Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2018 19.03.2008 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2018
Hujjat 12.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VETERINARIYA NAZORATI OSTIDAGI OBYEKTLARINI PROFILAKTIK VA MAJBURIY DEZINFEKSIYALAShDA DEZEFFEKT PREPARATINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018-yil 17-yanvardagi 14-sonli “Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini profilaktik va majburiy dezinfeksiyalashda dezeffekt preparatini qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini profilaktik va majburiy dezinfeksiyalashda dezeffekt preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 17-avgustda tasdiqlangan “Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini profilaktik va majburiy dezinfeksiyalashda dezeffekt preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M.YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 31-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini profilaktik va majburiy dezinfeksiyalashda dezeffekt preparatini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻLLANMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dezeffekt (Dezaeffectium) — keng taʼsir koʻlamidagi dezinfeksiyalovchi vosita. Sinonimlari: Superjavel, DP-2, DP-2T.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Preparat tashqi koʻrinishiga koʻra oq rangli, xlor hidli, taʼsir etuvchi moddasi sifatida trixlorizotsianur kislotasi bor. Shuningdek preparat tarkibiga tripolifosfat natriy, kalsiylantirilgan soda, sulfanol, gidroperit va limon kislotasi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chiqarilish shakli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dezeffekt kukuni 100,0 g tarkibida kamida 30% xlor mavjud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dezeffekt tabletkalari 2,0 g massali, tarkibida kamida 0,6 g faol xlor bor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dezeffekt tabletkalari 10,0 massali, tarkibida kamida 3,0 g faol xlorga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kukun 100, 200, 500, va 1000 g dan tabletkalar 100, 500 va 1000 donadan banka yoki polietilen paketlarga joylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Preparat quruq, yopiq, quyosh nurlaridan himoyalangan va yaxshi shamollatiladigan joylarda, begona odamlar va hayvonlardan alohida, 40°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlanadi. Preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 3 yil, ishchi eritmalari — 8 soat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Preparatni tashish tayyorlovchi korxona taralarida transportning barcha turlarida, preparat va taraning butunligini taʼminlovchi yuk tashishning amaldagi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatni yonuvchan moddalar, ozuqalar, va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tashish va saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Farmakologik xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, shu jumladan sporalar hosil qiluvchi shakllariga, viruslar va zamburugʻlarga nisbatan keng koʻlamdagi taʼsirga ega. Preparat iliq qonli hayvonlar uchun yuqori zaharlilik darajasiga koʻra oshqozonga yuborilganda (LD50 sichqonlar uchun 1350 mg/kg) 3-sinfdagi oʻrtacha xavfli moddalarga kiradi. Ingalatsion ravishda aerozollar shaklida qoʻllanilganda — oʻta zaharli moddalarning 2-sinfiga kiradi. Terini yalligʻlantiruvchi taʼsirga ega emas. Organik ifloslanishlar preparatning dezinfeksiyalash faolligini pasaytiradi, shu sababli dezinfeksiyalashdan avval, ishlov beriluvchi obyektlar tozalanib, yuvilishi va chirklardan tozalanishi darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Profilaktika maqsadida va majburiy (navbatdagi va yakuniy) dezinfeksiyalashda: chorvachilik (parrandachilik, hayvonot) binolari, chorvachilikning yordamchi obyektlari, ulardagi texnik uskunalar va hayvonlar uchun ishlatiladigan asbob-anjomlar, shu jumladan inkubatorlar, inkubatsion tuxumlarni