OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
BANKROTLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLAR BOʻYIChA DAVLAT ORGANIGA XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING MOLIYAVIY-XOʻJALIK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI MATERIALLARNI TAQDIM ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2223]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 14-yanvardagi 02/16-10/41-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2223-4, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 63-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 130-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 29-dekabrda 13-son bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishlari va maʼmuriy jarimalar qoʻllash tartibi (roʻyxat raqami 894, 2000-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 3-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 5-mayda 18-son bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishlari va maʼmuriy jarimalar qoʻllash tartibiga 1-son oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 894-1, 2000-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 9-son).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-mart,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 16-martdagi 3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda) va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, 5-son, 63-modda) qonunlariga muvofiq bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) va uning hududiy organlariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni (keyingi oʻrinlarda materiallar deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
2. Qoʻmita va uning hududiy organlariga taqdim etiladigan materiallarga quyidagilar kiradi:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlari, zararlari, muddati oʻtgan kreditorlik va debitorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va sanatsiya qilinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisida Qoʻmita va uning hududiy organlarining alohida soʻroviga asosan taqdim etiladigan boshqa maʼlumotlar.
II. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish
3. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi materiallar quyidagi tartibda va muddatlarda taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy organlari budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uch oydan ortiq soliq qarziga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini mos ravishda Qoʻmita va uning hududiy organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay, mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 5-oktabrdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2223-1, 18.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 491-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari chorakda bir marta, davlat statistika ishlari Dasturida belgilangan hajmlarda va muddatlarda, mos ravishda Qoʻmitaga va uning hududiy organlariga “Korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida”gi davlat statistika hisoboti asosida zarar koʻrib ishlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida va uch oydan ortiq muddati oʻtgan kreditorlik qarziga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hududlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari kesimida elektron koʻrinishda taqdim etadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 5-oktabrdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2223-1, 18.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 491-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa statistik maʼlumotlar, davlat statistika ishlari Dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Qoʻmita va uning hududiy organlariga qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi.
4. Davlat soliq xizmati va statistika organlarining rahbarlari Qoʻmita yoki uning tegishli hududiy organiga mazkur Nizomda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsni tayinlaydi.
5. Ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan materiallarni quyidagi tartibda va muddatlarda Qoʻmita va uning hududiy organlariga taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻmita qaroriga koʻra sanatsiya qilingan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sanatsiya rejasini bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning yigirma beshinchi kunigacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son) bilan tasdiqlangan 1-sonli “Buxgalteriya balansi”, 2-sonli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” shakllari boʻyicha choraklik (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) va yillik moliyaviy hisobotlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 5-oktabrdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2223-1, 18.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 491-modda)
Qoʻmita va uning hududiy organlarining alohida soʻroviga asosan taqdim etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisida boshqa maʼlumotlarni soʻrov kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kun ichida.
III. Yakuniy qoidalar
6. Qoʻmita yoki uning tegishli hududiy organlariga materiallar taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda ushbu materiallarni taqdim etishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2011-yil 15-mart
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2011-yil 15-mart
Moliya vaziri R. AZIMOV
2011-yil 15-mart
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
| | | | | | | |
NN shakl — har oylik | ||||
|
Budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uch oydan ortiq soliq qarziga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida 20___ yil _____________ holatiga | |||||||||||
|
MAʼLUMOT | |||||||||||
| | | | | | | | | | |
ming soʻm | |
|
T/R |
Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi |
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz |
Izoh | ||||||||
|
jami |
shundan: | ||||||||||
|
uch oydan ortiq |
hisoblangan penya |
budjetga toʻlovlar boʻyicha |
davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha | ||||||||
|
jami |
shundan: |
jami |
shundan: | ||||||||
|
uch oydan ortiq |
hisoblangan penya |
uch oydan ortiq |
hisoblangan penya | ||||||||
| 1 | 2 | 3 (6+9) | 4 (7+10) | 5 (8+11) | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 185-modda; 2012-y., 41-42-son, 491-modda; 2013-y., 29-son, 379-modda; 2017-y., 31-son, 790-modda)