Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (“QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLAR CHUQURLASHTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2009-YIL 25-DEKABRDAGI OʻRQ-240-SON QONUNI)
“Qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-fevral,
40-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarorida:
a) 1-ilova III boʻlimi 6-bandining oltinchi xatboshiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “yoki suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 4-ilovada:
I boʻlim 3-bandining toʻqqizinchi xatboshiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “yoki suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
IX boʻlimning 6-bandiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
a) 4-bandning oltinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmasi” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 4-ilovada:
2.1-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 3.2-bandning oltinchi xatboshidagi “tanlovda” soʻzi “ochiq tanlovda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2.1-bandning beshinchi xatboshidagi “tanlovni” va 3.2-bandning beshinchi xatboshidagi “tanlov” soʻzlari tegishli ravishda “ochiq tanlovni” va “ochiq tanlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “xoʻjaliklararo va xoʻjalik ichki sugʻorish tizimlarini” soʻzlari “sugʻorish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “tanlov” soʻzi “ochiq tanlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “tanlov asosida” soʻzlari “ochiq tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ilovada “Chora-tadbirlar” ustunidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmasi” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-ilovada:
2.1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari ochiq tanlov asosida beriladi”;
3.2-bandning ikkinchi xatboshidagi “tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi” soʻzlari “qishloq va suv xoʻjaligi tuman boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish tartibiga 1-ilovadagi “35-moddasiga”, “tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga” soʻzlari tegishli ravishda “35-1 va 50-1-moddalariga”, “qishloq va suv xoʻjaligi tuman boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 6-ilovaning 6-bandidagi “tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi” soʻzlari “qishloq va suv xoʻjaligi tuman boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 7-ilovada:
1.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.2. Ushbu tartibda quyidagi atamalar qoʻllanilgan:
oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish rejasini tuzish, suvdan foydalanuvchilarni va suv isteʼmolchilarini suv bilan taʼminlash, suvni taqsimlash, suv aylanishini belgilash, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli ustuvorligiga rioya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini va suv isteʼmolini nazorat qilish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish ishlarini tashkil etish kabilarni oʻz ichiga oluvchi ishlar majmui;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv isteʼmolchisi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxslar boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
suv xoʻjaligi obyekti — suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni isteʼmol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida xoʻjalik faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
meliorativ texnika va mol-mulk — ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, drenaj yuvish agregatlari, yuk koʻtarish kranlari va qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududidagi suv xoʻjaligi obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi boshqa mol-mulk;
foydalanish — suv xoʻjaligi obyektlarining bir maromda ishlashini taʼminlovchi, obyektlarning texnik holatini kuzatish, tekshirish, taʼmirlash-tiklash ishlarini bajarish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishni oʻz ichiga oluvchi ishlar majmui;
suv olish limiti — amaldagi qoidalarga muvofiq maqsadli suvdan foydalanish va suv isteʼmoli uchun vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan suv resurslarining cheklangan hajmi;
suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli rejasi — suv olishning belgilangan limiti doirasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimi, hududning irrigatsiya-meliorativ va tuproq sharoitlarini hamda boshqa shartlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining xoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlari asosida tuziladigan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv obyektlaridan suv olishi jadvali”;
II boʻlimning nomidagi “Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi” soʻzlari “Suv isteʼmolchilari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2.1 va 2.2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.1. “Suv isteʼmolchilari uyushmasi” (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) ustun darajada gidrografik prinsip yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan foydalanishni taʼminlaydigan boshqa shartlar boʻyicha tashkil etiladi.
2.2. Yuridik shaxs tashkil etgan holda fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, shuningdek boshqa suv isteʼmolchilari — yuridik shaxslar suv isteʼmolchilari uyushmalarining muassislari boʻlishi mumkin.
Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv isteʼmolchilari suv isteʼmolchilari uyushmalari aʼzolari boʻlishi mumkin”;
2.3 va 3.7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2.7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning barcha suv xoʻjaligi obyektlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan xoʻjalikning normal faoliyat koʻrsatish uchun zarur meliorativ texnika, binolar va boshqa mol-mulki”;
3.1 — 3.3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.1. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini suv bilan taʼminlash ustuvorlik boʻyicha, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Suv olishga faqat shartnoma asosida suvni tartibga solish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan roʻyxatdan oʻtkazilgan suv ajratish tarmoqlarida (kanallarning suv olish inshootlari, quduq, nasos stansiyasi (agregat) va boshqa suv olish inshootlari)da ruxsat beriladi.
