Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NOMODDIY MADANIY MEROS MUHOFAZASIGA OID NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-son Qonunini amalga tatbiq etish hamda Vazirlar Mahkamasining “2010 — 2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Keyingi tahrirga qarang.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-fevral,
47-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati nomoddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan hisobga olish hujjatidan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritishga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
nomoddiy madaniy meros obyektini identifikatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarmoqlari, yoʻnalishlari, janrlari va uslublarini tasniflash;
Keyingi tahrirga qarang.
nomoddiy madaniy meros obyektlarini doimiy ravishda tiklovchi shaxslarni, guruhlarni koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
maʼlumotlarni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining sifat holatini aniqlash va uning natijalari boʻyicha hisobotlar tuzish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Roʻyxatga olish obyektlari
5. Quyidagi nomoddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatga olish obyektlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzlikni namoyon qilishning ogʻzaki shakl va anʼanalari (shu jumladan, til — nomoddiy madaniy merosni ifodalash faktori sifatida);
ijrochilik sanʼati;
jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari;
tabiat va koinot bilan bogʻliq bilim va urf-odatlar;
anʼanaviy hunarmandchilik bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalar;
nomoddiy madaniy merosni namoyon etish bilan bogʻliq jihozlar, predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlar.
III. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodika markazi (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) tomonidan yuritiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati nomoddiy madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Obyektlar tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasiga asosan roʻyxatga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati doimiy ravishda toʻldirilib, yangilanib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati tarkibiga:
insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etilayotgan obyektlar roʻyxati;
zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxati;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy roʻyxati kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy roʻyxati Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatini, Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxati oʻz navbatida, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etilayotgan obyektlar roʻyxatining toʻldirilib, yangilanib borishi uchun xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
obyektning roʻyxatdagi tartib raqami;
obyektning nomi;
obyektni roʻyxatga kiritish boʻyicha taklif kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar;
obyekt mavjud hudud (yoki hududlar)ning nomlanishi;
obyekt namoyon etayotgan soha;
obyektni oʻzida saqlovchilarning nomi va manzili;
obyektning maqsadli vazifasi;
obyekt yuzasidan tarixiy maʼlumotlar;
obyektning hozirgi kundagi ahvoli;
obyekt xususiyatidan kelib chiqib boshqa maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini hujjatlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
13. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritiladigan nomoddiy madaniy meros obyektini oʻrganish va hujjatlashtirish ishlari, aksariyat hollarda, obyekt joylashgan joyda tashkil etiladi. Bu ishga davlat organlari, ilmiy institut va muassasalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va ulardan foydalanish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini olib borayotgan alohida tadqiqotchilar va mutaxassislar mustaqil ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin. Bunda, Markaz belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar bilan shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar ushbu Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan namunalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilgan obyektga tegishli barcha hujjatlar Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilgan nomoddiy madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilib turadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlarni oʻrganish, ularning tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish hamda Nomoddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligiga moliya yilida davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilgan obyektlar va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus tashkil etilgan internet veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish
NAMUNASI
| A. | Obyektning nomi (200 ta harfdan oshmasligi kerak) |
| B. | Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar (100 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| V. | Obyekt haqida qisqacha maʼlumot (200 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| 1. | Obyekt haqida maʼlumotnoma |
| 1.a. | Obyektning nomi |
| 1.b. | Obyektning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa) |
| 1.v. | Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar, ularning manzili |
| 1.g. | Obyektning hududiy joylashishi va boshqa joylarga tarqalganligi |
| 1.d. | Obyekt bilan bogʻliq qoʻshimcha namunalar |
| 2. | Obyekt boʻyicha maʼlumotnoma (1-mezonga muvofiq) (1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak). |
| 3. | Madaniyatlararo muloqotni targʻib etish va keng ommaga namoyish etishdagi hissasi (1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak). |
| 4. | Muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar |
| 4.a. | Muhofaza qilish boʻyicha hozirgi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar (500 ta soʻzdan oshmasligi kerak). |
| 4.b. | Kelajakda rejalashtirilayotgan muhofaza qilish chora-tadbirlari (1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak). |
| 4.v. | Davlat va tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi toʻgʻrisida maʼlumot (500 ta soʻzdan oshmasligi kerak). |
| 5. | Jamoaning jalb etilishi |
| 5.a. | Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslarning ishtiroki |
| 5.b. | Jamoaning rasmiy roziligi |
| 5.v. | Obyekt bilan bogʻliq amaliyotni boshqarish (meʼyorlari, ommaviy axborot vositalari orqali qoʻllab-quvvatlovchi dalillar) |
| 6. | Hujjatlashtirish |
| 6.a. | Qoʻshimcha maʼlumotlar (fotosuratlar, video va audio hujjatlar) |
| 6.b. | Mualliflik huquqi bilan bogʻliq masalalar |
| 6.v. | Manbalar roʻyxati (bir betdan oshmasligi kerak) |
| 7. | Hamkorlik va aloqa uchun mutasaddi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot |
| 7.a. | Hamkorlik va aloqaga masʼul shaxs boʻyicha maʼlumotnoma (manzil, telefon, faks, elektron manzil) |
| 7.b. | Masʼul tashkilot |
| 7.v. | Hamkor tashkilotlar |
| 7.g. | Mutasaddi jamoa yoki jamoa vakili |
| 8. | Masʼul tashkilot yoki muassasa vakilining imzosi |
Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi materiallarining rasmiylashtirish shaklini toʻldirish
MEZONLARI
1. Obyekt Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandida aniqlangan nomoddiy madaniy meros tushunchasiga muvofiq boʻlishi lozim.
