Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 30.11.1996 yildagi PF-1652-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 30.11.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY SARMOYALAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA BERILADIGAN QOʻShIMChA RAGʻBATLANTIRISh OMILLARI VA IMTIYOZLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaradigan, shuningdek respublika iqtisodiyotiga sarmoya qoʻyadigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari barpo etilishini hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning nizom jamgʻarmasi 300 ming AQSh dollariga teng summadan kam boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamgʻarmasining kamida 30 foizini tashkil etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi hamda korxona joylashgan hududdagi shahar va tuman hokimliklarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlgan hamda xoʻjalik faoliyatidan tushadigan jami mablagʻning 60 foizdan koʻprogʻi nizom faoliyatida ularning oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va (yoki) koʻrsatayotgan servis xizmati ulushiga toʻgʻri keladigan xorijiy, shuʼba va qoʻshma korxonalar xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Farmon qabul qilingunga qadar roʻyxatga olingan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hozir amalda boʻlgan soliq imtiyozlari belgilangan muddat tugaguncha saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun amaldagi kafolatlar va imtiyozlarga qoʻshimcha ravishda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga mablagʻ sarflayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun foydadan olinadigan soliqdan ozod qilish muddati 5 yildan 7 yilga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun mazkur Farmonning 1-bandida koʻzda tutilgan shartlarga rioya etilgani holda avval berilgan imtiyozli muddatni hisobga olib, soliqqa tortish imtiyozli rejimining umumiy davri 7 yilgacha oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Nizom jamgʻarmasidagi xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan va undan koʻproq boʻlgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun foydadan olinadigan soliqning amaldagi stavkalari kamaytirilib, ular nizom jamgʻarmasining kattaligiga qarab quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300 ming AQSh dollaridan 1 mln. dollarigacha teng boʻlgan summadan — 20 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 mln. AQSh dollariga teng va undan koʻproq boʻlgan summadan — 16 foiz miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Eksportga yoʻnaltirilgan va importning oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ishlab chiqarish hajmida 25 foizdan koʻprogʻini bolalarga moʻljallangan tovarlar tashkil etgan taqdirda ishlab chiqarish boshlangan paytdan 5 yil muddat mobaynida foydadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinsin. Shundan keyingi yillarda mazkur korxonalarning foydasidan soliq amaldagiga nisbatan 2 baravar kamaytirilgan stavka boʻyicha undirib olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar korxonaning nizom jamgʻarmasida xorijiy sarmoya ulushi 50 foiz va undan koʻproqni tashkil etgan taqdirda ishlab chiqarish boshlangan paytdan 2 yil muddat mobaynida foydadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilingan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonasini tugatish chogʻida belgilangan imtiyozli davrdan soʻng bir yil oʻtgunga qadar soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Nizom jamgʻarmasida xorijiy sarmoyalar ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga sarflanadigan foydasi soliqqa tortishdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Qoʻshimcha soliq imtiyozlari 1997-yilning 1-yanvariga qadar ishlab turgan va roʻyxatga olingan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalariga nisbatan ham joriy etilsin, bunda ular oʻzlarining taʼsis hujjatlarini ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirishlari va Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligida qayta roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kirmaydigan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amaldagi va qoʻshimcha ravishda joriy etilayotgan soliq imtiyozlari tatbiq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab bir yil mobaynida belgilangan tartibda oʻzining nizom jamgʻarmasini taʼsis hujjatlarida koʻzda tutilgan miqdorlarda tuza olmagan xorijiy sarmoyalar ishtirokida korxonalar tarkib topmagan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va meʼyoriy hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1652-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 2-modda; 1998-y., 4-son, 62-modda; 1999-y., 6-son, 155-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4-6-son, 37-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)