Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDINING FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasini yanada takomillashtirish va Oliy sud sudyalarining shtatlar sonini maqbullashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining qisqartiriladigan 12 ta shtat birligi 3-ilovaga muvofiq fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlariga yoʻnaltirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 2, 3 va 5-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 6-fevral,
PF-3023-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
TUZILIShI
Umumiy soni — 140 shtat birligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlarining umumiy soni
|
Lavozimlar nomi |
Lavozimlar soni |
| 1) Rais | 1 |
| 2) Raisning birinchi oʻrinbosari | 1 |
| 3) Rais oʻrinbosari | 1 |
| 4) Sudlov hayʼati raisi | 3 |
| 5) Sudyalar | 28 |
| 6) Boʻlim boshliqlari, katta konsultantlar, konsultantlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar | 106 |
| | Jami 140 ta |
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 17 kishidan iborat harbiy hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 26-modda; 2010-y., 37-son, 318-modda)