2. Obyektni muhofaza qilish tadbirlari jamoa, guruh yoki shaxslar ishtiroki va ularning roziligi bilan amalga oshirilishi lozim.
3. Mualliflik huquqi milliy qonunchilikka muvofiq himoya qilinishi kerak.
4. Quyidagilar:
ilmiy tadqiqotlar asosida tasdiqlangan maʼlumotnomalar (ilmiy risolalar, muzey va kutubxonalarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar, anjumanlar va ekspeditsiyalar natijalari);
davlatning madaniy siyosatida (shu jumladan markaziy va mahalliy hokimliklar tomonidan) qabul qilingan hujjatlar (qaror nusxalari, festivallar va tanlovlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar);
davlat nodavlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar (oʻquv dasturlari boʻyicha hujjatlar);
ommaviy axborot vositalarida maxsus dasturlar orqali keng namoyish etilgan namunalar (audio-video hujjatlar) ilova etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish
NAMUNASI
| Titul varagʻi | |
| A. | Obyektning nomi (200 ta belgi yoki harfdan oshmasligi kerak) |
| B. | Tegishli jamoa, guruh va alohida shaxslar (200 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| V. | Obyekt haqida qisqacha maʼlumot (200 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| G. | Obyektni zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi (yoʻqolib ketish xavfi borligi) zarurligi, uning hayotiyligini asoslovchi qisqacha maʼlumot, uni saqlab qolish borasida amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlar. |
| Obyekt haqida maʼlumot | |
| 1. | Obyektni identifikatsiya qilish |
| 1.a. | Obyektning nomi |
| 1.b. | Obyektning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa) |
| 1.v. | Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar, ularning manzili |
| 1.g. | Obyektning hududiy joylashuvi va boshqa joylarga tarqalganligi |
| 1.d. | Obyekt tomonidan taqdim etilayotgan soha |
| 2. | Obyekt boʻyicha maʼlumotnoma (1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak). |
| 3. | Saqlab qolish maqsadida zudlik bilan chora-tadbirlar koʻrilishini asoslash |
| 3.a. | Obyektning hayotiyligini baholash (obyektning hozirgi kundagi ahvoli toʻgʻrisida maʼlumot) (500 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| 3.b. | Xavf solayotgan tahdid (500 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| 4. | Muhofaza qilish chora-tadbirlari |
| 4.a. | Saqlash borasida olib borilayotgan va oxirgi marta oʻtkazilgan chora-tadbirlar (500 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| 4.b. | Saqlab qolish boʻyicha tavsiya etilayotgan chora-tadbirlar (2000 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| 4.v. | Mamlakat, jamoalar, guruhlar va alohida shaxslarning majburiyatlari (500 ta soʻzdan oshmasligi kerak) |
| 5. | Jamoalarning ishtiroki va roziligi |
| 5.a. | Jamoalar, guruhlar va alohida shaxslarning ishtiroki |
| 5.b. | Jamoalar, guruhlar va alohida shaxslarning rasmiy roziligi |
| 5.v. | Huquqiy normalarga rioya etilishi |
| 6. | Roʻyxatga kiritish |
| 7. | Hujjatlashtirish |
| 7.a. | Majburiy va qoʻshimcha maʼlumotlar (Konvensiyadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaning III Boʻlimida keltirilgan namuna asosida) |
| 7.b. | Foydalanish huquqining berilishi |
| 7.v. | Qoʻshimcha materiallar roʻyxati (Bir sahifadan ortiq boʻlmasligi kerak) |
| 8. | Bogʻlanish uchun maʼlumotlar |
| 8.a. | Mutasaddi shaxs va u bilan bogʻlanish maʼlumotlari |
| 8.b. | Obyektni tavsiya etayotgan tashkilot yoki muassasa |
| 8.v. | Manfaatdor jamoat tashkilotlari va (yoki) ularning vakili |
| 9. | Obyektni tavsiya etayotgan tashkilot yoki muassasa vakilining imzosi |
Keyingi tahrirga qarang.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish
NAMUNASI
| 1. | Obyekt haqida maʼlumotnoma |
| 1.a. | Obyektning nomi |
| 1.b. | Obyektning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa) |
| 1.v. | Obyektni roʻyxatga kiritishdan manfaatdor jamoa, guruh yoki shaxslar, ularning manzili |
| 1.g. | Obyektning hududiy joylashishi va boshqa joylarga tarqalganligi |
| 1.d. | Obyekt namoyon etayotgan soha |
| 2. | Roʻyxatga kiritishni asoslash |
| 2.a. | Roʻyxatga kiritish uchun tavsiya etayotgan jamoa, guruh yoki shaxs |
| 2.b. | Tavsiya etilishini asoslash |
| 2.v. | Hozirgi kunda obyekt mavjud boʻlgan hudud yoki hududlar |
| 2.g. | Saqlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar |
| 2.d. | Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar |
| 2.e. | Vazifalar |
| 3. | Batafsil maʼlumot |
| 3.a. | Tarixiy maʼlumotlar |
| 3.b. | Hozirgi kundagi ahvoli |
| 3.v. | Madaniy xilma-xillikni namoyon etishdagi oʻrni |
| 3.g. | Yoshlar tarbiyasida foydalanish istiqbollari |
| 4. | Merosni oʻzida saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchi shaxslar haqida maʼlumotlar |
| 4.a. | Tarixiy shaxslar |
| 4.b. | Hozirgi kundagi mavjud shaxslar, shu jumladan yoshlar va oʻsmirlar |
| 5. | Obyektning ilmiy jihatdan oʻrganilganligi |
| 5.a. | Ilmiy tadqiqotlar |
| 5.b. | Ilmiy maqolalar |
