Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, respublika aholi punktlarining arxitektura qiyofasini yaxshilash, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq ularning yerlaridan qurilish uchun oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 125-modda)
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari yer uchastkalari berishda:
Oldingi tahrirga qarang.
aholi punktlarining bosh rejalari va hududlarni rivojlantirish hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz hamda ularni shaharlar va aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻl qoʻyilmasligini;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlarning qatʼiyan oʻz vakolatlari doirasida, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qabul qilinishini;
yakka tartibdagi uy-joy va tadbirkorlik subyektlari obyektlari qurilishi uchun ajratiladigan hududlarda muhandislik infratuzilmasi jadal shakllantirilishini taʼminlasinlar.
Aholi punktlarining bosh rejalar va batafsil rejalashtirish loyihalari, shuningdek qishloq aholi punktlarining bosh rejalari sxemalari bilan birgalikda hududlarni meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari bilan taʼminlanishi, ularni amalga oshirish va moliyalashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga rioya etilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsinlar hamda har yarim yillik yakunlari boʻyicha monitoring natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun axborot berib borsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-may,
146-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 125-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Fuqarolik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini aniqlash va ularning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Turar joylar, imoratlar va inshootlar buzilishi bilan bogʻliq zararlarni fuqarolar va yuridik shaxslarga qoplash Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-maydagi 97-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydani, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash yer uchastkasi beriladigan (ajratiladigan), yoki faoliyati yer uchastkasiga huquqlar cheklanishiga va yerning sifati yomonlashishiga olib keladigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurishda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplash loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat koʻrsatadigan va yer ajratib berish loyihasini tuzadigan “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti va uning hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari hamda Qurilish vazirligi qurilish boʻlim (boshqarma)lari tomonidan baholash tashkilotini jalb etgan holda yer uchastkasini tanlash bosqichida aniqlanadi. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori tegishli ravishda Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari bilan birgalikda davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi zararlari va nobudgarchiliklari yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar yangi egaga, foydalanuvchiga va ijarachiga topshirilguniga qadar qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yer uchastkasi olib qoʻyiladigan va yer uchastkasi ajratiladigan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi zararlari va nobudgarchiliklarining aniqlangan miqdorlariga rozi boʻlmagan hollarda sudga murojaat qilishlari mumkin.
II. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini qoplash
5. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari quyidagi hollarda aniqlanadi va toʻliq hajmda (shu jumladan boy berilgan foyda) qoplanadi:
yer olib qoʻyilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
davlat qoʻriqxonalari, zakazniklar, milliy tabiiy bogʻlar, tabiat yodgorliklari, madaniy-tarixiy haykallar, suv havzalari, suv taʼminoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yoʻllar, quvurlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari boʻylab muhofaza qilish, sanitariya va himoya zonalari oʻrnatilishi munosabati bilan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini cheklash;
suv havzalari, kanallar, kollektorlar va qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar ajratadigan boshqa obyektlar qurilishi va ulardan foydalanilishi, hosilning pasayishiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati yomonlashishiga olib keladigan boshqa xatti-harakatlari taʼsiri natijasida yer sifatining yomonlashishi.
6. Yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini olib qoʻyishda, haq toʻlab olishda yoki vaqtincha egallab turilganda:
yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulkida boʻlgan yer uchastkasining qiymati;
turar joylar, imoratlar va inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, agar yer olib qoʻyilishi munosabati bilan ulardan bundan keyin foydalanish mumkin boʻlmasa, ajratiladigan uchastkadan tashqaridagi obyektlar qiymati;
meva-rezavor, ihota daraxtlari va boshqa koʻp yillik daraxtlar qiymati;
tugallanmagan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi qiymati;
boy berilgan foyda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer olib qoʻyilishi bilan bogʻliq ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan zararlar qoplanmaydi.
8. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasi qiymati yerni olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytda uning bozor qiymatidan kelib chiqib baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Turar joylar, imoratlar va inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan, shuningdek, agar yer olib qoʻyilishi munosabati bilan ulardan bundan keyin foydalanish mumkin boʻlmasa, ajratiladigan uchastkadan tashqaridagi obyektlar qiymatini baholash Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-maydagi 97-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Meva beradigan meva-rezavor daraxtlari, shuningdek ihota daraxtlari va boshqa koʻp yillik daraxtlarni baholash koʻchatlarning qiymati hamda ularni ekish va meva bergunga yoki shox-shabbalarning tutashib ketishiga qadar yetishtirish xarajatlari baholash davridagi joriy narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Meva bermaydigan meva-rezavor daraxtlari, shuningdek shoxlari tutashmagan ihota daraxtlari va boshqa koʻp yillik daraxtlarni baholash amaldagi xarajatlar boʻyicha amalga oshiriladi.
11. Sarflangan materiallar (urugʻlik, mineral va organik oʻgʻitlar, zaharli dorilar, gerbitsidlar va hokazolar) qiymatini hamda amalda bajarilgan ishlar qiymatini (tuproqni ekishga tayyorlash, tozalash va drenaj tarmogʻini tozalash, urugʻ ekish, sugʻorish, qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berish va boshqalarni) oʻz ichiga oladigan tugallanmagan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi qiymati birlamchi buxgalteriya hujjatlari boʻyicha qabul qilinadi.
12. Yer uchastkalaridagi binolar va inshootlar buzilgan holda yer uchastkalari olib qoʻyilishi bilan bogʻliq yuridik shaxslarning boy berilgan foydasi qiymati tegishli yillar uchun moliyaviy faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotdan qabul qilinadigan oxirgi uch yildagi yillik oʻrtacha sof foydadan va yangi joyda faoliyatni tiklash uchun zarur boʻlgan davrdan kelib chiqib aniqlanadi. Yangi joyda faoliyatni tiklash uchun zarur boʻlgan davr yer uchastkasini olish uchun vaqt, buzilishi kerak boʻlgan bunday obyektni loyihalashtirish va qurilishning normativ muddatlari hisoblanadi.
Yerni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarishda boy berilgan foyda miqdori qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqariladigan yer uchastkasidan olinadigan oxirgi uch yildagi oʻrtacha yillik sof daromad miqdorining yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish, ularni madaniylashtirish ishlari va tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha boshqa ishlar loyihalashtiriladigan, bajariladigan toʻrt yilga koʻpaytirilgan summasi sifatida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir yildagi sof foyda summasi 1 ga qishloq xoʻjaligi yerlariga oxirgi 3 yildagi oʻrtacha yillik sof daromaddan kelib chiqib va olib qoʻyiladigan qishloq xoʻjaligi yer maydoniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Qishloq xoʻjaligi yerlarini olib qoʻyishda yuridik va jismoniy shaxslarga teng qiymatli yer uchastkalari berilgan hollarda boy berilgan foyda qoplanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yer uchastkalarining bir qismi olib qoʻyilishi yoki vaqtincha egallab turilishi natijasida sugʻorish, quritish va yoʻl tarmoqlari, eroziyaga qarshi va selga qarshi obyektlar va inshootlar (tizimlar) ishi qisman yoki toʻliq buzilganda yer uchastkasi ajratiladigan yuridik va jismoniy shaxslar yangi obyektlar va inshootlar (tizimlar)ni qurishga yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilishga majburdir.
14. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishi munosabati bilan yuridik shaxslarning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati koʻrgan zararlari, agar muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatilishi munosabati bilan binolar va inshootlarni buzish (koʻchirish) yoki yerni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarish moʻljallanayotgan taqdirda qoplanadi.
Binolar va inshootlarni buzish (koʻchirish) bilan bogʻliq holda koʻrilgan zararlar miqdori ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalari ajratish loyihasini ishlab chiqish jarayonida, zaruriyat boʻlganda, ularning muhofaza, sanitariya va ihota zonalari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi yer maydonlari, turi va sifati, ushbu zonalarda yerdan bundan keyin foydalanish rejimi, shuningdek ushbu zonalarga yer uchastkalariga boʻlgan huquq cheklanishi bilan yetkazilgan zararlar miqdori aniqlanadi.
15. Suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning taʼsiri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yuzaga kelgan taʼsir natijasida qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarning sifati yomonlashuvi bilan bogʻliq boʻlgan zararlar miqdori qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashuviga olib keladigan sabablarni tugatish boʻyicha tadbirlari va ushbu yerlarning ilgarigi sifat holatini tiklash boʻyicha tadbirlari qiymati sifatida aniqlanadi.
Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining yomonlashgan sifatini tiklash uchun zarur boʻlgan xarajatlarga tuproq, agrokimyo va boshqa maxsus tekshirishlar hamda qidirishlar, shuningdek loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ushbu ekin maydonlarining sifatini tiklashni taʼminlaydigan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari kiritiladi.
16. Yer uchastkalarini olib qoʻyish, haq toʻlab olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari cheklanishi yoxud qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ularning koʻrgan zararlarini shu jumladan boy berilgan foydani qoplash uchun moʻljallangan mablagʻlar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zarar yetkazilgan yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob (joriy) hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash
17. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini qoplashdan tashqari yangi yerlarni oʻzlashtirish yoki mavjud yerlarning mahsuldorligini oshirish uchun melioratsiya va agromelioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlar ishlab chiqarish faoliyatidan chiqarilishi munosabati bilan tarmoqda ishlab chiqarilmaydigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tiklash maqsadida qoplanadi.
Olinmagan mahsulotni tiklash boʻyicha davr sifatida toʻrt yil qabul qilinadi, shu davr ichida yangi yerlarni oʻzlashtirish yoki mavjud sugʻoriladigan yerlarni meliorativ jihatdan yaxshilash uchun yer uchastkasi tanlanishi, loyihalashtirish, qurilish va melioratsiya ishlari, shuningdek agromelioratsiya tadbirlari amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari quyidagi hollarda aniqlanadi va qoplanadi:
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari, shu jumladan, dehqon va xoʻjaligini yuritish uchun jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalaridagi qishloq xoʻjaligi yerlarini olib qoʻyish, haq toʻlab olish yoki vaqtincha egallab turish hamda ularni qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan yoki qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlgan, lekin sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarining oborotdan chiqarib yuborilishiga olib keladigan maqsadlar uchun berish;
qurilayotgan suv omborlari, suv taʼminoti manbalari, kurortlar, magistral kanallar va kollektorlar, yoʻllar, quvurlar, elektr energiyasi uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek, boshqa obyektlar atrofidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, qoʻriqlash, sanitariya va himoya zonalari chegaralarini belgilagan, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini oborotdan chiqargan yoki ularni kamroq qiymatli yerga oʻtkazgan holda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini cheklash;
yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining taʼsiri natijasida yer sifatining yomonlashishi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni yer uchastkalari quyidagilar uchun olib qoʻyilgan holatlarda qoplanmaydi:
yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar qurish va ularga xizmat koʻrsatish;
dafn etish joylarini tashkil qilish, davlat (maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar) taʼlim va davolash muassasalari, bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari qurilishi uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
suv xoʻjaligi uchun melioratsiya obyektlari va gidrotexnika inshootlari qurish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish;
Keyingi tahrirga qarang.
mudofaa ehtiyojlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari.
Qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan boshqa holatlar ham belgilanishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 117-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori olib qoʻyilayotgan ekin yerlari, koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, meva koʻchatlari, mevazorlar va boshqalar), boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar, shu jumladan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalaridagi yerlarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha mablagʻlar yer uchastkalari berilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
22. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari ushbu mablagʻlarning oʻz vaqtida tushishini va hisobga olinishini, obyektlar rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi va qurilishini hamda ishlar belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Yer uchastkalari beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasi berish toʻgʻrisida davlat hokimiyati vakolatli organining qarori qabul qilinganidan hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorlari tasdiqlangandan keyin besh kun muddatda koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni oʻtkazib berishga majburdir. Mablagʻlarni oʻtkazib berishning belgilangan muddati buzilgan taqdirda toʻlash kunini ham oʻz ichiga olgan toʻlashning belgilangan muddatidan keyingi kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,05 foiz miqdorida, biroq toʻlanmagan summaning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya hisoblanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 117-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son)
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari oʻzining maxsus hisob raqamlariga tushgan summalar doirasida ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan ishlarning buyurtmachilari hisoblanadi, ishlar rejalarini tasdiqlaydi, moliyalashtirishni boshlaydi va ishlarni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun hududiy boshqarmalarning maxsus hisob raqamlariga tushgan mablagʻlarning 90 foizidan Davrgeodezkadastr qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan ishchi reja asosida quyidagilar uchun foydalaniladi:
Keyingi tahrirga qarang.
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish;
kollektor-drenaj tarmogʻini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish, ularning suv taʼminotini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
oʻrmonlar va mevali oʻrmonzorlar barpo etish, tiklash;
Keyingi tahrirga qarang.
qumliklar, suv havzalari va daryolarning qirgʻoqboʻyi mintaqalarini oʻrmonzorlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
togʻ yonbagʻirlarida sula olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
yer tuzish, kadastr va oʻrmon barpo etish ishlari;
yaylovlarda sugʻorish punktlarini (burgʻulangan quduqlar, quduqlar va suv quvurlarini) qurish va jihozlash;
yer tuzish, shu jumladan, fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki ularga tuzatish kiritish;
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarorlariga binoan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga, qishloq xoʻjalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ushbu bandda koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan pudrat tashkilotlarini melioratsiya, irrigatsiya va yerlarni tekislash ishlari uchun yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash belgilangan tartibda “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirilgan hajmlar hisobiga amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash uchun tushgan mablagʻlar hisobidan Davergeodezkadastr qoʻmitasi markaziy apparatiga va uning hududiy boshqarmalariga bittadan shtatdagi xodim ajratiladi, uning vazifasiga yuqorida koʻrsatilgan ishlarni bajarish, shu jumladan, tashkiliy texnika vositalari, jihozlar va uskunalar xarid qilish ishlarini tashkil etish kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan mablagʻlarni sarflash Davergeodezkadastr qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan smeta boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablagʻlardan yer munosabatlari bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 117-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablagʻlarning 10 foizi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun sudlarga daʼvolar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini toʻlashga, tegishli shtat birliklarini taʼminlashga, xodimlarni ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyalashga va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(241-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi 117-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son)
Keyingi tahrirga qarang.
mablagʻlarning 7 foizi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
3 foizi hududiy boshqarmalarda qoladi.
Hududiy boshqarmalar mablagʻlarning tushishiga koʻra, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga tegishli boʻlgan mablagʻlarni uning maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tartibida kelib tushgan mablagʻlardan ushbu Nizomning 24 va 241-bandlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun, qoidaga koʻra, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilgan tumanlarda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Debitorlik qarzning undirilgan summasi unga qoʻshib yozilgan penya bilan birga ushbu Nizomning 24 va 241-bandlarida va ushbu bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ayrim hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoki viloyat hokimining qarorlari asosida ulardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining yoki oʻsha viloyatning boshqa tumanlarida foydalanish mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
26. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushgan mablagʻlarning foydalanilmagan qoldiqlari hisobot yilida olib qoʻyilmaydi, keyingi yilga oʻtadi va ulardan ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq ishlarni bajarish uchun foydalaniladi.
27. Yer ajratish loyihasini naturaga koʻchirish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarni tayyorlash faqat yer uchastkalari beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qoplangandan keyin amalga oshiriladi.
