29.03.2011 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.03.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son Qonuniga hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 83-moddasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) 4-bandi va unga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi martaba darajalaridan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali adliya maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali adliya maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali adliya maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali yurist;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali yurist;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali yurist.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy yuridik maʼlumot yoki boshqa oliy maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega boʻlgan sud ijrochilariga 1-darajali yuristgacha va 1-darajali yurist martaba unvoni berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga tegishli lavozimlarga muvofiq quyidagi martaba darajalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga ‎
1-darajali davlat adliya maslahatchisi ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga‎
2-darajali davlat adliya maslahatchisi ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosarlariga‎
3-darajali davlat adliya maslahatchisi ‎ —‎ Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga;
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga;
‎Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb ataladi) direktorining oʻrinbosarlariga;
‎Toshkent davlat yuridik instituti rektoriga.
1-darajali adliya maslahatchisi ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining boshqarmalari va mustaqil boʻlimlari boshliqlariga;
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga;
‎Sud departamentining boshqarmalari va mustaqil boʻlimlari, Ichki xavfsizlik inspeksiyasi boshliqlariga;
‎Sud departamenti hududiy boshqarmalari boshliqlariga;
‎X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi boshligʻiga;
‎Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga;
‎Toshkent davlat yuridik instituti prorektorlariga.
2-darajali adliya maslahatchisi‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Sud departamenti boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarmalar boʻlimlari boshliqlariga;
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga;
‎Sud departamenti hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga;
‎Toshkent yuridik kolleji direktoriga;
‎Toshkent davlat yuridik instituti huzuridagi akademik litsey direktoriga;
‎X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi boshligʻining oʻrinbosariga;
‎Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻrinbosarlariga.
3-darajali adliya maslahatchisi‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh konsultantlariga;
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlim boshliqlariga;
‎Sud departamentining bosh inspektorlariga;
‎‎katta sud ijrochilariga;
‎davlat notarial idoralarining katta notariuslariga;
‎FHDY organlari mudirlariga;
‎Toshkent yuridik kolleji direktorining oʻrinbosariga; Toshkent davlat yuridik instituti huzuridagi akademik litsey direktorining oʻrinbosariga.‎
1-darajali yurist‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi konsultantlariga;
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh konsultantlariga;
‎Sud departamentining yetakchi inspektorlariga;
‎Sud departamenti hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlariga;
‎sud ijrochilariga (martaba darajasida boʻlish muddatiga qarab);
‎davlat notarial idoralarining katta notariuslari oʻrinbosarlariga;
‎notarial arxivlar mudirlariga;
‎FHDY organlari mudirlarining oʻrinbosarlariga;
‎FHDY organlari arxivlari mudirlariga.
2-darajali yurist‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta konsultantlariga;
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi konsultantlariga;
‎Sud departamentining katta inspektorlariga;
‎Sud departamenti hududiy boshqarmalarining yetakchi inspektorlariga;
‎sud ijrochilariga (martaba darajasida boʻlish muddatiga qarab);
‎davlat notarial idoralarining notariuslariga;
‎FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga.
3-darajali yurist‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta konsultantlari va konsultantlariga;
‎Sud departamenti hududiy boshqarmalarining katta inspektorlariga;
‎sud ijrochilariga;
‎notariuslar yordamchilariga;
‎FHDY organlarining 2-toifali inspektorlariga.‎
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 3, 2 va 1-darajali davlat adliya maslahatchilarining martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilmagan lavozimlarini 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha boʻlgan martaba unvonlarini berish maqsadida mavjud lavozimlarga tenglashtirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir martaba darajasida boʻlish muddati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 2, 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasida boʻlish muddati belgilanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari idoralari hamda davlat notariati xodimlariga 1-darajali davlat adliya maslahatchisigacha va 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasini egallab turgan lavozimiga qaramasdan izchillikka va martabada boʻlish muddatiga rioya qilmagan holda martaba darajasi berishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) izchillikka rioya qilmagan holda, lekin xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda ega boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tegishli malaka boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan keyin kamida 6 oy oʻtgach beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining bir martaba darajasi belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega boʻlgan xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Martaba darajalari berilgan xodimlar ularda umrlarining oxirigacha boʻladilar hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida ishlash bilan muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilgan taqdirda ulardan mahrum qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojoʻya ish qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun xodimlarning martabasi pasaytirilishi mumkin, lekin ular ega boʻlgan martaba darajasidan ikki daraja past boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish martaba darajasi berish huquqiga ega boʻlgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarining lavozim maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek ularning faoliyatini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Martaba darajasiga ega boʻlgan Sud departamenti xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda belgilangan farqlash belgilari boʻlgan formali kiyim-bosh kiyib yuradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Martaba darajasiga ega boʻlgan Sud departamenti xodimlarining formali kiyim-boshi va farqlash belgilari namunalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 134-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2013-y., 34-son, 453-modda; 2015-y., 6-son, 67-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda, 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son, 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; 31.10.2020-y., 09/20/678/1442-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)