06.04.2011 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 53-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 09/19/53/2523-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi PF-4117-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek kreditlarga xizmat koʻrsatishni hisobga olgan holda biometrik pasportlarni ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 60 foizi miqdoridagi mablagʻlar Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 53-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 09/19/53/2523-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablagʻlar qatʼiy ravishda maqsadli tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik pasportlar, xorijga chiqish biometrik pasportlar va biometrik harakatlanish hujjatlari bukletlarini sotib olish;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-yanvardagi 53-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 09/19/53/2523-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik hujjatlarni personallashtirish jarayonida qoʻllaniladigan va biometrik hujjatlarning ajralmas qismi boʻlgan import sarflash materiallarini sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import uskuna va dasturiy taʼminlash hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalarini taʼmirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish;
(1-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 93-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy pudratchilar yoki Oʻzbekiston Respublikasining pudrat tashkilotlari tomonidan uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va biometrik pasport tizimining dasturiy taʼminoti qiymatiga haq toʻlash uchun foydalaniladi;
(1-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 93-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi kalendar yil oxirida respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-fevraldagi 37-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 140-modda; 2014-y., 9-son, 89-modda; 2017-y., 7-son, 93-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 09/19/53/2523-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 08.11.2024-y., 09/24/739/0900-son)