04.05.2011 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.05.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVCHI APPARATIDA, DAVLAT VA XOʻJALIK BOSHQARUVI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA YAGONA HIMOYALANGAN ELEKTRON POCHTANI VA ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI TIZIMINI JORIY ETISH HAMDA ULARDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni koʻrib chiqish, ijro etish va saqlash yuzasidan nazoratni kuchaytirish, axborotlarning qogʻoz va elektron manbalardagi oqimini maqbullashtirish, hujjatlarni kiritish, koʻrib chiqish, tahlil qilish va saqlash uchun yagona axborot makonini yaratish, axborot ayirboshlashning himoyalanganligini taʼminlash, qogʻozni tejash va undan oqilona foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida yagona himoyalangan elektron pochtaga va elektron hujjat aylanishi tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish va ulardan foydalanish tadbirlari rejasi, shuningdek uni amalga oshirish Sxemasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.Aripov) Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimi joriy etilishini, shuningdek 2012-yil 1-yanvardan boshlab ular oʻrtasida elektron axborot ayirboshlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirlar rejasining sifatli tayyorlanishi va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 181-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)