28. Ilgari berilgan yerlar uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yangi (qoʻshimcha) yer berilmaydi, qarzlar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati, unumdorligi, joylashgan joyi va foydalanish samaradorligi hisobga olingan holda, shuningdek yangi yerlarni oʻzlashtirish ishlarini bajarish davrida yoʻqotilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymati hisobga olingan holda ularning oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish zarurligidan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Doimiy foydalanish uchun yer berishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ps/xp = {[(Cor. x Bb x Sor x Km.) + (Cbog. x Sbog. x Km) + (Cor x Bb x Sz.or. x Km x 0,1) + (Cbog. x Sz.b. x Km x 0,1) + (Cs.p. x Ss.p. x Km)] x Ki} + PCH,
(30-bandning formulasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
bunda:
Nq/xm — qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini doimiy foydalanish uchun olib qoʻyishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi, ming soʻm;
Csugʻ. — sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) olib qoʻyiladigan 1 gektari oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 31-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Clal. — olib qoʻyiladigan 1 ga lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Cp.ya. — olib qoʻyiladigan 1 ga pichanzor va yaylovlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Oldingi tahrirga qarang.
Bb — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan yerlar tuproqlarining oʻrtacha bonitet ballari, ball;
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qaroriga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Ssugʻ. — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari maydoni (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno), ga;
Slal. — olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar maydoni, ga;
S b. sugʻ. — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan boʻz yerlar maydoni, ga;
S b.lal. — olib qoʻyiladigan lalmi boʻz yerlar maydoni, ga;
Sp.ya. — olib qoʻyiladigan pichanzorlar va yaylovlar maydoni, ga;
Kjoy — olib qoʻyiladigan yer uchastkasining joylashgan joyini hisobga oladigan koeffitsiyent ushbu Nizomning 36-bandiga muvofiq qabul qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ki — ushbu Nizomning 48-bandiga muvofiq qabul qilinadigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari summasini indeksatsiya qilish koeffitsiyenti;
SF — oxirgi toʻrt yilda olib qoʻyilgan yer uchastkasida olinadigan sof foyda summasi, ushbu Nizomning 35-bandiga muvofiq aniqlanadi, ming soʻm.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati tuproq bonitirovkasi maʼlumotlari bonitet ballarida qabul qilinadi. U haqida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan yangidan oʻzlashtiriladigan yer uchastkalari boʻyicha bonitet ballari qonun hujjatlariga muvofiq yer ajratish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati bonitet ballari boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar oʻrniga beriladigan bir xil yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati tabiiy zonalardagi joyiga qarab 1 gektar uchun quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:
tekislik (yogʻinlar bilan taʼminlanmagan) zonasida — 1462 ming soʻm;
tekislik-adir (yogʻinlar bilan yarim taʼminlangan) zonasida — 2162 ming soʻm;
togʻoldi va togʻ (yogʻinlar bilan taʼminlangan) zonasida — 2641 ming soʻm.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
33. Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan va lalmi boʻz yerlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan yerlar (30-bandga muvofiq) va lalmi ekin yeri (32-bandga muvofiq) oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymatiga 0,1 koeffitsiyentni qoʻllagan holda aniqlanadi.
34. Pichanzorlar va yaylovlar olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori ozuqaning yoʻqotiladigan hajmini qoplash uchun pichanzorlar va yaylovlarning tegishli maydonlarini tubdan yaxshilash zarurligidan kelib chiqib aniqlanadi.
Pichanzorlar va yaylovlarning mahsuldorligi u bilan bogʻliq boʻlgan balandlik mintaqalariga qarab pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash qiymati ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
35. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish, ularni madaniylashtirishni va boshqa madaniylashtirish - texnik ishlarni loyihalashtirish, bajarish davrida nobudgarchiliklarni qoplash uchun zarur boʻlgan toʻrt yil davr uchun olib qoʻyiladigan yer uchastkasida olinadigan sof foyda summasi qoʻshimcha ravishda qoʻshiladi.
Bir xil bonitet balli sugʻoriladigan yerlarda xoʻjalik faoliyati sharoitida bir yil uchun bir gektarga toʻgʻri keladigan sof foyda summasi oxirgi uch yilda xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha yillik foydani sugʻoriladigan yer maydoniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Tashkilotda bir necha bonitet balli sugʻoriladigan yerlar mavjud boʻlganda, aynan bonitet balli 1 ga sugʻoriladigan yerga toʻgʻri keladigan sof foydaning oʻrtacha summasi aniqlanadi.
