Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI VA SENATINING “TOShKENT VILOYATINING ZANGIOTA VA TOShKENT TUMANLARINI BIRLAShTIRISh HAMDA TOShKENT VILOYATINING ZANGIOTA, QIBRAY TUMANLARI VA TOShKENT ShAHRINING HAMZA TUMANI HUDUDLARINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI QARORLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA” 2010 YIL 24 SENTYABRDAGI 213-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Toshkent viloyati Zangiota tumani sud ijrochilari boʻlimining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 24-sentabrdagi 213-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“birlashtirilayotgan Zangiota va Toshkent tumanlarida faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda, shuningdek Zangiota va Toshkent tumanlari sud ijrochilari boʻlimlarining boʻshab qoladigan xodimlari soni Toshkent viloyatining boshqa tumanlari (shaharlari) sud ijrochilari boʻlimlariga berish huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-aprel,
114-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 165-modda)