OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
YoLGʻIZ KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI TIZIMIDAGI RESPUBLIKA URUSh VA MEHNAT FAXRIYLARI PANSIONATI, “SAXOVAT” VA “MURUVVAT” UYLARIGA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 3-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1848-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 24-noyabrdagi 74-B-sonli “Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruq va unga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1848-2, 15.12.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 30-iyuldagi 27-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalariga (roʻyxat raqami 1848, 2008-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 353-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-aprel,
22-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-aprel 22-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“7. Maxsus komissiya taqdim etilgan hujjatlarni yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning istagini, shuningdek tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi boʻsh oʻrinlar mavjudligini inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi va ularni ushbu muassasalarga joylashtirish haqida qaror (bundan buyon matnda Maxsus komissiya qarori deb yuritiladi) qabul qilib, hujjatlarni rasmiylashtiradi.
8. Rasmiylashtirilgan hujjatlar, Maxsus komissiya qarori tegishli hududiy bosh boshqarmalarga Maxsus komissiya tomonidan yuboriladi.
9. Hududiy bosh boshqarma rasmiylashtirilgan hujjatlar va Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqarib, taalluqliligi boʻyicha tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuboradi.
Bunda tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirilayotgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar bir oy muddatda doimiy qayd etilgan yashash joyidan roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisida hujjat asosida tibbiy-ijtimoiy muassasaga joylashtiriladi”.
2. 10-banddagi “buyruqning” degan soʻz “Maxsus komissiya qarorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 13 va 16-bandlardagi “vazirlik buyrugʻi” degan soʻzlar “Maxsus komissiya qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 14-banddagi “vazirlik buyrugʻida” degan soʻzlar “Maxsus komissiya qarorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 15-banddagi “tavsiyasiga muvofiq qabul qilingan vazirlik buyrugʻi” degan soʻzlar “qarori” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “ijtimoiy taʼminot boʻlimi boshligʻi” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “nogiron tomonidan yozilgan ariza” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 27-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 186-modda)