatni amalga oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish va paxta tozalash korxonalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy birlashma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda paxta tozalash korxonalari orqali paxta xomashyosi xarid qilish va uni qayta ishlash yuzasidan paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzadi, ularning bajarilishini va tayyorlangan paxtaning miqdori va sifati boʻyicha maʼlumotlarning ishonchliligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtaning navlar boʻyicha joylashtirilishiga, urugʻlik paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasiga rioya etilishini, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar uchun paxtaning yuqori konditsiyali urugʻlik fondi tayyorlanishini taʼminlaydi. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarning belgilangan navlarni joylashtirishga qatʼiy muvofiq holda urugʻlik chigitlar bilan taʼminlanishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash korxonalarining bankda ochiladigan maxsus hisob raqamlari orqali, qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklarini avans bilan taʼminlab, paxtani qayta ishlash va mahsulotni sotish tugallangandan keyin ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari va respublika isteʼmolchilari bilan tuzilgan shartnomalar va kontraktlarga muvofiq paxta xomashyosining paxta tozalash korxonalarida qayta ishlanishini hamda ular tomonidan paxta mahsuloti eksportga va respublika isteʼmolchilariga joʻnatilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni va paxta tozalash korxonalarini moliyalash miqdorlari hisob-kitobi Jamgʻarmaga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi hamda tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi, paxta tozalash korxonalari boʻyicha paxta mahsulotlari ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishi hajmi yuzasidan maʼlumotlarni Uyushmaga oʻz vaqtida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturlarini amalga oshirishda qatnashadi, paxta tozalash korxonalarini zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishiga, hududiy birlashma tarkibiga kiruvchi korxonalarni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qayta ishlashning texnologiya reglamentiga rioya etilishi, xomashyo resurslaridan oqilona foydalanilishi, paxta tolasi, chigit va lint normativga muvofiq chiqishi taʼminlanishi, raqobatbardosh sifatli paxta mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda paxta materiallari bilan ishlashda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi xarid qilish, paxta mahsulotlari ishlab chiqarish, joʻnatish va uning qoldiqlari boʻyicha hisob-kitob va hisobotni yuritadi hamda maʼlumotlarni belgilangan roʻyxat boʻyicha hududiy statistika organlariga va Uyushmaga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy birlashma va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatini tekshirish chogʻida “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi mutaxassislari ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma apparati taʼminotiga Taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan miqdorlarda oʻz xoʻjalik faoliyati natijalaridan mablagʻ ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. HUDUDIY BIRLAShMANING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududiy birlashma oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida quyidagilarga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalarning unga berilgan paketlariga muvofiq oʻz tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalari va boshqa korxonalar faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma bilan oʻzaro munosabatlarini muassis huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga “Paxtasanoat” hududiy birlashmalarini zarur asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va moddiy-texnika resurslari bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlash funksiyalarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta mahsuloti xarid qilish boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga avans berish va ular bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini olish hamda Hududiy birlashma tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan markazlashtirilgan tartibda oʻzaro hisob-kitoblar qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalari, shuningdek mamlakatimiz isteʼmolchilari bilan paxta mahsulotini eksportga va ichki bozorga yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. HUDUDIY BIRLAShMA FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, kuzatuvchi kengash va boshqaruv Hududiy birlashmaning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy birlashmaning davlatga tegishli aksiyalari paketini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakili kuzatuvchi kengash tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy birlashma boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda kuzatuvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadilar va keyinchalik aksiyadorlar umumiy yigʻilishida tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Boshqaruv raisi Hududiy birlashmaning vazifalari va funksiyalari bajarilishi uchun javob beradi hamda uning faoliyati bilan bogʻliq barcha masalalarni mustaqil hal etadi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoki kuzatuvchi kengashning mutlaq vakolatiga tegishli deb topilgan masalalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hududiy birlashmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasida Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etiladi. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi banklar ishtirokida paxta tozalash korxonalari orqali paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali Jamgʻarmadan olingan mablagʻlar hisobiga paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga va fermer xoʻjaliklariga avans beradi, kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta yigʻim-terimi uchun haq toʻlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qayta ishlash natijalarini hisobga olgan holda paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan olingan mablagʻlar qaytarilishini hisobga olgan holda eksportga va respublika isteʼmolchilariga joʻnatilgan mahsulot uchun paxta tozalash korxonalari bilan oʻzaro hisob-kitob qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga yoʻnaltiriladigan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil hosili paxta xomashyosini qayta ishlash yakunlari boʻyicha paxta mahsulotlarining natura holidagi oraliq balanslarini tayyorlaydi, ularni Uyushmaga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash korxonalarining paxta xomashyosini qayta ishlash va paxta mahsuloti yetkazib berish boʻyicha faoliyati natijalari xatlovi dalolatnomalarini tasdiqlab, tarmoq boʻyicha paxta mahsuloti natura holidagi yigʻma balanslarini tayyorlash uchun Uyushmaga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha maʼlumotlarni tayyorlaydi va viloyat statistika organiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy birlashma oldida turgan vazifalardan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hududiy birlashma apparati taʼminoti uning xoʻjalik faoliyati natijalaridan olingan mablagʻ hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hududiy birlashmani tugatish yoki qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. HUDUDIY BIRLAShMANING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hududiy birlashma shartnomalar boʻyicha majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi hamda mazkur Nizomda, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida uning oldiga qoʻyilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgardir.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 120-modda; 2002-y., 10-11-son, 203-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 139-modda)