23.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2201
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARIGA QAYTA MOLIYALASH KREDITLARINI BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2201]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 3-son, 51-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 9-noyabrdagi 19/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom” (yangi tahrirda) (roʻyxat raqami 566, 1998-yil 17-dekabr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 2001-yil 4-avgustdagi 18/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 566-1, 2001-yil 18-avgust);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 501, 1998-yil 16-oktabr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-fevraldagi 3/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar” (roʻyxat raqami 501-1, 1999-yil 1-aprel);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-noyabrdagi 21/11-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar” (roʻyxat raqami 501-2, 2000-yil 22-yanvar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 2008-yil 12-apreldagi 9/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 501-3, 2008-yil 3-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 165-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasini garovga olgan holda banklarga kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 20-apreldagi 9/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1138, 2002-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-yanvardagi 1/1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) qayta moliyalash kreditlarini berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta moliyalash krediti (bundan keyingi oʻrinlarda — kredit deb yuritiladi) — Markaziy bank tomonidan banklarga, ularning likvidligini saqlash maqsadida beriladigan kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombard krediti — Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini garovga olgan holda, oʻzgarmas yoki kimoshdi savdosi orqali shakllanadigan foiz stavkasida banklarga beriladigan kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish koeffitsiyenti — davlat qimmatli qogʻozlarning bozor narxlari va chet el valyutasi kurslarining ehtimoliy oʻzgarishlaridan kelib chiqib, kredit xatarlarining oldini olish maqsadida, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan, banklarga beriladigan kredit summasi bilan garovga qoʻyilgan taʼminoti oʻrtasidagi maksimal nisbatni bildiruvchi 0 dan 1 gacha oraliqda boʻlgan raqamli koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgarmas foiz stavkasi — monetar siyosat maqsadlaridan kelib chiqqan holda, banklarga ularning arizasiga asosan berilayotgan kreditlar uchun Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan oʻrnatiladigan foiz stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegirish stavkasi — kreditlarni joylashtirish boʻyicha oʻtkaziladigan kimoshdi savdosiga qoʻyilgan kreditlar umumiy summasini qamrab olgan arizalarning oxirida ariza bergan bank tomonidan kredit uchun taklif etilgan foiz stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy bank tomonidan banklarni kreditlash monetar siyosatning tegishli yil uchun asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqadigan vazifalarga muvofiq holda, bank tizimi likvidligini saqlash va tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida taʼminlanganlik, muddatlilik, qaytarishlik va toʻlovlilik shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kreditlar banklarga oʻzgarmas foiz stavkalari va(yoki) arizalarining kimoshdi savdolarini oʻtkazish orqali yuzaga kelgan foiz stavkalari boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kreditning qaytarilishini taʼminlash maqsadida banklar quyidagi aktivlardan birini yoki bir nechtasini garovga qoʻyishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarz majburiyatlari (davlat qimmatli qogʻozlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kreditlarning muddatlari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit mablagʻlari bankning tegishli hisobvaragʻiga kredit shartnomasi imzolangan kuni oʻtkazib beriladi. Kredit mablagʻlari va unga hisoblangan foizlar banklar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan muddatda qaytarib beriladi (mazkur operatsiya dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, keyingi ish kunida amalga oshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlarning muddatlari kredit mablagʻlari bankning tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazilgan kundan boshlab, kalendar kunlari bilan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzgarmas foiz stavkasida beriladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, kreditlarning muddatidan kelib chiqib, Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgarmas foiz stavkasi boʻyicha berilayotgan kreditlar miqdoriga cheklashlar belgilanmaydi. Mazkur kreditlar tegishli yil uchun qabul qilingan monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kimoshdi savdolari asosida beriladigan kreditlar uchun foiz stavkalari kimoshdi savdolari natijasida aniqlanadi va unda yuzaga keladigan chegirish stavkalari Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlar kimoshdi savdosi asosida berilayotganda Markaziy bank tomonidan kreditlarning eng yuqori miqdori belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit resurslarining kimoshdi savdosi “amerikacha” yoki “gollandcha” usulda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amerikacha usul — qondiriladigan arizalar banklar tomonidan taklif etilgan hamda kimoshdi savdolari boʻyicha Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan chegirish stavkasiga teng yoki undan yuqori boʻlgan stavkada qondiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gollandcha usul — qondiriladigan arizalar banklar tomonidan taklif etilgan eng past foiz stavkasida (yaʼni, kimoshdi savdosi natijalariga koʻra Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan chegirish stavkasida) qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank kredit kimoshdi savdolarini oʻzi oʻrnatgan va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilgan boshqa shartlarda ham oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblash, shartnomada koʻrsatilgan miqdor va tartibda, kredit ajratilgan kundan