zararsizlantirishda, soʻyiladigan hayvonlar saqlanadigan joylar, sanitariya kushxonalari, kushxonalar, ozuqaxonalar, ozuqa saqlanadigan idishlar, savdo, laboratoriya binolari va ulardagi asbob-uskunalar, hayvonlar, xomashyo va hayvon mahsulotlari tashiladigan avtomobil transportlari, temir yoʻl vagonlari va boshqa transport vositalari, ochiq obyektlar (rampalar, estakadalar, platformalar) va hayvonlar toʻplangan joylar (bozor, koʻrgazmalar, sport maydonlari); zoopark, sirk, hayvonxona, vivariylar, veterinariya shifoxona va kasalxonalari; asalarichilik obyektlarini zararsizlantirishda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Preparatning ishchi eritmasi uning massasi tarkibidagi faol xlor (DV) foizini hisobga olgan holda tayyorlanadi. Kerakli konsentratsiyadagi eritmani tayyorlashda zarur boʻlgan preparat miqdorini (X) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda: A — ishlash uchun zarur eritma konsentratsiyasi (% faol xlor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — eritmaning zarur boʻlgan miqdori, l;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — faol xlorning preparatdagi tarkibi, % da.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatning eruvchanligini oshirish maqsadida eritmani iliq suvda (40—45°S) tayyorlanadi. Ishchi eritmani tayyorlash uchun dezqurilmaga (idishga) kerakli eritmaning umumiy hajmidan 2/3 qismigacha iliq suv quyiladi va preparat boʻlib-boʻlib solinadi, kukun yoki tabletka butunlay erib ketguncha aralashtirib turiladi. Soʻngra kerakli hajmgacha suv quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dezinfeksiyalash hoʻllash usulida, hayvonlar, soʻyish mahsulotlari, xomashyo va tayyor mahsulotlar olib chiqib ketilgan bino va texnik jihozlar sirtini maxsus purkagichlar yoki DUK 1, DUK 1M, AVD-1, UDP M, LDS ZM, LSD EP va boshqalar yordamida tomchilab sepish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chorvachilik (parrandachilik, hayvonlar boqiladigan) binolarni hayvonlarning bakterial va virusli etiologiyadagi qoʻzgʻatuvchilari dezinfeksiyalovchi vositalarga nisbatan chidamsiz (1-guruh), zararsizlantirish sifatini ichak tayoqchalari bakteriyalari ajralishi orqali aniqlanuvchi infeksion kasalliklarida, profilaktik va majburiy dezinfeksiyalash (navbatdagi va yakuniy) quyidagicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
silliq yuzaga ega boʻlgan binolarda (metall, kafel, metal plitasi, boʻyalgan yogʻoch, silliq plastik va boshq.) 1% DV (faol xlor boʻyicha) eritma bilan 0,25-0,3 l/m² sarf hisobida va 1 soat ekspozitsiyada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻadir-budir sirtli binolar (gʻisht, sement, beton, boʻyalmagan yogʻoch, goʻng chiqarish quvurlari, yoriqli pollar, rezina, gʻovak plastik) 1,5% eritma bilan 0,5 l/m² sarf hisobida va 3 soat ekspozitsiyada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hayvonlarning bakterial va virusli etiologiyadagi qoʻzgʻatuvchilari dezinfeksiyalovchi vositalarga nisbatan chidamli (2-guruh), zararsizlantirish sifatini stafilokokklar ajralishi orqali aniqlanuvchi infeksion kasalliklarida dezinfeksiyalash yuqorida keltirilgan zararsizlantiriluvchi obyektlarning sirtlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Muvofiq ravishda 1,5% va 2% faol xlorli eritmalardan, 0,25-0,5 l/m² sarf hisobida hamda 1 va 3 soat ekspozitsiyada foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkubatoriylar, inkubatsion va chiqaruvchi shkaflar, parrandalarni emlash binolarini profilaktik dezinfeksiyalash quyidagicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
