31.10.1996 yildagi PF-1611-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSON HUQUQLARI BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning taʼsirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huquqlari boʻyicha madaniyatini oshirish maqsadida, BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli, tahlil, maslahat, idoralararo va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining asosiy vazifalari deb belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq meʼyorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy maʼruzalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berib turish faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat organlarining inson huquqlarini ragʻbatlantirish va muhofaza qilish sohasida tahsil berish, targʻibot, oʻquv-uslubiy adabiyotlarni nashr etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlarning axborot bazasini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat organlarining inson huquqlariga rioya etish va bu huquqlarni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ularga tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— inson huquqlarini ragʻbatlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huquqiy shaxs boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining oʻrinbosari bu lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyati moliyaviy jihatdan respublika budjetidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlab turish uchun xarajatlar moddasi boʻyicha ajratiladigan mablagʻdan, shuningdek, turli xayriya badallari hisobidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi boʻshab qolgan mablagʻni markazning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va xodimlar mehnatini ragʻbatlantirishga sarflash sharti bilan besh yilgacha soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarini toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasining materiallari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlari va yoʻriqnomalari yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Oʻzbekistonda demokratiyalash va inson huquqlari” maxsus jurnalini nashr etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining soʻroviga muvofiq, respublikada inson huquqlarini ragʻbatlantirish, amalga oshirish va muhofaza qilish masalalari boʻyicha zarur axborotni taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Matbuot davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Davlat teleradiokompaniyasi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga xalqaro aloqalarni amalga oshirishda, xorijdagi turdosh tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatishda, xalqaro tashkilotlar bilan inson huquqlari sohasida bitimlar tuzishda yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir haftalik muddatda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1611-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 10-son, 201-modda)