boshlab, u toʻliq qaytarilgan kundan oldingi kungacha boʻlgan muddatga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar kreditni muddatidan oldin toʻliq yoki qisman qaytarishlari mumkin. Bunda kreditlar boʻyicha foizlar faqat kreditdan foydalanilgan davr uchun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaziy bank kimoshdi savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida kamida 5 ish kuni oldin ommaviy axborot vositalari orqali rasmiy xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimoshdi savdosi oʻtkazilganidan keyin Markaziy bank uning natijalarini, yuzaga kelgan chegirish stavkasini koʻrsatgan holda, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kredit oluvchi banklarga va kredit taʼminotiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Banklar kredit olish toʻgʻrisida ariza bergan vaqtda quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezerv talablarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan iqtisodiy normativlarga toʻliq rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan meʼyor talablaridan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va unga hisoblangan foizlarni toʻlash borasida muddati oʻtgan qarzdorlikning boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi uch oy mobaynida avval berilgan qayta moliyalash kreditlari boʻyicha qarzlarni qaytarish muddatini kechiktirmagan boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard krediti olmoqchi boʻlgan bank yuqoridagi talablarga javob berishi bilan birga Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida (bundan buyon matnda OʻzRVB deb yuritiladi) davlat qimmatli qogʻozlarini saqlash va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun ochilgan hisobvaraqqa (bundan buyon matnda DEPO hisobvaragʻi deb yuritiladi) ega boʻlishi lozim.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Banklarga berilayotgan lombard krediti taʼminoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qogʻozlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlarning chiqarilish shartlari, muddatlari, likvidligi, emitentlarining mavqeyi va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda Markaziy bank boshqaruvi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan Markaziy bank tomonidan lombard kredit taʼminoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qogʻozlari roʻyxatiga kiritilgan boʻlishi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlarining hisobi DEPO hisobvaragʻida yuritilishi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka mulk huquqi asosida tegishli ekanligi, bankning boshqa majburiyatlari bilan bogʻlanmaganligi hamda DEPO hisobvaragʻining ahvoli toʻgʻrisidagi koʻchirma bilan tasdiqlanganligi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlari toʻlovini amalga oshirish muddati lombard kreditini qaytarishning oxirgi muddati yetib kelgandan keyin 10 kalendar kunidan kam boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bank arizasida soʻralgan lombard krediti va unga hisoblangan foizlar summasining yetarli darajada taʼminlanganligini dastlabki tekshirish vaqtida garovga qoʻyilgan davlat qimmatli qogʻozlarining bozor narxi sifatida rasmiy eʼlon qilinadigan oʻrtacha narx qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralgan lombard kreditining summasi (shu jumladan, kredit uchun hisoblangan foizlar summasi) garovga qoʻyilayotgan davlat qimmatli qogʻozlarining Markaziy bank belgilagan tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytirilgan bozor narxidan (ariza koʻrib chiqilgan kundan oldingi kunda yuzaga kelgan) oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Banklar chet el valyutasini garovga qoʻygan holda kredit olishlari uchun Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazidagi (bundan keyingi oʻrinlarda — HKKM deb yuritiladi) 29896 — “Boshqa majburiyatlar” balans hisobvaragʻida alohida ochilgan “Garovga olingan chet el valyutasi” shaxsiy hisobvaragʻiga chet el valyutasini belgilangan tartibda oʻtkazishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kredit olish uchun chet el valyutasini garovga qoʻyish AQSH dollari, Yevro, Angliya funt sterlingi, Shveysariya franki va(yoki) Yaponiya iyenasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Banklarga ajratilgan kreditlar va undan koʻzda tutilgan muddatda foydalanilganligi uchun hisoblanadigan foizlarning umumiy miqdori, chet el valyutasi garovga olingan kundagi Markaziy bank tomonidan chet el valyutasining soʻmga nisbatan belgilangan kursi boʻyicha hisoblangan valyuta mablagʻlarining tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytirilgan soʻmdagi ekvivalentidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Lombard kreditlarining berilishi va qaytarilishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Banklarga oʻzgarmas stavka boʻyicha lombard kreditini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Banklarga lombard krediti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shartnoma asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bank lombard kreditini olish uchun amaliyot kuni soat 10:30 gacha Markaziy bankka oʻzgarmas foiz stavka boʻyicha lombard kreditini olish toʻgʻrisidagi arizani mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan shaklda taqdim etadi va bu arizalar mazkur Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi qayd etish daftarida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Arizani qabul qilish jarayonida Markaziy bank tomonidan quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizaning toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada koʻrsatilgan bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat qimmatli qogʻozlar tarkibi va soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralgan lombard krediti, shu jumladan foizlarning bankning depozitariydagi operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” tegishli boʻlimiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat qimmatli qogʻozlarining zarur summasi bilan taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaziy bank amaliyot kuni davomida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, tekshiradi va lombard kreditini berish yoki bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralgan lombard krediti summasining yetarli darajada taʼminlanganligini tekshirish uchun