silliq yuzaga ega boʻlgan binolarda 0,5% preparat eritmasi bilan 0,25-0,3 l/m² sarf hisobida va 30 minut ekspozitsiyada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻadir-budir sirtli binolar 1% eritma bilan 0,5 l/m² sarf hisobida va 3 soat ekspozitsiyada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Majburiy dezinfeksiyalash yuqorida keltirilgan koʻrsatmalarga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hayvonlar (parrandalar) tuberkulyoz va paratuberkulyoz kasalliklarida (yuqori chidamli qoʻzgʻatuvchilarning 3 guruhi) navbatdagi dezinfeksiya 3% eritma bilan, yakunlovchisini esa 4% eritma bilan, har ikkalasida ham 0,5 l/m² sarf hisobida va 3 va 6 soat ekspozitsiyada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oqsil va boshqa sporali infeksiyalardagi (oʻta chidamli qoʻzgʻatuvchilarning 4 guruhi), shuningdek aniqlanmagan etiologiyadagi ekzotik infeksion kasalliklarda majburiy dezinfeksiyalash quyidagicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi dezinfeksiyalashda 5% eritma bilan bir marta 1 l/m² sarf hisobida va 24 soat ekspozitsiyada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy dezinfeksiyalashda 4% eritma bilan uch mart yoki 5% bilan ikki marta, 1 soat oraliqda 0,5 l/m² sarf hisobida va oxirgi marta qoʻllanilgandan keyin kamida 12 soat ekspozitsiyada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sovuq haroratdagi isitilmaydigan veterinariya obyektlarini (ombor, tambur, temir yoʻl vagonlari, avtotransport, hayvonlar soʻyiladigan joylar, hayvonxonalardagi qafas va inlar, estakadalar, platformalar, hayvonlar ortiladigan va tushiriladigan maydonlar, hayvon xomashyo va mahsulotlari) majburiy dezinfeksiyalash yuqorida berilgan koʻrsatmalar boʻyicha, ammo antifriz sifatida tayyorlangan ishchi eritmasiga 10% osh tuzi havo harorati minus 10°S gacha boʻlganda va minus 10°S dan minus 20°S gacha haroratda 20% osh tuzi qoʻshilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Asosan silliq yuzaga ega boʻlgan sut va goʻsht ishlab chiqarish korxonalari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sexlari, sut-tovar fermalaridagi sut bloklari, kompleks binolar va ulardagi jihozlarni profilaktik dezinfeksiyalashda 0,3% eritma DV boʻyicha 0,25-0,3 l/m² sarf hisobida va 30 minut ekspozitsiyada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuqorida sanab oʻtilgan obyektlarni majburiy (navbatdagi va yakuniy) dezinfeksiyalash quyidagicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻzgʻatuvchilari 1 guruhga mansub (zararsizlantirish sifati ichak tayoqchalari ajralishi orqali aniqlanadi) infeksiyalarda 1% eritma bilan 0,3 l/m² sarf hisobida va 1 soat ekspozitsiyada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻzgʻatuvchilari 2 guruhga mansub (zararsizlantirish sifati stafilokokklar ajralishi orqali aniqlanadi) infeksiyalarda 1,5% eritma bilan 0,5 l/m² sarf hisobida va 1 soat ekspozitsiyada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuberkulyoz va sporali infeksiyalarda yuqoridagidek oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hayvonlar molxonalari, vivariylar, hayvonot bogʻlari, sirk, veterinariya shifoxona va kasalxonalarida profilaktik dezinfeksiyalash bino sirtiga qarab, preparatning faol xlor boʻyicha 1% eritmasi bilan 0,3-0,5 l/m² sarf hisobidan, 1 va 3 soat eksozitsiyada, majburiy dezinfeksiyalash esa yuqoridagi koʻrsatmalarga asosan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Chorvachilik binolarida hayvonlardan boʻsh alohida joylarni, asboblarning alohida birliklarini va korxonalardagi sirtqi yuza joylarni lokal dezinfeksiyalashga, binolar ventilatsiya bilan jihozlangan hamda odam va hayvonlarning ishlov berilayotgan obyektlardan nariroq joylashtirilgan holatlarida yoʻl qoʻyiladi. Belgilangan ekspozitsiya muddati tugagach, ishlov berilgan xoʻrak, suvxoʻrak va boshqa hayvonlar, xomashyo, tayyor mahsulot bevosita tegadigan joylar, dezinfeksiyalovchi vosita toʻplanib qolishi mumkin boʻlgan joylar, shuningdek zanglashi mumkin boʻlgan jihozlarning yuzalari yuviladi. Qolgan yuzalardan preparatning qoldiqlarini yuvib tashlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hayvonlar binoga shamollatilgandan soʻng (deraza, eshik, lyuklar ochiladi, ventilatsiya yoqiladi) va preparat hidi butunlay tarqalganidan keyin kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Asalari uyalari, asalarichilik inventarlari, asalari