Uyushmaning suv xoʻjaligi obyektlaridan fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga suv ajratishning qoʻshimcha tarmoqlarini oʻrnatish masalasi Uyushma tomonidan irrigatsiya tizimining tegishli boshqarmasi hamda qishloq va suv xoʻjaligi tuman boʻlimi bilan kelishuv boʻyicha belgilangan tartibda hal etiladi.
Boshqa suv xoʻjaligi obyektlaridan suv ajratishning qoʻshimcha tarmoqlarini oʻrnatish masalasi xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi.
3.2. Uyushma suvdan limit boʻyicha foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida oʻz faoliyati hududidagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini suv bilan taʼminlash uchun suv olishga unga xizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi.
Unga xizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomada suv olish manbai koʻrsatilgan holda har 10 kunda suv olish hajmi koʻrsatiladi.
Shartnomaning namunaviy shakli qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
3.3. Suvdan belgilangan limit boʻyicha foydalanish rejasi Uyushma tomonidan bir yilda ikki marta tuziladi hamda qishloq va suv xoʻjaligi tuman boʻlimi bilan kelishgan holda unga xizmat koʻrsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suvdan foydalanishning limitlangan rejasi tarkibida suvdan foydalanishning maqsadli vazifasi, suv ayirgichlar va sugʻorish kanallari koʻrsatilgan holda istisnosiz barcha suv isteʼmolchilari uchun har 10 kunda suv olish hajmi koʻrsatiladi”;
3.4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.4. Suv berilishini taʼminlash uchun Uyushma oʻzi xizmat koʻrsatadigan zonadagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bilan har 10 kunda beriladigan suv miqdorini, suv ayirgichlar va manbalarini koʻrsatgan holda shartnomalar tuzadi”.
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
3.6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.6. Suv yetkazib berish boʻyicha Suv isteʼmolchilari uyushmasi xizmatlariga, shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlariga shartnoma asosida haq toʻlanadi”;
4.1 — 4.4-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4.1. Suv xoʻjaligi obyektlaridan va Uyushmaning boshqa mol-mulkidan foydalanish hamda Uyushmaning oʻzining taʼminoti suv yetkazib berish boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlashdan fermer va dehqon xoʻjaliklaridan, fuqarolardan va Uyushmaning boshqa aʼzolaridan haq sifatida tushadigan mablagʻlar, shuningdek u tomonidan koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari hisobiga uyushmaning sugʻoriladigan yerlari maydoni, qishloq xoʻjalik ekinlari turlari, suv berish hajmi, tuproq-iqlim xususiyatlari va boshqa xususiyatlar hisobga olingan holda Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishida belgilanadigan miqdorlarda amalga oshiriladi.
4.2. Uyushmaning suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda va Uyushmaning oʻzining taʼminotida har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisining ulushli qatnashishini aniqlash uchun har yili amaldagi normativlar asosida, qimmatlashish indeksi hisobga olingan holda xarajatlar smetasi tuziladi.
Suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan xarajatlar smetasi Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi.
