OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 22-mayda 227-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inspeksiya oʻtkazuvchi tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tijorat banklari va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” (yangi tahrirda) (roʻyxat raqami 889, 2000-yil 4-fevral) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-mart,
8/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshiruv) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshiruv)lar oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazishni Markaziy bank tomonidan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan buyon matnda tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) — banklar va ularning filiallarini haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos boʻlgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali oʻrgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida bir vaqtda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishini koʻzda tutuvchi nazorat turi;
Keyingi tahrirga qarang.
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida ayrim bank operatsiyalarini inspeksiya qilish (tekshirish)ni koʻzda tutuvchi nazorat turi;
Keyingi tahrirga qarang.
masofadan nazorat qilish — muammolarni boshlangʻich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
nazorat tartibidagi inspeksiya qilish (tekshirish) — bank va (yoki) uning filiallarida tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oxirgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan banklar va ularning filiallari faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
banklar va ularning filiallarini moliyaviy holatiga baho berish, ularning faoliyatida mavjud boʻlgan xavf-xatarlarni, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi taʼminlanganligini aniqlash va baho berish;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar va ularning filiallari faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan meʼyorlarning toʻgʻri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga taʼsirini aniqlash nuqtai nazaridan hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligiga baho berishda “CAMEL(S)” tizimiga muvofiq holda tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar va ularning filiallarida buxgalteriya apparatining tuzilishi, buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini toʻgʻri yuritilishi va haqqoniyligi, kapital, aktivlar, majburiyatlar, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining va balansdan tashqari hisobvaraqlarning buxgalteriya andozalari tamoyillariga mos ravishda yuritilishi hamda bank moliyaviy holatiga foiz stavkasi, chet el valyuta kursi, kredit, likvidlilik, tavakkalchilik va boshqa omillarning taʼsirini alohida tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oxirgi inspeksiya (tekshirish) natijalari boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini taʼminlash hamda bank reytingini belgilash yuzasidan takliflar berish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
banklar va ularning filiallarida ichki nazoratni joriy etish hamda amalga oshirilishi ahvolini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
banklar va ularning filiallari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi ahvolini tekshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma banklar va ularning filiallari faoliyatini qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmaning banklar va ularning filiallarida oʻtkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti faqat Markaziy bank tomonidan oʻzining tarkibiy boʻlinmalariga banklar va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish maqsadida beriladi, inspeksiya (tekshirish) hisobotini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkazish hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Banklar va ularning filiallarida oʻtkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlangan taftishlarni hamda moliyaviy hisobotlarning tashqi audit tekshiruvini oʻtkazish majburiyatidan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Inspeksiya (tekshiruv)larning turlari, davriyligi va muddati
Oldingi tahrirga qarang.
8. Banklar va ularning filiallarini inspeksiya qilish (tekshirish) quyidagi turlarga boʻlinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish);
nazorat tartibida inspeksiya qilish (tekshirish);
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Banklarda kompleks inspeksiya (tekshirish) masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni banklar va ularning filiallari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish oʻtkazilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyidagi hollarda alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar oʻtkaziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli qarorlari asosida;
masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra banklar moliyaviy holatining barqaror emas deb topilishi va omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlariga xavf-xatar tugʻdirishi mumkin boʻlgan holatlar mavjudligida;
banklar va ularning filiallari tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi haqida Markaziy bankka kelgan maʼlumotlar, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslar murojaatlari asosida.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Inspeksiya (tekshirish) muddati 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda inspeksiya (tekshirish) muddati Markaziy bank farmoyishi asosida uzaytirilishi mumkin.
16. Inspeksiya (tekshirish) muddati bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi, uning filiallari tarmogʻining kengligini inobatga olgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
IV. Inspeksiya (tekshirish)ni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
20. Banklar va ularning filiallarida kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishi asosida har bir bank boʻyicha alohida tayinlanadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda banklar va ularning filiallarini kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishiga ilova qilinadigan tegishli inspeksiya (tekshirish) savolnomasiga muvofiq bank operatsiyalari tanlov asosida amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Nazorat tartibidagi va alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida tayinlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
22. Banklar va ularning filiallarini inspeksiya (tekshirish)dan oʻtkazuvchi tekshiruv guruhining tarkibi va uning rahbari, bajariladigan ishlar hajmi va xususiyati, filiallar tarmogʻining kengligi inobatga olingan holda Markaziy bank farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Zarur hollarda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazuvchi tekshiruv guruhi tarkibiga banklar va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
24. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruhga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, tekshiruv guruhi aʼzolarining bilimi va tajribasini hisobga olgan holda, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi.
25. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruh aʼzolari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va inspeksiya (tekshirish) hisobotini tuzadi.