Buning uchun quyidagi formula boʻyicha xoʻjalik bonitet balli/ga umumiy summasi aniqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
BS = (S1 x V1) + (S2 x V2) +… + (Sn x Vn),
(35-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
bunda:
S1, S2 va Sn — tegishli bonitet ballari boʻlgan yer uchastkalarining maydonlari, ga;
V1, V2 va Vn — tegishli yer uchastkalarining bonitet ballari.
1 bonitet ball/ga toʻgʻri keladigan xoʻjalikning sof foydasi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
SF..bs = SF / BS,
bunda:
SF — xoʻjalikning oʻrtacha yillik sof foydasi, ming soʻm.
1 ga olib qoʻyiladigan yer uchastkasi uchun oʻrtacha yillik sof foyda summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
SF = SF..bs x Vn x Sn
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga qoʻshimcha ravishda qoʻshiladigan sof foyda summasi 1 ga olib qoʻyiladigan yer uchastkasi uchun oʻrtacha yillik sof foydani 4 ga (yillar soni) va olib qoʻyiladigan maydonga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
SF = SF..bs x Vn
(35-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
36. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini aniqlashda olib qoʻyiladigan yer uchastkasining yerdan samaraliroq foydalanish imkonini beradigan muhandislik kommunikatsiyalari va energiya manbalari moʻlligi bilan farqlanadigan maʼmuriy va sanoat markazlariga nisbatan joylashgan joyi hisobga olinadi.
Olib qoʻyiladigan yer uchastkalarining joylashgan joyini hisobga oladigan koeffitsiyentlar ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Qishloq xoʻjaligi yerlari qishloq xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanish uchun yoki ijaraga olib qoʻyilgan va berilgan holatda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini doimiy foydalanish uchun olib qoʻyishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdoriga foiz nisbatida hisoblab chiqiladi.
Vaqtincha foydalanish uchun yerni olib qoʻyishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorlari quyidagi formula aniqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
| |
(Ps/xp x Ch1 x 4)+ (Ps/xp x Ch2 x 2) + (Ps/xp x Ch3 x 1), | |
|
“Ps/xpvr. = |
________________________________________________ | |
|
100; | ||
(37-bandning formulasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
bunda:
Nq/x vaqt. — vaqtincha foydalanish uchun yerni olib qoʻyishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;
Keyingi tahrirga qarang.
Nq/xn — qishloq xoʻjaligi yerlari doimiy foydalanish uchun olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;
Oldingi tahrirga qarang.
Ch — qishloq xoʻjaligi yerlari doimiy foydalanishga olib qoʻyilganda, qishloq xoʻjaligi nobudgarchiliklari summasidan qishloq xoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgani uchun hisoblanadigan foiz miqdori 10 yilgacha — 4 foiz (Ch1x4), 11 yildan 30 yilgacha — har bir yil uchun 2 foizdan (Ch2x2) va 31 dan 50 yilgacha — 1 foizdan (Ch3x1);
(37-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Foiz miqdori qishloq xoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgan har bir yil uchun 10 yilgacha 4 foiz, 11 yildan 30 yilgacha — 2 foiz va 31 yildan 50 yilgacha — 1 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) Komissiyalarining xulosasi boʻyicha vaqtincha berilgan yerni qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yaroqli holatga keltirish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki buzilgan yerlar qishloq xoʻjaligidan boshqa sohada foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladigan tarzda tuproq qatlami buzilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori toʻliq hajmda qoplanadi.