qishlovlari, uya saqlanadigan joylar, asalari inlari, koʻchma inlar, ombor binolari, katakchalar, xoʻraklar, ona asalari katakchalarini profilaktik dezinfeksiyalash yiliga bir marta bahorda, asalarilarni qishlovdan chiqarilgandan soʻng oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dezinfeksiyalash boʻyicha barcha ishlar kunning asalarilar uchmaydigan pallasida (kechqurun yoki erta tongda), yoki asalarilar kira olmaydigan joylarda oʻtkaziladi. Inlarning ichki va tashqi qismlari stameska yordamida sham, propolis va asalari axlatlaridan tozalanadi va preparatning faol xlor boʻyicha 1% eritmasi bilan 0,3 l/m² hisobida ishlov beriladi, soʻngra ishlov berilgan inlar ichiga mayda asalarichilik inventarlari (kataklar, xoʻraklar, ona asalari kataklari) joylanib ularga 1% eritma bir tekisda hoʻllanguncha sepiladi. Inlarning qopqoqlari yopiladi va 3 soatga qoldiriladi. Belgilangan ekspozitsiya muddati oʻtgach, in va inventarlar yuvilib, quritiladi va 24 — 48 soat davomida shamollatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalatlar, kombinezonlar, sochiq, yuz toʻrlari va yopinchiqlar 1% eritmaga 3 soatga solib qoʻyish orqali dezinfeksiyalanadi, soʻngra suvda chayiladi va quritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Dezeffekt preparatini neytrallovchi vosita sifatida tiosulfat natriydan (giposulfit) foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Shaxsiy profilaktika choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishchi eritmalarni tayyorlashda va qoʻllashda ehtiyotkorlik va shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida xlor boʻlgan preparatlarga taʼsirchan shaxslar ishga qoʻyilmaydi. Preparat bilan barcha ishlar shaxsiy himoya vositalari yordamida: paxtadan kostyum yoki xalat, rezina matodan fartuk, rezina qoʻlqoplar va etiklar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafas organlarini va koʻzni himoyalash uchun umumiy harbiy zaharli gazlardan himoyalash niqobi (GP-4U, GP-5) yoki (RU-60M, RPG 67) universal respiratori, V markali zaharli gazlardan himoyalash niqobi, patronli respirator va germetik koʻzoynaklardan (PO 2, POZ) foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparat bilan ishlashda ovqatlanish, suv ichish va chekish man etiladi. Ish tugagandan soʻng yuz-qoʻllarni sovunlab yuviladi, ogʻiz chayqaladi. Preparat teriga tushganda, uni darhol sovunlab yuviladi, zararlangan joyga 2% giposulfit natriy yoki ichimlik sodasi bilan ishlov beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ehtiyotkorlik choralari koʻrilmaganda yuqori nafas yoʻllari shilliq pardalarining oʻtkir yalligʻlanishi (tomoq, burun qichishi, yoʻtal, tumov) va koʻzlar zararlanishi (yoshlanish, ogʻriq, qichish) mumkin. Preparat teriga koʻp bor tushganda oʻsha joyda qurish, qizarish, achishish, shish paydo boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zaharlanishning dastlabki belgilari paydo boʻlganda jabrlanuvchini ochiq havoga yoki yaxshi shamollatiladigan xonaga olib chiqiladi, ogʻiz, tomoq va burun suv bilan chayiladi, iliq sutni ichimlik sodasiga qoʻshib (1 choy qoshiqda 1 stakan sutga) ichiriladi. Zarur boʻlganda vrachga murojaat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparat koʻzga tushganda uni darhol oqar suvda yaxshilab yuviladi yoki ichimlik sodasining 2% eritmasi bilan bir necha minut davomida yuviladi. Koʻz yalligʻlanganda albutsid eritmasi, ogʻriqda — novokainning 2% eritmasi tomiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eritma oshqozonga tushganda jabrlanuvchiga bir necha stakan giposulfat natriy beriladi va qayt qildiriladi, soʻngra 5—15 tomchi nashatir spirti suv bilan ichiriladi, sut va ichimlik sodasi, kuydirilgan magneziy (1 litr suvga 1-2 osh qoshiq) ichiriladi yoki 10—20 ta faollashtirilgan koʻmir tabletkalarini chaynatib ketidan suv ichiriladi. Zaharlanish belgilari paydo boʻlganda vrach yordamiga murojaat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1-a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.