Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
BUDJET BILAN HISOB-KITOBLAR UCHUN XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING MASʼULIYATINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Soliqlar va majburiy toʻlovlarning budjetga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash, soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishlari uchun masʼuliyatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga soliqlar va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda toʻlovni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
2. Tijorat banklari vakillik hisob-varaqlarining holatidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchida mablagʻ mavjud boʻlgan taqdirda budjetga toʻlovlar oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
qarzdor korxonaning soʻmlardagi mablagʻi yetarli boʻlmagan va valyuta hisob-varaqlarida mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda vakil qilingan banklarga soliq idoralarining taqdimnomasi boʻyicha mazkur valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida sotiladigan kundagi kurs boʻyicha, budjet oldidagi qarzni uzish uchun zarur hajmlarda qatʼi tartibda sotish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
eksport mahsuloti (markazlashtirilgan eksport bundan mustasno) respublika bojxona chegarasidan oʻtgan paytdan boshlab 60 kundan keyin sotilgan hisoblanadi va tegishli barcha soliq toʻlovlari toʻlanishi majbur;
soliq idoralarining soʻrovi boʻyicha banklar oʻz mijozlari boʻlmish korxonalarning soliq toʻlovlarini bekamu-koʻst va toʻgʻri toʻlayotganliklari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun shu korxonalarning operatsiyalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni berishlari shart;
xoʻjalik yurituvchi subyekt xizmat koʻrsatuvchi boshqa bankka oʻtganida u soliq idorasining soliqlar hamda boshqa toʻlovlar boʻyicha oʻzining davlat budjeti bilan oʻzaro munosabatlari qanday holatda ekani toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak. Bunda xoʻjalik yurituvchi subyekt budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargandan keyingina yangi hisob-kitob varagʻini ochishga yoʻl qoʻyiladi;
barcha chakana savdo korxonalari, shuningdek aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar tushgan naqd mablagʻlarni har kuni bank muassasalariga topshirishlari shart. Ushbu talabni buzish tushumni yashirish deb baholansin va aybdorlarga nisbatan amaldagi qonunlarga muvofiq jazo choralari qoʻllanilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi yuridik va jismoniy shaxslarga veksellar bilan operatsiyalar boʻyicha yoki bajarilishi toʻxtatilgan shartnoma boʻyicha oldindan toʻlash holida tushgan toʻlovlarni qaytarish maqsadida naqd pul mablagʻlarini toʻlashga yoʻl quyilmaydi. Mazkur pul mablagʻlari yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli hisob-kitob (joriy) varaqlariga oʻtkazilishi lozim. Belgilangan tartibni buzganlik uchun aybdor korxona va tijorat bankiga yuridik yoki jismoniy shaxsning bank hisob-varagʻiga oldindan oʻtkazilmay berilgan naqd pul mablagʻi miqdorida jarima solinadi.
4. 1996-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida mavoza asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlansin.
5. Tijorat banklari yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun haqni bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga toʻlasinlar, toʻlovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu tartibni buzish daromadni yashirish deb baholanadi va aybdorlarga nisbatan qonunlarda koʻzda tutilgan jazo choralari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Import kontraktlari yuzasidan mazkur kontraktlar boʻyicha sheriklar boʻlmagan norezidentlar foydasiga haq toʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-sonli Farmoniga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2000-y., 11-son, 171-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda veksellarni qoʻllanishi budjet bilan hisob-kitoblar tartibining buzilishiga olib kelinmasligini nazarda tutgan holda veksel muomalasini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab respublika Moliya vazirligi va moliya idoralarining tarkibiga respublikaning aksiz soligʻiga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi katta korxonalarida aksiz soliqlari boʻyicha inspektorlar lavozimini joriy etish, ularning zimmasiga aksiz soliqlarini xomchoʻt qilish va tushumini taʼminlash vazifalari yuklash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchi mazkur katta korxonalar, birinchi navbatda vino-araq mahsulotlari ishlab chiqaradigan shunday korxonalarda daromadlarni muttasil nazorat qilish hamda budjet oldidagi majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun ularning roʻyxatini har yili tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 29-martdagi PF-2276-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 80-modda)
9. Respublikaning sud va soliq idoralari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish tartibini buzishga yoʻl qoʻyayotgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksining 176-moddasida koʻzda tutilgan maʼmuriy taʼsir choralarini kengroq qoʻllasinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 9-avgust,
PF-1504-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 8-son, 103-modda; 1999-y., 3-son, 80-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 165-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 07.09.2019-y., 06/19/5813/3708-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)