Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025 28.02.2011 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli ““Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning barkamol kamol topishiga, oʻsib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, oʻquvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek ularning boʻsh vaqtdan oqilona foydalanishiga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari ishlar tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining faoliyat koʻrsatayotgan maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining sonini va tuzilmasini takomillashtirish hamda uning asosida har bir tuman va shaharda bittadan “Barkamol avlod” bolalar markazini, shuningdek bittadan viloyat bolalar markazini, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa respublika bolalar markazini va Toshkent shahrida — texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha uchta respublika bolalar markazlarini — ular tegishli ravishda tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklariga boʻysundirilgan holda — hammasi boʻlib 215 ta bolalar markazini shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlari, viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasida respublika markazi) va Toshkent shahar bolalar markazlarining, shuningdek uchta “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarining namunaviy tuzilmalari 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Barkamol avlod” bolalar markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning foydali dam olishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki uquv va koʻnikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini oʻrganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tomonidan jonajon oʻlka tarixi, arxeologik va madaniy meros chuqur oʻrganilishi, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabdan tashqari taʼlim tizimiga ilgʻor pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning yangi shakllarini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Barkamol avlod” markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 13-oktabrdagi F-3509-son farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oladigan 2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish dasturi tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy parametrlari 5-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan jadvalga muvofiq muddatlarda umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida 78 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi ochilishini taʼminlasinlar, alohida kirish joyi mavjud boʻlishini hamda toʻrttadan oltitagacha toʻgarak xonalarini oʻquv jarayoniga zarar yetkazmasdan zarur asbob-uskunalar va inventar bilan toʻliq jihozlashni nazarda tutsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishga asosan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilari oʻtilgan mashgʻulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq toʻlagan holda shartnoma asosida jalb etilishini tashkil etsinlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining boʻshab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida tashkil etiladigan “Barkamol avlod” bolalar markazlarida elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari oʻrnatiladi, qolgan kommunal xarajatlar esa ular tomonidan umumtaʼlim maktablariga moliya organlari bilan kelishuv boʻyicha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash, shuningdek ularni jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjetlar parametrlarida kam samarali maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tugatish hisobiga boʻshab qoladigan maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini moliyalashtirishga nazarda tutilgan mablagʻlar va xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod” bolalar markazlari tashkil etiladigan binolar va inshootlarni mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, taʼmirlash ishlarini toʻliq tugallash va obyektlarni belgilangan muddatlarda topshirish shartlari bilan tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 5 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 2,5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning qolgan tuman (shahar)larida — 5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan oʻquvchilar “Barkamol avlod” bolalar markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgarak faoliyati uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish va ularda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilari respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar va festivallarda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan toʻgarak rahbarlarini tegishincha bazaviy hisoblash miqdorining besh, toʻrt, uch barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-ona toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI

* Toʻgaraklar rahbarlari soni toʻgarak mashgʻulotlari hajmiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni normativ boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod” viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasida respublika va Toshkent shahar bolalar markazlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch yoʻnalish — texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 361-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarini shakllantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Tadbirlar Bajarish muddati Masʼul bajaruvchilar
1.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish uchun 215 ta maktabdan tashqari muassasani aniqlash, shu jumladan 137 tasi faoliyat koʻrsatgan muassasalardan va 78 tasi umumtaʼlim maktablarining binolaridan foydalanilgan holda hamda ularning tuzilmalarini “Barkamol avlod” bolalar markazlarining namunaviy tuzilmalariga muvofiqlashtirish. 2011-yil 10-martgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi
2.‎ Faoliyat koʻrsatuvchi respublika maktabdan tashqari taʼlim muassasalari negizida texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha 3 ta respublika “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish. 2011-yil sentabr Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi
3.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2011-yil I chorak Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi
4.‎ Maktabdan tashqari taʼlim uchun davlat talablarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2011-yil I chorak Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
5.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazining namunaviy Ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2011-yil I chorak Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
6.‎ Bolalar “Barkamol avlod” bolalar markazida oʻqiganligi uchun ota-ona toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2011-yil mart Moliya vazirligi
7.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi aniq yoʻnaltirilgan dasturlarini shakllantirish va tasdiqlash. Belgilangan muddatlarda har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
8.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlari obyektlarida mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolari oʻtkazish. Yillik aniq yoʻnaltirilgan dasturlar tasdiqlangandan keyin ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
9.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazlarida toʻgarak ishining har bir turi boʻyicha yangi, zamonaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 2011-yil sentabr Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi
10.‎ “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklarda mashgʻulotlar olib borish uchun umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini oʻrindoshlik boʻyicha kontrakt asosida jalb etish. 2011-yildan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
11.‎ “Barkamol avlod” respublika va viloyat markazlarida seminarlar va qisqa muddatli trening-kurslar tashkil etish yoʻli bilan ham “Barkamol avlod” bolalar markazlarining, ham umumtaʼlim maktablarining metodistlari va rahbarlari malakasini oshirish dasturini tasdiqlash. har yili 1-fevralgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi
12.‎ Dastur doirasida bajariladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida muntazam yoritish, “Barkamol avlod” bolalar markazlari qatnashchilarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari toʻgʻrisidagi materiallarni eʼlon qilish. Doimo Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

obyektlar soni

Mintaqalar Hammasi shu jumladan yillar boʻyicha:
2011‎ 2012‎ 2013‎ 2014‎
Respublika boʻyicha hammasi 215‎ 30‎ 51‎ 64‎ 70‎
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 17‎ 2‎ 4‎ 5‎ 6‎
2. Andijon viloyati 18‎ 3‎ 4‎ 6‎ 5‎
3. Buxoro viloyati 14‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎
4. Jizzax viloyati 14‎ 1‎ 4‎ 4‎ 5‎
5. Qashqadaryo viloyati 15‎ 3‎ 3‎ 4‎ 5‎
6. Navoiy viloyati 11‎ 2‎ 3‎ 3‎ 3‎
7. Namangan viloyati 13‎ 3‎ 4‎ 3‎ 3‎
8. Samarqand viloyati* 17‎ 3‎ 4‎ 4‎ 6‎
9.‎ Surxondaryo viloyati 16‎ 1‎ 3‎ 6‎ 6‎
10. Sirdaryo viloyati 12‎ 1‎ 3‎ 4‎ 4‎
11. Toshkent viloyati 21‎ 3‎ 6‎ 5‎ 7‎
12. Fargʻona viloyati* 19‎ 3‎ 4‎ 6‎ 6‎
13. Xorazm viloyati 13‎ 1‎ 4‎ 4‎ 4‎
14. Toshkent shahri 12‎ 2‎ 2‎ 4‎ 4‎
15.‎ Respublika muassasalari 3‎ 0‎ 0‎ 2‎ 1‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 20-maktab va Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanidagi 2-maktab Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 2011-yilning mukammal taʼmirlash dasturiga kiritilgan. “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlar hajmi binolarning texnik holati boʻyicha nuqsonli dalolatnomalar asosida belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 89-modda; 2017-y., 20-son, 361-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)