kreditni taʼminlashga berilgan davlat qimmatli qogʻozlarining bozor narxi toʻgʻrisidagi birja maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda bankning garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlari bozor narxi (Markaziy bank belgilagan tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytirilgan) lombard krediti boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni taʼminlash uchun yetarli yoki undan koʻp boʻlsa, lombard krediti yetarli darajada taʼminlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetarli darajada taʼminlanmaslik bankka soʻralgan miqdordan kam hajmda lombard krediti berishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizomda qarz oluvchi bankka qoʻyilgan talablar bajarilmasa, Markaziy bank joriy amaliyot kuni davomida bankning arizasini rad etadi va unga lombard krediti berish toʻgʻrisidagi arizani qondirmaslik toʻgʻrisida mazkur Nizomning 4-ilovasida koʻrsatilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomda belgilangan talablar toʻliq bajarilganda Markaziy bank banklar bilan lombard krediti berish toʻgʻrisida shartnoma tuzib, ularning arizalarini qondiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Lombard krediti berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank amaliyot kuni davomida ariza bergan bankka kredit berish borasidagi shartlar koʻrsatilgan holda mazkur Nizomning 5-ilovasida berilgan shakldagi xabarnomani hamda lombard krediti toʻgʻrisidagi shartnomani toʻldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qarz oluvchi bank xabarnomani olgandan soʻng, bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga davlat qimmatli qogʻozlarini oʻtkazadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qarz oluvchi bank tomonidan imzolangan lombard kreditini berish toʻgʻrisidagi shartnomani Markaziy bank keyingi ish kuni soat 10:00 gacha qabul qilib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaga bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimi raqami koʻrsatilgan holda bankning DEPO hisobvaragʻidan koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. Ushbu ilova soʻralgan lombard summasini olish uchun zarur boʻlgan qimmatli qogʻozlar bankning DEPO hisobvaragʻi boʻlimiga oʻtkazilganligini tasdiqlaydi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markaziy bank mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni olgan kunda lombard kreditini berish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaydi va qarz oluvchi bankning tegishli hisobvaragʻiga kredit summasini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shartnoma mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmasa, Markaziy bank shartnoma tuzmaydi va bankka lombard kreditini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Lombard krediti berilgan kun kredit summasi bankning HKKMdagi tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazilgan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Lombard krediti kimoshdi savdolarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Lombard kreditlarini kimoshdi savdolari asosida berishda Markaziy bank har bir kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan kreditning eng yuqori hajmiga limit belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimoshdi savdolariga qabul qilingan arizalar banklar tomonidan taklif etilgan foiz stavkalari darajasi boʻyicha eng yuqorisidan boshlab pasayish tartibida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard krediti belgilangan hajmining tugashi qondirilgan arizalar roʻyxatidagi oxirgi ariza summasini qisqartirish uchun asos boʻladi. Bunda banklarning arizalari qisman qondirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar banklar tomonidan unda taklif etilgan foiz stavkalari boʻyicha qondiriladi va bu stavkalar Markaziy bank belgilagan chegirish stavkasiga teng yoki undan yuqori boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bank lombard krediti kimoshdi savdolarida qatnashish uchun lombard krediti oʻtkazilishi kunidan oldingi ish kunida soat 13:00 dan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombard krediti kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning yetarli miqdordagi davlat qimmatli qogʻozlari mavjudligini tasdiqlovchi DEPO hisobvaragʻi holati toʻgʻrisidagi koʻchirmasidan (ariza berilgan kundan oldingi sanaga) nusxa.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi hujjatlarning qabul qilinganligi Markaziy bankning vakolatli xodimi tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq lombard kreditini olish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish daftariga qayd etib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaziy bank banklardan arizalarni olgan kunda ularning toʻgʻri tuzilganligini hamda ushbu banklar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan talablarga javob berishlarini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Markaziy bank belgilangan kunda kredit kimoshdi savdolarini oʻtkazadi va unda ishtirok etgan banklarga savdolar natijalarini maʼlum qiladi. Kredit oluvchi banklarga kredit olish shartlari koʻrsatilgan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq xabarnomani hamda lombard kreditini berishga doir shartnoma shaklini toʻldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kimoshdi savdolari natijalariga koʻra lombard kreditini olish huquqiga ega boʻlgan banklar operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga zarur miqdordagi qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish toʻgʻrisida OʻzRVBga DEPO topshiriqnomasini ijro uchun beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bank lombard kimoshdi savdolari oʻtkazilgan kunning ertasida soat 10:00 gacha Markaziy bankka bankning OʻzRVBga bergan DEPO topshiriqnomasi nusxasini hamda lombard kreditini berish toʻgʻrisida oʻzi tomonidan imzolangan shartnomani taqdim etadi. Topshiriqnomada bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga qimmatli qogʻozlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisida OʻzRVBning belgisi qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjatlar (OʻzRVBga berilgan DEPO topshiriqnomasining nusxasi va shartnoma) belgilangan muddatda taqdim etilmasa, Markaziy bank shartnomani tuzmaydi va bankka lombard kreditini bermaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bank