OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Qarori
“BIR TALABANI OʻQITISh XARAJATLARIDAN KELIB ChIQIB BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIGA OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING XARAJATLARINI NORMATIV REJALAShTIRISh VA MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2136-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 4-martdagi 14-son hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 2-martdagi 3-2021-sonli ““Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2136-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 178-son “Respublikaning oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 276-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 67, 329-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 2136, 2010-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 296-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 15-fevral,
11-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 15-fevral,
56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 15-fevraldagi 11, 56-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 3-1 band bilan toʻldirilsin:
“3-1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili kelgusi moliya yili uchun budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika oliy taʼlim muassasalarining guruhlari boʻyicha bir talabani oʻqitish xarajatlarining bazaviy normativlarini tasdiqlaydilar.”.
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. OTMning xarajatlar smetasini tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami № 2157, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 440-modda) asosan amalga oshiriladi.”.
3. 10-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va amaldagi stipendiya bilan taʼminlash tartibiga muvofiq hisoblanadi;”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 82-modda)