Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022 12.04.2001 yildagi PF-2829-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022
Hujjat 12.04.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KON-METALLURGIYA SANOATI UChUN YUQORI MALAKALI MUTAXASSISLAR TAYYORLAShNI TAShKIL QILIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qizilqumnodirmetalloltin” konserni hamda respublika kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, taʼlim dasturlarida vatanimiz hamda xorijiy konchilik va metallurgiya korxonalari tomonidan toʻplangan ilgʻor tajribadan keng koʻlamda foydalangan holda zamonaviy oʻqitish uslublarini joriy etish, taʼlim jarayonining ishlab chiqarish bilan aloqasini kuchaytirish asosida kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy davlat konchilik instituti oʻzining yuridik shaxs maqomi hamda budjetdan moliyalash manbalarini saqlab qolgan holda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tarkibiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy davlat konchilik instituti “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalari hamda respublika kon-metallurgiya tarmogʻi uchun yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek konchilik va metallurgiya ixtisosidagi kasb kollejlari uchun muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining pensiya yoshidagi yuqori malakali mutaxassislarini Navoiy davlat konchilik institutida oʻqituvchilik faoliyatiga jalb etishni ragʻbatlantirish uchun ularga toʻlanadigan pensiya miqdori toʻla hajmda saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Qizilqumnodirmetalloltin” konserniga oʻqishni tugatgach asosiy ishlab chiqarishlarda mutaxassisligi boʻyicha ishga keluvchi yosh mutaxassislarga korxonalar ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan quyidagilarni berishga ruxsat etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beriladigan summani keyinchalik soliqqa tortiladigan daromadga qoʻshmagan holda eng oz ish haqining 20 baravar miqdorigacha yoʻl puli;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olish uchun 10 yil muddatga eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida foizsiz ssuda. Yosh mutaxassis korxonada 5 yil ishlagandan keyin qolgan summa (koʻpi bilan 50 foizi korxona tomonidan toʻlanib, ssudaning shu qismi keyinchalik soliqqa tortiladigan daromadga qoʻshilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻquv yurtlarini tamomlagandan keyin konsern korxonalariga ixtisosi boʻyicha ishga keluvchi yosh mutaxassislarga yoʻl puli v uy-joy sotib olish uchun foizsiz ssudalar berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining asosli buyurtmanomalari boʻyicha yuqori malakali ishchilarni, mutaxassislarni hamda taʼlim muassasalarini bitiruvchilarni “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalaridagi asosiy ishlab chiqarishda ishlab turgan davrda muddatli harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirsin, zarur hollarda esa muqobil xizmatni oʻtashga ruxsat bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil qilish masalalari hamda “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 12-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2829-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 67-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)