mazkur Nizomning 32-bandida qayd etilgan hujjatlarni taqdim etgan kuni (Nizomning 18-bandiga muvofiq tekshiruv oʻtkazilganidan soʻng) Markaziy bankning vakolatli shaxsi Markaziy bank nomidan lombard kreditini berish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaydi va qarz oluvchi bankning tegishli hisobvaragʻiga kredit summasini oʻtkazish toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Lombard asosida kreditlashda depozitar hisobini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Lombard kreditining taʼminoti sifatida garovga qabul qilinadigan davlat qimmatli qogʻozlarining depozitar hisobini yuritish OʻzRVB tomonidan amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarning hisobi bankning DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimida yuritiladi, ushbu boʻlimning operatori Markaziy bank hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimiga davlat qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish OʻzRVB tomonidan bankning DEPO topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi. “Garovga olingan” boʻlimidan bankning DEPO hisobvaragʻining boshqa boʻlimlariga davlat qimmatli qogʻozlarini oʻtkazish OʻzRVB tomonidan faqat Markaziy bank DEPO topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Lombard kreditlarini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Lombard kreditini berish toʻgʻrisidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish muddati kelganda, lombard kreditini va unga doir foizlarni qaytarish bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bank lombard kreditini va unga doir foizlarni qaytargan kunning keyingi amaliyot kuni davomida Markaziy bank OʻzRVBga “Garovga olingan” boʻlimidan garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarini qarzdor bank DEPO hisobvaragʻining shartnomada yoki bankning yozma arizasida koʻrsatilgan Asosiy boʻlimiga oʻtkazish toʻgʻrisida DEPO topshiriqnomasini beradi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bank Markaziy bankka oldindan xabar bergan holda lombard kreditini muddatidan oldin toʻliq yoki qisman toʻlov topshiriqnomasi asosida qaytarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agarda bank lombard kreditini qaytarishga doir oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasa, Markaziy bankning bunday muddati oʻtgan qarzdorlikni qoplashga doir talablari qonunchilik va shartnomada belgilangan tartib hamda ushbu davlat qimmatli qogʻozlari muomalasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarini sotishdan tushgan tushum hisobiga qondiriladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning garov bilan taʼminlangan talablari hajmiga bankning lombard kreditiga doir shartnoma boʻyicha qarzlari (shu jumladan foizlar) va Markaziy bankning garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarini sotish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilgan summa kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Markaziy bank lombard kreditini qaytarishga doir majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan (qisman) kunning ertasiga garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarini sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agarda qimmatli qogʻozlarni sotishdan olingan summa Markaziy bankning lombard krediti boʻyicha talablari hajmidan oshsa, ushbu summa qoldigʻi Markaziy bank talablari qondirilganidan soʻng, davlat qimmatli qogʻozlari sotilgan kundan keyingi ish kunida qarzdor bankning vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agarda davlat qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan summa Markaziy bankning lombard krediti boʻyicha barcha talablarini qondirishga yetarli boʻlmasa, koʻrsatilgan qarzni qoplash debet memorial orderiga asosan qarzdor bankning vakillik hisobvaragʻidan undirib olinadi. Markaziy bankka lombard kreditiga doir qarzlarni qaytarish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, birinchi navbatda Markaziy bankning garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarini sotish bilan bogʻliq xarajatlari qoplanadi, soʻngra hisoblangan foizlar summalari, asosiy qarz summasi va eng oxirida tegishli jarima summasi undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Markaziy bank qarzdor bankdan uning garovga qoʻyilgan davlat qimmatli qogʻozlarini kelishilgan narxda sotib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Banklarga chet el valyutasini garovga olgan holda kreditlar berilishi va qaytarilishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Oʻzgarmas foiz stavkasida kredit ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Banklarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasini garovga olgan holda, oʻzgarmas foiz stavkada hamda kimoshdi savdolari asosida shakllanadigan stavkada kreditni berish shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Banklar oʻzgarmas foiz stavka boʻyicha chet el valyutasini garovga qoʻygan holda kredit olishlari uchun amaliyot kuni soat 10:30 gacha boʻlgan vaqtda Markaziy bankka mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq ariza beradilar va bu arizalar mazkur Nizomning 8-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi qayd etish daftarida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Markaziy bank tomonidan kredit shartnomasini rasmiylashtirish va imzolashdan oldin quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan arizalarni mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq, toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning oʻz hisobvaragʻida soʻralayotgan kredit va undan foydalanilgan muddat uchun hisoblanadigan foizlarning umumiy miqdoriga yetarli garovga olinadigan chet el valyutasi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan talablar bajarilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Markaziy bank tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish, tekshirish va kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish amaliyot kuni davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Bank mazkur Nizomning 46-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarning toʻliq bajarilishini taʼminlamagan taqdirda, Markaziy bank ushbu bank arizasini qondirmaydi va bu haqda bankka amaliyot kuni mobaynida sababi asoslab koʻrsatilgan holda rad javobini yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Chet el valyutasini garovga olgan holda kredit berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank amaliyot kuni davomida ariza bergan bankka kredit berish borasidagi shartlar koʻrsatilgan holda mazkur Nizomning 9-ilovasida berilgan shakldagi xabarnomani hamda lombard krediti toʻgʻrisidagi shartnomani toʻldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, ariza bergan bank joriy amaliyot kuni davomida garovga qoʻyiladigan chet el valyutasini Markaziy bankning tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Bank tomonidan rasmiylashtirilgan kredit shartnomasi Markaziy bankka keyingi ish kuni soat 10:00 gacha taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Markaziy bank kredit shartnomasini qabul qilgan kuni uni imzolaydi va HKKMga bankning vakillik hisobvaragʻiga kredit summasini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Bank tomonidan mazkur Nizomning 51-bandida belgilangan talab bajarilmagan taqdirda, Markaziy bank tushgan arizani bekor qilish va kredit shartnomasini tuzishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaziy bank amaliyot kun davomida HKKMga garovga olingan chet el valyutasini bankka qaytarish toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kreditlarni kimoshdi savdolari asosida oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Bank kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun Markaziy bankka, kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan bir ish kuni oldin soat 13:00 gacha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning oʻz hisobvaragʻida soʻralayotgan kredit va undan foydalanilgan muddat uchun hisoblanadigan foizlarning umumiy miqdoriga yetarli garovga olinadigan chet el valyutasi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning Markaziy bank tomonidan qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 8-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi qayd etish daftarida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Markaziy bank banklardan arizalarni qabul qilish jarayonida arizalarning toʻgʻri tuzilganligi va banklar tomonidan mazkur Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan talablarga amal qilinganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Kimoshdi savdolarida qatnashish uchun qabul qilingan arizalar, banklar tomonidan taklif etilgan foiz stavkalari darajasi boʻyicha, eng yuqorisidan boshlab, kamayib borish tartibida saralanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Banklardan tushgan arizalarda koʻrsatilgan foiz stavkasi, Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan foiz stavkasidan yuqori yoki unga teng miqdorda boʻlgan hollarda qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Kimoshdi savdosi uchun belgilangan resurslar hajmi foydalanib (taqsimlanib) boʻlinganligi, qondirilgan arizalar roʻyxatidagi soʻnggi arizaning summasini qisqartirilishiga asos boʻladi. Bunda, banklar arizalari qisman qondirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Markaziy bank belgilangan kunda kimoshdi savdosini oʻtkazadi va kimoshdi savdosida ishtirok etgan banklarga uning natijalarini maʼlum qiladi. Kredit oluvchi banklarga kredit berish shartlari koʻrsatilgan holda mazkur Nizomning 9-ilovasida berilgan shakldagi xabarnomani hamda kredit berish toʻgʻrisidagi shartnomani toʻldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, ariza bergan bank amaliyot kuni davomida garovga qoʻyiladigan chet el valyutasini Markaziy bankning tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Soʻralayotgan kredit qisman taʼminlangan taqdirda, Markaziy bank kredit summasini arizada koʻrsatilganidan yetishmaydigan taʼminot summasi miqdorida kamaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Banklar kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 gacha Markaziy bankka rasmiylashtirilgan kredit shartnomasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Markaziy bank banklar tomonidan taqdim etilgan kredit shartnomasini qabul qilgan kun uni tasdiqlaydi va shu vaqtning oʻzida HKKMga bank vakillik hisobvaragʻiga tegishli kredit summasini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bank tomonidan mazkur Nizomning 62-bandida belgilangan talab bajarilmagan taqdirda, Markaziy bank tushgan arizani bekor qilish va kredit shartnomasini tuzishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaziy bank amaliyot kuni davomida HKKMga garovga olingan chet el valyutasini bankka qaytarish toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Chet el valyutasini garovga olgan holda berilgan kreditlarning qaytarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Kredit shartnomasiga muvofiq, kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va unga hisoblangan foizlarni toʻlash muddati kelganida, bank ushbu mablagʻlarni toʻlov topshiriqnomasiga asosan Markaziy bankka oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Bank tomonidan kredit va unga hisoblangan foizlar toʻliq qaytarilgan kundan keyingi amaliyot kuni davomida, Markaziy bank oʻrnatilgan tartibda HKKMga garovga olingan chet el valyutasini qaytarish toʻgʻrisida topshiriq beradi va garovga qoʻyilgan chet el valyutasini bankka qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Bank tomonidan kredit qisman qaytarilganda garovga olingan chet el valyutasining qaytarilgan kredit summasiga ekvivalent boʻlgan hajmdagi qismi kredit qisman qaytarilgan kundan keyingi ish kuni bankka qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Chet el valyutasi garovi asosida berilgan kredit, shartnomaga muvofiq, kreditni qaytarish va foizlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmaganda (qisman), Markaziy bank, kreditni qaytarish muddati kelgan kundan 3 ish kuni oʻtgandan soʻng, garovga qoʻyilgan chet el valyutasini, kredit va unga hisoblangan foizlar boʻyicha muddati oʻtgan toʻlovlarga ekvivalent summadagi qismini soʻzsiz tartibda undirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qayta moliyalash uchun kreditlash operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Lombard asosida kreditlash operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Banklarga beriladigan lombard kreditlari Markaziy bank tomonidan 12101 — “Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻining “Banklarga berilgan lombard kreditlari” alohida shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankdan olingan lombard kreditlari banklarda 21602 — “Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻining “Markaziy bankdan olingan lombard kreditlari” alohida shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard kreditlarining analitik hisobi Markaziy bank va banklar tomonidan har bir lombard krediti shartnomasi uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Berilgan lombard krediti boʻyicha garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlari 94501 — “Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida taʼminotga qabul qilingan mablagʻlari summasida hisobga olinadi. Analitik hisob har bir kredit shartnomasi uchun ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlar boʻyicha, ularning ichida esa kredit taʼminoti sifatida olingan davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi boʻyicha yuritiladi. 