Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2018 16.02.2007 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2018
Hujjat 04.03.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi BOShLIGʻIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VETERINARIYA AMALIYOTIDA “DOROGOVNING ANTISEPTIK STIMULYaTORI” PREPARATIDAN FOYDALANISh QOIDASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2007-yil 22-fevral 20-15-57/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018-yil 17-yanvardagi 18-sonli “Veterinariya amaliyotida “Dorogovning antiseptik stimulyatori” preparatidan foydalanish qoidasini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi qonuni talablarini bajarish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Veterinariya amaliyotida “Dorogovning antiseptik stimulyatori” preparatidan foydalanish Qoidasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish boshliq oʻrinbosari Sh. Mamatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq T.OMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat veterinariya Bosh boshqarmasi boshligʻining
2007-yil 16-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya amaliyotida “Dorogovning antiseptik stimulyatori” preparatidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dorogovning antiseptik stimulyatori (keyingi oʻrinlarda DAS deyiladi) preparati antiseptik va vujudni (organizmni) ragʻbatlantiruvchi taʼsirga ega boʻlgan preparatlar turiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Preparatning ikkita turi: DAS 2-F (2-Fraksiya) va DAS 3-F (3-Fraksiya) deb nomlanadigan fraksiyalari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. DAS 2-F sariq yoki toʻq qizil rangli, oʻziga xos hidga ega, ishqoriy muhitli uchuvchan suyuqlik. Saqlash davrida DAS 2-F solingan flakonning tubida smolasimon modda choʻkmaga tushishi mumkin. Bu uning faolligini pasaytirmaydi choʻkma paxta yoki doka orqali filtrlab yoʻqotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAS 2-F jadvalda koʻrsatilgan miqdorda ogʻiz orqali ichirish va surtish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAS 2-F suvda yaxshi eriydi, ichirish uchun DAS 2-F preparati oddiy suvda eritiladi, mahalliy davolash uchun esa uning steril distillangan suv yoki ikki marta qaynatib filtrlangan suvda yoki steril fiziologik eritmada eritilgan holda ishlatiladi. Mahalliy davolash uchun DAS 2-F ni toza, eritilmasdan ham ishlatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kasal hayvonning ichki aʼzolarida yiringli jarohatlar (metastaz) borligiga gumon qilinsa, DAS 2-F preparatini ogʻiz orqali ishlatish mumkin emas, chunki absesslar tez yetilib, ular ichki boʻshliqlarda yorilib ketishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DAS 3-F quyuq, qora rangli suyuqlik boʻlib oʻziga xos hidli, spirtda, oʻsimlik va hayvonlar yogʻida eriydi, suvda deyarli erimaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAS 3-F mahalliy davolash uchun sof holda yoki yogʻli eritma va malham (kungaboqar, paxta, kanop yoki baliq yogʻida) holida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DAS preparatining fraksiyalari flakonlardan ogʻzi mahkam berkitilgan va kavsharlangan holda chiqariladi. Preparatni uy yoki 4 — 8 daraja haroratda saqlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. DAS preparati hayvonlarning quyidagi kasalliklarini davolashda ishlatishga tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yetarli miqdorda oziqlantirmaslik, ozuqalar hazm qilinishining va moddalar almashinuvining buzilishida, kasalliklari oqibatida organizmning umumiy holsizlanishida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasalligining sababi bartaraf etiladi, oziqlantirish va saqlash sharoitlari yaxshilanib, DAS 2-F ni belgilangan mikdorda ogʻiz orqali qoʻllaniladi. Davolash kuniga bir marta 5 kun davomida oʻtkaziladi, uch kun dam beriladi, yana qoʻllashga ehtiyoj sezilsa, davolash yana 5 kun davom ettiriladi. Choʻchqa va choʻchqa bolalariga preparatni guruh usulida ozuqaga aralashtirib berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoramollarning birlamchi timpaniyasida-DAS 2-F preparatining davolovchi miqdori 500 ml suvda eritilib ogʻiz orqali ichiriladi yoki zond yordamida katta qoringa quyiladi. Bir vaqtning oʻzida hayvon yurgizib, katta qorin uqalanadi (massaj qilinadi), ehtiyoj tugʻilsa, preparat shu miqdorda yana ichiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ovqat hazm qilish traktining atoniyasida-DAS 2-F