38. Oʻrmonzorlarni saqlash va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining zarur darajasini taʼminlash maqsadida oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori yerlarni madaniylashtirish va tuproqning unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish, yangi xoʻjaliklar tashkil etish va olib qoʻyilgan oʻrmonlarni tiklash zarurligi hisobga olingan holda teng qiymatli yangi yerlarni oʻzlashtirish xarajatlari zarurligidan kelib chiqib aniqlanadi. Bundan tashqari, sugʻoriladigan dehqonchilik zonasida sugʻorish qiymati, togʻli zonada — supa olish yoki oddiy gidrotexnika inshootlari oʻrnatish qiymati, choʻl zonasida — koʻchma qumlarni mustahkamlash qiymati hisobga olinadi.
39. Oʻrmonzorlarni oʻrmon xoʻjaligi yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun olib qoʻyish va berishda oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning 37-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi.
40. Oʻrmon bilan qoplangan va daraxti siyrak yerlar, shuningdek oʻrmon oʻsimliklari, urugʻlikli, tugunchali va sanoat plantatsiyalari boʻlgan yongʻoq mevali, mevali va boshqa qimmatli turlar bilan band boʻlgan yerlar olib qoʻyilganda oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiliklari summasi yangi yerlarni oʻzlashtirish va monand daraxtzorlar barpo etish boʻyicha ishlarni bajarish davrida oʻrmon mahsulotlarini sotishdan olinadigan foyda va qoʻshimcha foydalaniladigan mahsulotlar nobudgarchiligi hisobga olingan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Noʻ/x =S [Ssugʻ. + T (Foʻr.mah. + Foʻr.qoʻsh.)],
bunda:
Noʻ/x — oʻrmon bilan qoplangan maydonlar olib qoʻyilganda oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;
S — oʻrmon oʻsimliklari bilan band boʻlgan olib qoʻyiladigan oʻrmon yerlarining maydoni, ga;
Ssugʻ. — olib qoʻyiladigan yerlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish zarurligidan kelib chiqib aniqlanadigan oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining solishtirma miqdori 31-bandga muvofiq hisoblab chiqiladi;
tabiiy zonalar boʻyicha oʻrmon yerlarning joylashishiga qarab sugʻorilmaydigan oʻrmon yerlari olib qoʻyilganda — ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq lalmi ekin yerlari olib qoʻyilishi uchun stavkalar qoʻllangan holda — ming soʻm/ga;
T — yangi yerlarni oʻzlashtirish ishlarini loyihalashtirish va bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt, yil (oʻrtacha toʻrt yilda qabul qilinadi);
Foʻr.mah. — 1 gektardan oʻrmon mahsulotlarini (yogʻoch-taxta, yongʻoq, meva, urugʻlik, rezavor meva) realizatsiya qilishdan olingan oʻrtacha uch yildagi foyda (xoʻjalikning hisobot maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi), yilda /ga ming soʻm;
Foʻr.qoʻsh. — 1 gektar oʻrmonga qayta hisoblaganda qoʻshimcha mahsulotlarni (dorivor va boshqa foydali oʻsimliklar, pichan, asalarichilik mahsulotlari va boshqa mahsulotlar)ni realizatsiya qilishdan olingan oʻrtacha uch yildagi foyda (xoʻjalikning hisobot maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi), yilda/ga ming soʻm.
41. Yongan, nobud boʻlgan oʻrmon oʻsimliklari oʻrni, oʻrmonning daraxt kesish uchun ajratilgan daraxtzorga aylanmagan joylari olib qoʻyilganda oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashning bazis stavkalari ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq lalmi ekin yerlari olib qoʻyilgandagi bazis stavkalarga, boʻsh yotgan yer va yalanglik olib qoʻyilganda — lalmi boʻz yerlar olib qoʻyilganligi uchun bazis stavkalarga tenglashtiriladi.
42. Olib qoʻyiladigan yer uchastkasidan aholi punktigacha boʻlgan masofaga hamda muhandislik kommunikatsiyalari va energiya manbalari moʻlligiga qarab nobudgarchiliklar miqdoriga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, agar qurilayotgan obyektlarning muhofaza, sanitariya va himoya zonalaridagi oʻrmonzorlarni qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarish yoki ularni kamroq qiymatli yerga oʻtkazish moʻljallanayotgan taqdirda qoplanadi.