94501 — “Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻi boʻyicha yozuvlarni amalga oshirish uchun bank DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimida davlat qimmatli qogʻozlari harakati toʻgʻrisidagi DEPO hisobvaragʻidan olingan koʻchirma asos boʻladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Kredit taʼminoti sifatida berilgan davlat qimmatli qogʻozlari hisobi ularning egalarida taʼminotga berilgan summada 94504 — “Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garov sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida yuritiladi. Analitik hisob har bir kredit shartnomasi uchun ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlar boʻyicha, ularning ichida esa kredit taʼminotiga berilgan davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi boʻyicha yuritiladi. 94504 — “Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garov sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida yozuvlarni amalga oshirish uchun davlat qimmatli qogʻozlarini “Garovga olingan” DEPO hisobvaragʻi boʻlimiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida DEPO hisobvaragʻidan olingan koʻchirma asos boʻladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Lombard krediti taʼminoti uchun oʻtkazilgan davlat qimmatli qogʻozlar (bank DEPO hisobvaragʻining “Garovga olingan” boʻlimida) bank balansidan chiqarilmaydi hamda mazkur davlat qimmatli qogʻozlarining hisobini balans hisobvaragʻida yuritish boʻyicha belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Lombard kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik quyidagicha hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankda — 12105 — “Boshqa banklarga berilgan muddati oʻtgan kreditlar” balans hisobvaragʻining “Lombard krediti boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik” (asosiy qarz summasi) shaxsiy hisobvaragʻida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarda — 21602 — “Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻining “Markaziy bankdan olingan muddati oʻtgan lombard kreditlar” (asosiy qarz summasi) nomli shaxsiy hisobvaragʻida, 22410 — “Olingan kreditlar boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan foizlar” balans hisobvaragʻining “Lombard krediti boʻyicha muddati oʻtgan foizlar” (muddati oʻtgan foizlar summasi) shaxsiy hisobvaragʻida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard krediti shartnomasi boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning analitik hisobi Markaziy bank va banklar tomonidan har bir bajarilmagan (qisman) lombard krediti shartnomalari uchun alohida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Bankda Markaziy bankning yuqorida qayd etilgan xabarnomasi va Savdo tizimidan olingan bitimlar roʻyxatidan koʻchirmaga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt 55102 — “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga toʻlanadigan vositachilik va xizmat xarajatlari” — lombard krediti shartnomasi boʻyicha garovga olingan davlat qimmatli qogʻozlarini sotish bilan bogʻliq boʻlgan Markaziy bank xarajatlarini qoplash summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt 22410 — “Olingan kreditlar boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan foizlar” hisobvaragʻining “Lombard krediti boʻyicha muddati oʻtgan foizlar” shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha muddati oʻtgan foizlar summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt 21602 — “Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻining “Markaziy bankdan olingan muddati oʻtgan lombard kreditlar” shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha asosiy qarz summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt 56718 — “Jarima va penya xarajatlari” lombard krediti bajarilmaganligi (qisman) uchun penya summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” Markaziy bank talablari qondirilganidan soʻng qolgan davlat qimmatli qogʻozlarni sotishdan tushgan summaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kt 10701 — “Davlat xazina veksellari” yoki 10705 — “Davlat obligatsiyalari” — sotilgan davlat qimmatli qogʻozlarining balans qiymati summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda sotilgan davlat qimmatli qogʻozlari 94504 — “Olingan kreditlar va lizinglar boʻyicha garov sifatida berilgan qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
(74-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Chet el valyutasini garovga olgan holda berilgan kreditlarning buxgalteriya hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Garov sifatida olingan chet el valyutasi Markaziy bankning 29896 — “Boshqa majburiyatlar” balans hisobvaragʻining alohida “Garovga olingan chet el valyutasi” shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankka garovga berilgan chet el valyutasi banklarning 19997 — “Boshqa aktivlar” balans hisobvaragʻining alohida “Garovga berilgan chet el valyutasi” shaxsiy hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankdan olingan kreditlar banklarning 21602 — “Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻining alohida “Chet el valyutasini garovga qoʻygan holda Markaziy bankdan olingan kreditlar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan lombard kredit taʼminoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qogʻozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20___ yil “___” ___________ holatiga
‎‎