4.3. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa aʼzolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulkidan foydalanish ularning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4.4. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa aʼzolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulki alohida shartnomalar boʻyicha ulardan foydalanish uchun Uyushmaga berilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda):
a) 5-ilovada:
6-bandning sakkizinchi xatboshida “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “suvdan limit boʻyicha foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar” soʻzlari “suv isteʼmolchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“kanallar va kollektorlardan, suv omborlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlaridan va boshqa davlat suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishni tashkil etadi”;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “gidromelioratsiya tizimlaridan” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv xoʻjaligi obyektlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik sunʼiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga ruxsatnomalar beradi, tabiatni muhofaza qilish organlariga tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish va suv isteʼmoliga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi”;
yigirma birinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma ikkinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
sakkizinchi xatboshida “suv xoʻjaligi tashkilotlarini” soʻzlari “suv isteʼmolchilarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning beshinchi xatboshiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 6-ilovada:
uchinchi xatboshiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “suv berish” soʻzlari “suv olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshida “suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishga, suvdan foydalanuvchilar tomonidan suvning hisobga olinishini tashkil etishga” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishga, suvdan foydalanuvchilar tomonidan suvning hisobga olinishini tashkil etishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “viloyat suvdan foydalanuvchilari” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv isteʼmolchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish ishlari va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek suvdan foydalanish va suv isteʼmolini hisobga olishni tashkil etish, shuningdek ularni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirish”;
oʻn yettinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalari” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “suvdan foydalanish uchun shartnomalar” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilari bilan suvdan foydalanish va suv isteʼmoliga shartnomalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn yettinchi xatboshiga “suvdan foydalanuvchilar” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolchilari” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“suv isteʼmolchilari uyushmalari faoliyati, ularning suv xoʻjaligi obyektlarida taʼmirlash-tiklash ishlari oʻtkazilishi va suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishi ustidan monitoring olib boradi”;
v) 6a-ilovada:
toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tuman suv isteʼmolchilari uyushmalari boʻyicha suv olish limitlarini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash, bozor prinsiplari va mexanizmlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish, shuningdek limit boʻyicha suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya qilish;
limitlangan suvdan tejab foydalanilishi uchun suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer va dehqon xoʻjaliklarini va tumanning boshqa qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilarini ragʻbatlantirishni tashkil etish;
suv isteʼmolchilari uyushmalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilari tomonidan suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilishda qatnashish”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “tuman qishloq xoʻjaligi suvdan foydalanuvchilari boʻyicha suvdan foydalanish” soʻzlari “tuman suv isteʼmolchilari uyushmalari boʻyicha suv olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “shartnomalar tuzish” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilari bilan shartnomalar tuzish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshiga “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilarni” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma uchinchi xatboshiga “suvdan limit boʻyicha foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligini boshqarishni tashkil etishni boshqarish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 65-modda):
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshiga “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining” soʻzlari qoʻshilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “suv isteʼmolchilari boʻyicha” soʻzlari “suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovada:
3-bandning ikkinchi xatboshiga “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining” soʻzlari qoʻshilsin;
4-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“suvdan foydalanish va suv isteʼmoli prognozlari umumlashtirilishini, suv resurslari balansi ishlab chiqilishini, suv olish limitlari va havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ayrim alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining suv olish limitlari belgilanishini taʼminlaydi”;
uchinchi xatboshiga “suvdan foydalanishda” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolida” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik sunʼiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga ruxsatnomalar berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va materiallarni tayyorlash, shuningdek tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga va suv isteʼmoliga ruxsatnomalar berish, shuningdek suv olish tarmoqlarini roʻyxatdan oʻtkazish (kommunal-maishiy sohaning foydalanish tashkilotlari suv xoʻjaligi obyektlaridan va suv isteʼmolchilari uyushmalaridan suv olish tarmoqlari bundan mustasno) va foydalanishni hisobga olishni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida tabiatni muhofaza qilish organlariga takliflar kiritish”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“suv isteʼmolchilari uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, shuningdek ularning xizmat koʻrsatish zonasida suv hisobini tashkil etishda metodik va amaliy yordam koʻrsatadi”;
v) 5a-ilovada:
uchinchi xatboshidagi “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “isteʼmolchilarni” soʻzlari “suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “suv isteʼmolchilari” soʻzlari “suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshiga “suvdan foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining, shuningdek” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik sunʼiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga ruxsatnoma beradi, tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish va suv isteʼmoliga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida tabiatni muhofaza qilish organlariga takliflar kiritadi”;
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshiga “suvdan limit boʻyicha foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
6-bandning toʻrtinchi xatboshiga “suvdan limit boʻyicha foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 5b-ilovada:
4-bandning toʻrtinchi xatboshiga “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining” soʻzlari qoʻshilsin;
