OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“SAVDO TAShKILOTLARI TOMONIDAN IJTIMOIY AHAMIYATGA EGA BOʻLGAN AYRIM TURDAGI ISTEʼMOL TOVARLARI (UN, OʻSIMLIK YoGʻI VA QAND-ShAKAR)GA ChEKLANGAN SAVDO USTAMALARINI QOʻLLANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1083-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son “Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 144-modda) 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2001-yil 1-noyabrdagi 120, 9, 2001-112-son “Savdo tashkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim turdagi isteʼmol tovarlari (un, oʻsimlik yogʻi va qand-shakar)ga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2001-yil 13-noyabr, roʻyxat raqami 1083) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 21-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-fevral,
13-son
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-fevral,
39 u-r-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-fevral,
2011-8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 83-modda)