Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 26-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 14-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 138, 183, 184, 185, 194, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi”;
2) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish
Sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli boʻlgan taqdirda, sud huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”;
3) 28-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 1283-moddasining toʻrtinchi qismida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno”;
4) 33-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud maʼmuriy jazo chorasini qoʻllayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta koʻrsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qoʻllashi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi”;
5) 125-moddaning:
birinchi qismi sanksiyasidagi “oʻndan bir” degan soʻzlar “beshdan bir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi boʻlgan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yoʻlovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni oʻchirgan holda boshqarishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi—yettinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi sanksiyasidagi “yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
sakkizinchi qismidagi “125, 126, 127, 128, 129, 130, 131, 133, 134, 135” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351” raqamlari bilan almashtirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 1251-modda bilan toʻldirilsin:
“1251-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga, yuk tashish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 126-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“126-modda. Koʻzgusimon va tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) nostandart oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
Davlat standarti normalariga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon yoki tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 128-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yoʻlkalaridan yurgizishi, yoʻl belgilari va yoʻl harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yoʻlkalaridan yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 1283, 1285, 1286 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib oʻtish, yoʻnalishli transport vositalari toʻxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yoʻlovchilarga loyqa sachratishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
9) 1281-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravari miqdorida” degan soʻzlar “ikki baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 1282-modda:
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “ikki baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “ikki” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) quyidagi mazmundagi 1283 — 1286-moddalar bilan toʻldirilsin:
“1283-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
1285-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi
Transport vositalari haydovchilarining toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining oʻtib ketishiga xalaqit berishi, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, —
eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
1286-modda. Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
12) 129-moddaning:
nomidagi “harakat xavfsizligiga” degan soʻzlar “yoʻl harakati xavfsizligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 130-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 131-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan soʻz “oʻn besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 135-moddaning:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“135-modda. Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik haqidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi yonida boʻlmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasdan (hisobga qoʻymasdan) transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 136-moddaning:
nomi “haydovchilarining” degan soʻzdan keyin “va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
17) 137-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
18) 138-modda:
nomidagi “harakat qoidalarini” degan soʻzlar “yoʻl harakati qoidalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “aravakashlar” degan soʻz “ulovli aravani boshqarib boruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “oʻndan bir qismi” degan soʻzlar “uchdan bir qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “oʻndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda” degan soʻzlar “ikkidan bir qismi miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda” degan soʻzlar “bir baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
19) 139-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Nosozligi boʻlgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
20) 140-moddaning sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 147-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 245-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 471, 472, 48, 491, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlariga zarar yetkazishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining toʻrtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 157, 158, 159, 160, 161, 163, 1631-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 177, 179, 1792, 1793, 180, 181, 182, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno), 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 189, 190, 191, 193, 194, 195, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 198, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 2152, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-mo�dalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 2411-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun oʻzlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita koʻrib chiqadi”;
23) 247-moddaning matnidagi “Ushbu Kodeksning 61, 125, 126, 127, 128, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 136, 137, 138, 183, 184, 185, 220, 221-moddalarida” degan soʻzlar “Ushbu Kodeksning 61, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 183, 184, 185, 220, 221-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 248-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 224, 225-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
“5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (Bosh boshqarmasi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, yoʻl-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, uning oʻrinbosari, alohida muhim ishlar boʻyicha inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektor), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasi (boʻlimi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;
6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, mobil guruhi) komandiri yoki uning oʻrinbosari;
7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar”;
25) 256-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshligʻi, katta inspektori”;
26) 287-moddaning:
1-bandidagi “125, 126, 127, 128, 1281, 1282” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286” raqamlari bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “125, 126, 127, 128” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286” raqamlari bilan almashtirilsin;
27) 291-modda birinchi qismining “a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126, 131, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (militsiya xodimining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan”;
28) 304-moddaning ikkinchi qismidagi “125, 126, 127, 128” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286” raqamlari bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 3081-modda bilan toʻldirilsin:
“3081-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi masalani hal etish tartibi
Agar organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotganda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi toʻgʻrisida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qoʻllash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomada shaxsning maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq maʼmuriy jazo chorasi qoʻllash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.
Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomani koʻrib chiqib, ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnoma maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida ushbu Kodeksning 303, 304, 306 — 309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi”;
30) 309-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 3081-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi toʻxtam ham koʻrsatilishi kerak”;
uchinchi—yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
31) 310-modda:
ikkinchi qismidagi “ogʻzaki ogohlantirish eʼlon qilinganda, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ogohlantirish eʼlon qilinganda ham chiqariladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-aprel,
OʻRQ-289-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 168-modda)