Qimmatli qogʻozning nomi‎‎ Qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatiga olingan raqami‎ Kotirovka qilingan joyning nomi‎
davlat ____ muddatli obligatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgarmas foiz stavka boʻyicha lombard kreditini olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A R I Z A
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzgarmas foiz stavka boʻyicha lombard kreditini olish toʻgʻrisida

‎‎ARIZA

‎‎Raqami _____________

‎‎20___ yil “____” _______________

‎‎________________________________________________________________

(qarz oluvchi bank nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazidagi vakillik hisobvaragʻining raqami
‎________________________________________________________________________

‎‎Aloqa manzilgohi: _________________________________________________________
‎‎telefon: ___________________ faks: _______________

‎‎20___ yilning “___” _________dan 20____ yilning “___” ______________gacha yillik ___________ foiz lombard foiz stavkasi boʻyicha ___________________________ soʻm

‎‎(summa raqamlarda va soʻz bilan yoziladi) ‎‎

miqdorida lombard krediti berishingizni soʻraymiz.‎‎

‎‎Kredit summasini yuqorida qayd etilgan vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazishingizni soʻraymiz.

‎‎Kreditni taʼminlash uchun Oʻzbekiston respublika valyuta birjasidagi _______________________-raqamli DEPO hisobvaragʻimizning “Garovga olingan” (operatori Markaziy bank hisoblangan) boʻlimidagi davlat qimmatli qogʻozlarni oʻtkazamiz.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya etilganligini tasdiqlayman.

‎‎Oʻzbekiston respublika valyuta birjasidagi DEPO hisobvaragʻidan koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.

‎‎Bank vakolatli shaxsining imzosi __________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎M.Oʻ.

‎‎Markaziy bank tomonidan toʻldiriladi
‎‎Arizaning qayd raqami __________________
‎‎Ariza kelib tushgan sana 20___ yil “___” _______________
‎‎Hujjatlarni qabul qilish uchun masʼul shaxs imzosi _____________________________

(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning lombard kreditini olish toʻgʻrisida arizalarni qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D A F T A R I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Sana Qarz oluvchi bankning nomi Kredit olish usuli Arizani qondirish, kreditni berishdan bosh tortish
oʻzgarmas stavka boʻyicha‎ kimoshdi savdosi stavkasi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________________‎

bank rahbariga‎

Lombard krediti berish toʻgʻrisidagi arizani qondirmaslik toʻgʻrisida

‎XABARNOMA

‎Markaziy bank Sizning 20__ yil “___” ____________dagi ____-sonli lombard kreditini berish toʻgʻrisidagi arizangizni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning talablari (bajarilmagan talablar koʻrsatiladi) bajarilmaganligi sababli lombard krediti berish toʻgʻrisidagi arizangizni qondirmasligini maʼlum qiladi.


‎Markaziy bank raisining oʻrinbosari


‎________________‎


‎_______________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_______________ bankka‎


‎Lombard kreditini berish toʻgʻrisida

XABARNOMA‎

Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Sizning 20__ yil “___” ____________dagi ____ -sonli oʻzgarmas lombard foiz stavkasi boʻyicha lombard kreditini olish uchun lombard krediti kimoshdi savdosida qatnashish uchun bergan arizangizni qondirilishi natijalarini maʼlum qilamiz.

‎Bankka berilayotgan lombard krediti summasi ________________________________

‎‎(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)‎

‎Lombard foiz stavkasi yillik ____________ foizni tashkil etadi.
‎‎Lombard kreditini berish sanasi 20__ yil “___” ______________
Lombard kreditini qaytarish sanasi 20__ yil “___” ______________

‎Lombard kreditini berishning asosiy shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va shartnomada (lombard kreditini berishga doir shartnomaning namunaviy shakli ilova qilinadi) belgilangan.


‎Markaziy bank raisining oʻrinbosari


‎‎_________________‎


‎_______________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻtkaziladigan lombard krediti kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank nomi __________________________________________________________‎‎____‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki HKKMdagi vakillik hisobvaragʻi raqami __________
‎Aloqa manzilgohi: _______________________________________________________
‎Telefon: __________________ Faks: ____________
‎Oʻzbekiston respublika valyuta birjasidagi DEPO hisobvaragʻining raqami ____________________________
‎Soʻralayotgan lombard krediti hajmi _______________________________________
(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)‎
‎‎Soʻralayotgan foiz stavka yillik ________________________ foizni tashkil etadi.
‎‎

Bank egalik qilish huquqi (boshqa mulkiy huquq) asosida unga tegishli boʻlgan va bankning boshqa majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlmagan lombard kreditini toʻlash muddati kelganidan soʻng 10 kalendar kunidan kam boʻlmagan muddat ichida toʻlovi amalga oshiriladigan davlat qimmatli qogʻozlarining yetarli miqdoriga ega.

‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarga rioya etilganligini tasdiqlayman.