26. Tekshiruv guruhining inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank hamda uning filiallari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarni oʻz vaqtida yoki umuman bajarmaslik inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishiga qarshilik koʻrsatilgan deb hisoblanadi va bunday holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari hamda inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari tomonidan imzolanadi.
Bunda bank yoki uning filiali rahbari, bosh buxgalteri yoki boshqa xodimlari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari va tekshiruv guruhning kamida bir aʼzosi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filialiga maʼlumot uchun, ikkinchisi esa inspeksiya (tekshirish)ni tayinlagan Markaziy bankka yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi boshligʻiga tegishli choralar koʻrish uchun topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Banklar va ularning filiallarini inspeksiya (tekshirish)dan oʻtkazuvchi tekshiruv guruhining huquq va majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
29. Tekshiruv guruhi quyidagi huquqlarga ega:
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilayotgan bank va uning filiallari faoliyati bilan bogʻliq binolarga va xizmat xonalariga erkin kirib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomatlashtirilgan bank va axborot tizimlaridan zarur maʼlumotlarni tanlash rejimida foydalanish hamda ushbu maʼlumotlarning elektron nusxalarini olish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni talab qilish;
banklar va ularning filiallari rahbari va xodimlaridan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa olish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
bank va uning filiallarining rahbarlari va xodimlari bilan suhbatlar oʻtkazishga, ulardan inspeksiya (tekshirish) davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganlik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va uning filiallari rahbarlari yoki xodimlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruv guruhi rahbari va aʼzolari tomonidan imzo qoʻyilib, bu haqda Markaziy bank rahbariyatiga bildirishnoma kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Tekshiruv guruhi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tekshiruv guruhi quyidagilarga majburdir:
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etish;
inspeksiya (tekshirish) davomida tekshirilayotgan bank va uning filiallari joriy faoliyatini amalga oshirishiga xalaqit bermaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini tekshirilayotgan bank yoki uning filiali ixtiyorida qoldirish;
Keyingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish)ni oʻz vaqtida hamda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
inspeksiya (tekshirish) davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) davomida bank va uning filiallaridan foydalanish uchun olingan hujjatlar va mulklarni but saqlanishini hamda inspeksiya (tekshirish) yakunlangandan soʻng qaytarilishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Tekshiruv guruhi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filiallarining huquq va majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
31. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filiallari quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
tekshiruv guruhidan Markaziy bankning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini koʻrsatishni talab qilish va tanishish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning inspeksiya (tekshirish) oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
oʻz faoliyatlari inspeksiya qilinishi (tekshirilishi) toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini olish;
qonunda belgilangan tartibda inspeksiya (tekshirish) natijalari ustidan shikoyat qilish.
Banklar va ularning filiallari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filiallari quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
tekshiruv guruhiga inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
tekshiruv guruhiga amaliy yordam koʻrsatish uchun biriktiriladigan xodimlarni tayinlash;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni berish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa berish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Banklar va ularning filiallari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmalariga olishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Inspeksiya (tekshirish) natijalarini rasmiylashtirish
33. Bank va uning filiallarida oʻtkazilgan inspeksiya (tekshiruv) natijasi inspeksiya (tekshirish) hisobotida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va aʼzolari, inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bank yoki uning filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri inspeksiya (tekshirish) hisobotini imzolashni rad etgan taqdirda, ularning bu haqdagi asoslantirilgan fikr va eʼtirozlari bayon etilgan tushuntirish xati taqdim etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tomonidan imzolashning rad etilishi inspeksiya (tekshirish) hisobotini Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etilmasligiga asos boʻlmaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi imzolanmagan inspeksiya (tekshirish) hisobotini koʻrib chiqish jarayonida bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tushuntirish xatida keltirilgan asoslangan fikr va eʼtirozlarni inobatga olishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
38. Markaziy bankning farmoyishi asosida oʻtkazilgan banklar va ularning filiallaridagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
banklar yoki ularning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organiga — inspeksiya (tekshirish) natijasi boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini oʻrganish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini koʻrish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga maʼlumot uchun.
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
39. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasining farmoyishi asosida oʻtkazilgan banklar va ularning filiallaridagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
banklarning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga — bank filiallarida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalarini koʻrib chiquvchi ishchi organ yigʻilishida xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini muhokama qilish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini koʻrish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga maʼlumot uchun.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
40. Inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish davomida bank va (yoki) uning filialida zudlik bilan tegishli choralar qoʻllanilishini taqozo qiladigan holatlar aniqlanganda, tekshiruv guruhi tomonidan inspeksiya (tekshirish) muddati tugashini kutmagan holda oraliq dalolatnoma tuziladi va Markaziy bankka taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Yakuniy qoida
41. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.