Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XORIJIY SARMOYALAR IShTIROKIDAGI KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI VA ULARNING SARMOYA BILAN BOGʻLIQ FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRIShNING QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirishni, ularning sarmoya bilan bogʻliq faoliyatini kuchaytirishni, yuqori malakali ishchilar va mutaxassislarni jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan tijorat banklariga oʻz mablagʻi va jalb etiladigan kredit resurslari hisobidan investitsiya loyihalariga erkin almashtiriladigan valyutada kredit berishga, shuningdek sarmoya uchun valyuta bilan beriladigan kreditlarga foiz stavkalarini mustaqil belgilashga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun ish haqiga sarflanadigan mablagʻlarni davlat yoʻli bilan boshqarishning amaldagi tartibi 1997-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki bir hafta muddatda amaldagi qonunlar va meʼyoriy hujjatlarga mazkur Farmon asosida tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflarni tayyorlasin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonovga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-dekabr,
PF-1659-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)