‎Oʻzbekiston respublika valyuta birjasidagi DEPO hisobvaragʻidan koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Bank vakolatli shaxsining imzosi ___________________________________‎


‎M.Oʻ.‎

(F.I.O.)‎

Markaziy bank tomonidan toʻldiriladi‎
Arizaning qayd raqami __________________‎‎
‎Ariza kelib tushgan sana 20__ yil “___” ________________
Hujjatlarni qabul qilish uchun masʼul shaxs imzosi
‎___________________________________‎

(F.I.O.)‎

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgarmas foiz stavka boʻyicha chet el valyutasini garovga qoʻygan holda kredit olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______ -son

“___” _____________ 20__ yil‎

‎‎
‎_______________________________________________________________________

‎(qarz oluvchi bankning nomi)

‎OʻzRMB HKKMdagi Vakillik hisobvaragʻi raqami ____________________________
OʻzRMB HKKMdagi chet el valyutasidagi depozit hisobvaragʻi raqami‎‎
‎Pochta manzili __________________________________________________________
Telefon _________________________ Faks _______________________‎‎
‎20___ yilning “___” ________dan 20____ yilning “___” ___________gacha boʻlgan muddatga, _________________________ yillik foiz stavkasi bilan

(foiz raqam va soʻz bilan)‎

‎____________________________________________________ soʻm miqdorida kredit

(summa raqam va soʻz bilan)‎

ajratishingizni soʻraymiz.‎

‎Ajratilgan kredit summasini yuqorida qayd etilgan vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazishingizni soʻraymiz.

‎Kredit taʼminoti uchun, Markaziy bank kursi boʻyicha ___________ soʻm ekvivalentiga teng boʻlgan ___________ miqdoridagi chet el valyutasi Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi (bank kodi 00014)dagi 29896-sonli hisobvaragʻiga ___________ oʻtkazildi.

‎Bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlaymiz.

29896-sonli _____ hisobvaraq koʻchirmasidan nusxa ilova qilinmoqda.‎‎

‎Bank vakilining imzosi

‎___________________________________‎


‎M.Oʻ.‎

(F.I.O.)‎

Markaziy bank tomonidan toʻldiriladi: ‎
Arizani qayd etilgan raqami‎
Ariza kelib tushgan sana 20___ yil “___” _____________‎‎‎

‎Hujjatlarni qabul qilinishiga masʼul shaxs imzosi


‎___________________________________‎

(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasini garovga qoʻygan holda kreditlar olish uchun banklardan tushgan arizalarni qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Sana‎‏ Qarz oluvchi bankning nomi‏ Kredit olish usuli Arizani qondirilishi, kredit berishni rad etish

oʻzgarmas stavka boʻyicha‎

kimoshdi savdosi stavkasi boʻyicha‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasini garovga olgan holda kredit berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XABARNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq, Sizning bankingizdan chet el valyutasini garovga qoʻygan holda kredit olish boʻyicha 20___ yil “___” __________ tushgan arizani oʻzgarmas stavka boʻyicha/kimoshdi savdosida ishtirok etish orqali qondirilish natijalarini maʼlum qilamiz.

Bankka ajratiladigan kredit miqdori ______________________________________
‎_______________________________________________________________________

(summa raqam va soʻz bilan)

‎Foiz stavkasi ____________________________________________________ yillik

(foiz miqdori raqam va soʻz bilan)

Kredit ajratiladigan kun: 20___ yil “___” _____________
‎Kreditni qaytarish kuni: 20___ yil “___” ______________

‎Kredit ajratilishining asosiy shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda va kredit shartnomasida (kredit shartnomalari ilova qilinmoqda) belgilab qoʻyilgan.


‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari




‎_______________‎




‎_______________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻtkaziladigan chet el valyutasini garovga olgan holda kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______ -son‎

20___ yil “___” ____________‎


‎Bankning nomi __________________________________________________________
OʻzRMB HKKMdagi vakillik hisobvaragʻi raqami _____________________________
‎‎OʻzRMB HKKMdagi chet el valyutasidagi depozit hisobvaragʻi raqami ____________
‎_______________________________________________________________________
Pochta manzili __________________________________________________________
Telefon ___________________________ Faks _______________________________
‎Ariza berilgan kredit miqdori ___________________________________________
‎____________________________________________________________________ soʻm

(summa raqam va soʻz bilan)‎

Yillik __________________________________ foiz stavkasi bilan

(foiz raqam va soʻz bilan)‎

‎Kreditning taʼminotiga Markaziy bank kursi boʻyicha ___________ soʻm ekvivalentiga teng boʻlgan ___________ miqdoridagi chet el valyutasi Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi (bank kodi 00014) dagi 29896-sonli hisobvaragʻiga ___________ oʻtkazildi.

‎Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan talablar bajarilganligini tasdiqlaymiz.

‎29896-son ___________ hisobvaraq koʻchirmasidan nusxa ilova qilinmoqda.

‎Bank vakilining imzosi‎

‎___________________________________‎
M.Oʻ.‎

(F.I.O.)‎

Markaziy bank tomonidan toʻldiriladi:‎
Ariza qayd etilgan raqami __________________
Ariza kelib tushgan sana 20___ yil “___” _____________‎‎

‎Hujjatlarni qabul qilinishiga masʼul shaxs imzosi


‎___________________________________‎

(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 80-modda; 2015-y., 44-son, 570-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 26.05.2026-y., 10/26/3841/0538-son)