| 5.v. | Ilmiy ekspeditsiyalar |
| 6. | Obyektning targʻiboti bilan bogʻliq materiallar |
| 6.a. | Bosma materiallar |
| 6.b. | Audio materiallar |
| 6.v. | Video materiallar |
| 7. | Saqlash va rivojlantirish uchun masʼul idora/tashkilot yoki muassasa |
| 8. | Maʼlumotni tayyorlagan shaxs |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy- madaniy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tarixiy-madaniy ekspertiza nomoddiy madaniy meros obyektini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslash maqsadida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʻz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʻliq bilimlar, koʻnikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar va boshqa Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Tarixiy-madaniy ekspertizani tashkil etish va oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tarixiy-madaniy ekspertizani tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodika markaziga (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb yuritiladi), uni oʻtkazish Markaz huzurida tashkil etiladigan Ilmiy-metodik kengashga (keyingi oʻrinlarda “Kengash” deb ataladi) yuklanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Kengash tarkibiga davlat organlari, ilmiy institut va muassasalar, nodavlat, notijorat tashkilotlarning vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va ulardan foydalanish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini olib borayotgan alohida tadqiqotchilar va mutaxassislar kiritiladi.
Kengash tarixiy-madaniy ekspertizani oʻtkazish jarayoniga mustaqil ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
IV. Kengash faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kengash — uning raisi, aʼzolari va kotibdan tashkil topadi. Kengashning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
8. Kengash yigʻilishi zaruratga qarab, lekin yarim yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
9. Kengash tarkibida quyidagi shuʼbalar tashkil etiladi:
Oʻzlikni namoyon qilishning ogʻzaki shakl va anʼanalari;
Ijrochilik sanʼati;
Urf-odat, marosim va bayramlar;
Tabiat va koinot bilan bogʻliq bilim va urf-odatlar;
Anʼanaviy hunarmandchilik bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalar.
10. Tarixiy-madaniy ekspertiza Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
11. Hujjatlarni kotib qabul qilib oladi va Kengash raisiga taqdim etadi. Kengash raisi bu hujjatlarni tegishli shuʼbaga yuboradi.
12. Kengash shuʼbalari hujjatlarni bir oygacha muddatda koʻrib chiqishi shart.
13. Tarixiy-madaniy ekspertiza, zaruratdan kelib chiqib, nomoddiy madaniy meros obyekti joylashgan joyda ham tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kengash shuʼbalari tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasining loyihasini tayyorlaydi va barcha hujjatlarni ilova etgan holda Kengash raisiga taqdim etadi.
15. Kengash yigʻilishi uning aʼzolaridan uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Kengash qarori oddiy koʻpchilik ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega.
16. Kengash qabul qilgan qarorga qoʻshilmagan Kengash aʼzolari oʻz fikrlarini bildirish huquqiga ega.
17. Yigʻilishni tashkil etish, Kengash yigʻilishi bayonini yuritish kotib zimmasiga yuklanadi.
18. Kengash qarori yigʻilish bayoni bilan rasmiylashtiriladi va raislik qiluvchi hamda kotib tomonidan imzolanadi.
19. Kengash bayoni qarorga qoʻshilmagan Kengash aʼzolarining yozma fikrlari jamlanib, kotib tomonidan Markazga yoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoidalar
20. Kengash qarori asosida tegishli nomoddiy madaniy meros obyekti Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etilayotgan obyektlar roʻyxatiga, Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga, Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatiga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy roʻyxatiga Markaz tomonidan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (3-ilova):
a) nomi “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlaridan keyin “moddiy” soʻzi bilan toʻldirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastri “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq moddiy madaniy meros (keyingi oʻrinlarda “madaniy meros” deb yuritiladi) obyektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida yuritiladi”.
2. Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomda (4-ilova):
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi toʻgʻrisida nizom”;
b) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom moddiy madaniy meros (keyingi oʻrinlarda “madaniy meros” deb yuritiladi) obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish tartibini belgilaydi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 66-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 02.07.2024-y., 09/24/368/0460-son; 28.04.2025-y., 09/25/256/0384-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)