44. Qurilayotgan obyektlarning muhofaza, sanitariya va himoya zonalaridagi oʻrmonzorlar muomaladan chiqarilgan taqdirda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning II va III boʻlimlariga muvofiq toʻliq hajmda aniqlanadi.
45. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari boshqa sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlariga oʻtkazilganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilishidan nobudgarchiliklar miqdori bilan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilishi nobudgarchiliklari miqdori oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
46. Qurilayotgan obyektlardan foydalanishda kelib chiqadigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlar sifati yomonlashishi holatlari obyektlarni qurish loyihalarida nazarda tutilishi va yer ajratishda hisobga olinishi kerak.
47. Yerning sifati yomonlashishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning II va III boʻlimlariga muvofiq zamonaviy holatida oʻrmonzorlarni olib qoʻyishdan nobudgarchiliklar va yerlarning kutilayotgan yomonlashishidan keyingi miqdori oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatni inobatga olib hisoblangan miqdori, shuningdek ushbu Nizomning 32-bandi va unga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlari boʻyicha qurilish materiallari narxlari indeksining oʻtgan yilgi oʻzgarishi darajasidan kelib chiqib, joriy yilning 31-dekabriga qadar har yili indeksatsiyalanishi lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
49. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini aniqlash ishlarini bajarish tartib-qoidasi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini aniqlash tartibini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari oʻrniga beriladigan ular bilan bir xil yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish
QIYMATI
Keyingi tahrirga qarang.
|
Hududlar |
1 gektar bir xil yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirishning bir bonitet balli uchun qiymati, ming soʻm |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
444,2 |
|
viloyatlar: |
|
|
Andijon |
761,6 |
|
Buxoro |
634,8 |
|
Jizzax |
507,8 |
|
Qashqadaryo |
507,8 |
|
Navoiy |
507,8 |
|
Namangan |
698,2 |
|
Samarqand |
761,6 |
|
Surxondaryo |
825,0 |
|
Sirdaryo |
507,8 |
|
Toshkent |
761,6 |
|
Fargʻona |
698,2 |
|
Xorazm |
634,8 |
|
Toshkent shahri |
761,6 |
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash
QIYMATI
|
Vertikal zonalarga boʻlinish |
1 gektar pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati, ming soʻm |
Ulardan | |
|
tubdan yaxshilash qiymati |
oʻrni qoplanadigan mahsulotning qiymati | ||
|
“Choʻl” mintaqasi |
242,9 |
50,1 |
192,8 |
|
“Adir” mintaqasi |
283,9 |
88,8 |
195,1 |
|
“Togʻ” mintaqasi |
398,6 |
66,5 |
332,1 |
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 449-modda)
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar
| Aholi punktlari | Aholi punktlari chegaralarigacha boʻlgan masofa, km | Oshiruvchi koeffitsiyent |
| Toshkent shahri |
20 kilometrgacha |
2,0 |
| Viloyat markazlari |
10 kilometrgacha |
1,5 |
| Boshqa shaharlar va posyolkalar, shuningdek tuman markazlari boʻlgan qishloq aholi punktlari |
5 kilometrgacha |
1,3 |
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlari koʻrgan zararlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini aniqlash
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yer uchastkalarini olib qoʻyish va ularni qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 27-maydagi 248-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 15-iyundagi 282-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 6-son, 21-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi koʻrgan zararning oʻrnini qoplash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1995-yil 16-iyundagi 223-son qarori.
II. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 37-modda):
a) 9-banddagi “miqdorini belgilash uchun” soʻzlari “miqdori masalasini koʻrib chiqish uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Uylar (kvartiralar), imoratlar va inshootlarni, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi koʻp yillik dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot komissiyaga beriladi”;
v) 11-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 205-modda, 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 8-9-son, 79-modda, 22-son, 245-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 10-son, 125-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2015-y., 23-son, 304-modda; 2016-y., 38-son, 449-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son; 21.12.2019-y., 09/19/1024/4183-son; 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)