preparatida kasal hayvonga belgilangan miqdorda kuniga 1-marta 5 kun davomida ichiriladi, hayvonni oziqlantirish va saqlash sharoiti yaxshilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) infeksiya tushgan yaralarda-yara tozalanib, DAS 2-F preparatining 15-20% li suvdagi eritmasi shimdirilgan tamponli bogʻlama qoʻyiladi. Davolash kuniga bir marta oʻtkaziladi. Oqma yaralarda yiringli eksudat oqishi tugaguncha davolash davom ettiriladi. Yaralar tozalangach, toʻqimalarning regeneratsiyasini va yaraning bitishini tezlashtirish maqsadida DAS 3-F preparatining 20 — 50% li malhamlaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Organizmni ragʻbatlantirish maqsadida DAS 2-F preparatidan ilovada koʻrsatilgan miqdorda ogʻiz orqali ichiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) nekrobatsellioz kasalligida oyoqlarning jarohatlarini davolashda DAS 2-F va DAS 3-F preparatlaridan qoʻllaniladi. Jarohat yuzasi tozalangach, DAS 3-F ni sof holda surtilib bogʻlab qoʻyiladi va davolash 3 — 5 kun, agar ehtiyoj tugʻilsa, undan ham koʻp davom ettiriladi. DAS 2-F ni infeksiya tushgan yaralarni davolashdagi tartibda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qoʻylarning tuyoq chirishi kasalligida-kasallangan tuyoqlar tozalanib, tuyoqlarning zararlangan joylariga DAS 3-F ni sof holda klinik tuzalgunga qadar surtib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qoramollarning jinsiy-siydik ajratish sistemasi kasalliklarida sigirlar yoʻldoshining ushlanib qolishida yoʻldosh olib tashlangandan keyin DAS 2-F preparatining 3 — 5 % li 40 darajagacha isitilgan suvdagi eritmasi bilan qin yuviladi. Muolaja xar 4-5 kunda bir marta takrorlanadi. Bir marta davolash uchun preparat eritmasidan 1-2 l sarflanadi. Agar bachadonning boʻyni ochiq boʻlsa, eritmadan 200 — 300 ml bevosita bachadonga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinsiy organlar kasalliklari-trixomonoz, bola tashlash hamda sigirlarda piometrit va endometrit kasalliklarini davolashda DAS 3-F preparatining 20% li yogʻdagi (kungaboqar, kanop, paxta, baliq yogʻi) eritmasi Jane shpritsi yordamida qinga yuboriladi. Bir marta davolash uchun 200 — 300 ml gacha yogʻli eritma sarflanadi. Qinga DAS 3-F ning 20% li yogʻli eritmasi shimdirilgan tampon qoʻyilishi ham mumkin. Davolash hayvon butunlay klinik sogʻayguncha kuniga 1-marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bachadonning boʻyni ochiq va yalligʻlangan boʻlsa (piometrit, endometrit), davolashda DAS 2-F preparatining 15% li suvdagi eritmasi yoʻldoshning ushlanib qolishini davolashdagidek tartibda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sigirlarni umumiy davolash uchun DAS 2-F belgilangan miqdorda ogʻiz orqali qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buqalarni oʻtkir kechayotgan trixonomoz kasalligidan davolashda buqaning jinsiy organi preputsiy 2-3 % li DAS-2 suvdagi eritmasi bilan yuviladi. Eritma ebonitli katetr yordamida Esmarx idishi bilan yuboriladi. 1 — 1,5 l atrofidagi eritma yuborilgach, preputsiy xaltasi 3 — 5 daqiqa davomida qoʻl bilan qisib ushlab turiladi va tashqaridan yengil uqalanadi. Davolash 5 — 10 kun davomida oʻtkaziladi. Davolash davrida amaldagi trixonomoz kasaliga qarshi kurashish yoʻriqnomasida koʻrsatilgan barcha chora tadbirlar oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qoidalarning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya nazorati organlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya amaliyotida “Dorogovning antiseptik stimulyatori” preparatidan foydalanish Qoidasiga
ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAS 2-F preparatini bir marta ogʻiz orqali qoʻllanish miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hayvonning turi, yoshi‎

Preparatning miqdori, ml‎

Suvning miqdori, ml‎

Otlar‎

‎

‎

3 yosh va undan katta‎

10 — 20‎

200 — 600‎

1 yoshdan 3 yoshgacha‎

10 — 15‎

200 — 400‎

1 yoshgacha‎

5‎

100‎

Yirik shoxli mollar‎

‎

‎

3 yosh va undan katta‎

20 — 30‎

200 — 400‎

1 yoshdan 3 yoshgacha‎

10 — 15‎

100 — 400‎

1 yoshgacha‎

2 — 5‎

40 — 100‎

Mayda shoxli mollar‎

‎

‎

1 yoshdan kata‎

2 — 5‎

40 — 100‎

6 oylikdan 1 yoshgacha‎

1 — 3‎

20 — 60‎

6 oylikgacha‎

0,5 — 2‎

10 — 40‎

Choʻchqalar‎

‎

‎

1 yoshdan katta‎

5 — 10‎

100 — 200‎

6 oylikdan 1 yoshgacha‎

2 — 5‎

40 — 100‎

6 oylikgacha‎

1 — 3‎

20 — 60‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: koʻrsatilgan miqdorlar oʻrtacha vaznli hayvonlar uchun belgilangan.