Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ISH HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida:
1. 1996-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida:
ish haqining eng oz miqdori — oyiga 400 soʻm;
mehnat pensiyasining eng oz miqdori — oyiga 900 soʻm;
fuqarolarning soliqqa tortilmaydigan daromadi eng oz miqdori — oyiga 550 soʻm;
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryadning eng oz miqdori — oyiga 550 soʻm miqdorida belgilansin.
2. 1996-yilning 1-aprelidan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari stipendiyalarining miqdorlari oʻrta hisobda 1,4 baravar oshirilsin.
3. 1996-yil 1-apreldan quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
— bolaligidan nogironlar uchun nafaqalar miqdori oyiga 900 soʻm;
— zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun nafaqalar miqdori oyiga 550 soʻm.
4. Ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek bolali oilalarga nafaqalar hamda eng oz ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar ushbu Farmonda koʻrsatilgan eng oz ish haqi miqdori asosida 1996-yil 1-apreldan boshlab amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va muassasalar mazkur Farmon qoidalariga asoslanib hamda 1996-yil 1-apreldan joriy etiladigan mehnatga haq toʻlash Yagona tarif setkasini hisobga olgan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning va xodimlar mansab maoshlarining miqdorlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
6. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va ijtimoiy sugʻurta fondi hisobidan qoplansin.
7. Xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar ish haqini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat xarajatlarini pasaytirish hisobidan mehnat haqi fondi doirasida oshirsinlar va bunda mazkur Farmon bilan belgilangan eng oz ish haqi koʻpaytirilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 18-mart,
PF-1408-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 25-modda)