Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQ JOYLARDA UY-JOY QURILISHINI MOLIYALASHTIRISHNING RESURS BAZASINI YANADA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) uning aktivlarini:
Jamgʻarmaning jalb etilgan uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari boʻyicha Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlariga teng summadagi qarz majburiyatlarini “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarzi sifatida rasmiylashtirgan;
qolgan qismini — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav fondidagi ulushini koʻpaytirgan holda belgilangan tartibda “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankiga berish yoʻli bilan tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Jamgʻarmani tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
Tugatish komissiyasi kreditorlar talablari qondirilgandan keyin Jamgʻarmaning mol-mulkini “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki balansiga bergan holda Jamgʻarmani belgilangan tartibda tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Qishloqqurilish-bank” aksiyadorlik-tijorat banki va “Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari berish toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomalarni ilgari tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq qayta rasmiylashtirsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-may,
151-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 1-modda) ilovada:
a) 4-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshi hisoblansin;
b) 7-bandning 1-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 10-banddagi “Jamgʻarmaning kredit liniyalari, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 12-bandning birinchi xatboshidagi “Jamgʻarmaning kredit liniyalari” degan soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 39-modda) ilovaning 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarorida nazarda tutilgan Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 209-modda; 2017-y., 33-son, 853-modda; 06.02.2021-y., 09/21/56/0091-son)