5-bandning beshinchi xatboshidagi “suvdan foydalanishning” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmolining” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ichki xoʻjalik gidromeliorativ tarmoqlarda” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv xoʻjaligi obyektlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshiga “suvdan limit boʻyicha foydalanish” soʻzlaridan keyin “va suv isteʼmoli” soʻzlari qoʻshilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
a) 6-ilovada:
1-banddagi “tanlov asosida” soʻzlari “ochiq tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Fermer xoʻjaligi:
ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlangan holda fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan oʻz xohishiga koʻra isteʼmolchilarga sotish huquqiga ega boʻlish;
yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;
elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xoʻjaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar koʻrsatishga shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak boʻlgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi oʻzining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablagʻlarini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini garovga qoʻyish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni taʼmirlash;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Fermer xoʻjaligi:
qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni taʼminlashga;
ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishga;
yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir yil mobaynida yer uchastkasidan foydalanishni boshlashga;
paxta va boshoqli ekinlarni navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;
suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishga;
ushbu fermer xoʻjaligi aʼzo hisoblangan Suv isteʼmolchilari uyushmasi balansidagi sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;
suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi polosalar, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
yer uchastkasini ogʻirlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini taʼminlashga;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashga;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlashga;
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, oʻz xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni taʼminlashga majburdir.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin”;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul mablagʻlari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin”;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Fermer xoʻjaligining muassisi — fermer uning boshligʻi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan, tegishli malakaga yoki qishloq xoʻjaligida ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarosi fermer boʻlishi mumkin”;
VI boʻlimning nomidagi “suvdan foydalanish” soʻzlari “suv isteʼmoli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “tanlov asosida” soʻzlari “ochiq tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida oʻz oilasi aʼzolaridan biriga berishi mumkin”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
26-banddagi “suvdan foydalanish” soʻzlari “suv olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“39. Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechish;
fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼtirof etilishi, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitoblar muntazam ravishda amalga oshirilmasligi;
fermer xoʻjaligi boshligʻining vafot etishi va xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlaydigan merosxoʻrning yoʻqligi;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi zarur boʻlganda yoxud yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanilganda, shu jumladan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgandan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilinishi.
Fermer xoʻjaligi:
fermer xoʻjaligi boshligʻi (fermer)ning;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tugatiladi”;
b) 7-ilovada:
2-banddagi “tanlov asosida” soʻzlari “ochiq tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Yer uchastkalari fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlardan va zaxira yerlardan ajratiladi.”.
ikkinchi xatboshidagi “10” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “1” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
10-banddagi “yer tuzish xizmati organlari” soʻzlari “tumanlarining yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“II. Yer uchastkalari berish tartibi”;
14-banddan “qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)ning nomi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
III va IV boʻlimlar nomi chiqarib tashlansin;
V-VI boʻlimlar tegishli ravishda III, IV boʻlimlar deb hisoblansin.
ikkinchi xatboshidagi “Hokimning” soʻzlari “Tuman hokimining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
18 — 30-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
33-banddagi “viloyat hokimi” soʻzlari “yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
35-bandning birinchi xatboshidagi va 37-bandning birinchi xatboshidagi “yer resurslari boʻyicha tuman xizmati” soʻzlari “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi “yer resurslari boʻyicha tuman xizmati”, “yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida” soʻzlari tegishli ravishda “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi”, “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-bandning beshinchi xatboshidagi “viloyat hokimining” soʻzlari “yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-banddagi “yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida” soʻzlari “tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
42-banddagi “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, tashkilotining va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 8-ilovaning X boʻlimida:
birinchi xatboshidagi “yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida” soʻzlari “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “yer resurslari boʻyicha tuman xizmatida” soʻzlari “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 1-ilovada:
a) 1-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxslar boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti”;
b) suvdan foydalanuvchilar uyushmasiga koʻrsatmalar tegishli kelishikda suv isteʼmolchilari uyushmasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 63-modda):
a) 1-ilovada:
7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmasi” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning uchinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalari, fermer xoʻjaliklari va boshqa suvdan foydalanuvchilar” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va yettinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalari” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalari mutaxassislari tomonidan fermerlar, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar bilan birgalikda” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari mutaxassislari tomonidan fermerlar, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning oltinchi xatboshida, 17-bandning birinchi xatboshida, 37-bandning ikkinchi xatboshida va 56-bandning ikkinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalari” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga sxemada “Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari” soʻzlari “Suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi va 17-bandining birinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalari” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 28-son, 322-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son; 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 01.07.2025-y., 09/25/401/0560-son)