OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QOʻMITASI
Qarori
ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA REKLAMA TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI TALABLARIGA RIOYA ETILISHI YUZASIDAN TAHLIL (OʻRGANISH, KOʻRIK) OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil 23-son, 182-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-fevral,
1-son
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil 23-son, 182-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tahlil — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) xodimlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonun hujjatlari talablari bajarilishi yuzasidan, moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda oʻrganish va/yoki koʻrikdan oʻtkazishga qaratilgan harakatlar majmui;
Keyingi tahrirga qarang.
soʻrov — monopoliyaga qarshi organ rahbari (oʻrinbosari) tomonidan imzolangan, xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolar tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim boʻlgan, tahlil oʻtkazish uchun zarur maʼlumot (hujjat, material)lar roʻyxatini oʻz ichiga olgan yozma talabnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
ariza — huquq buzilishi holatlari (belgilari) mavjudligini koʻrsatuvchi yozma ravishda yoki monopoliyaga qarshi organning ishonch telefoniga kelib tushgan fuqarolar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa organlardan tushgan axborot, shuningdek ommaviy axborot vositalaridagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrganish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolardan, shuningdek qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan monopoliyaga qarshi organ soʻroviga asosan taqdim etilgan hujjat va materiallarni yigʻish va koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻrik oʻtkazish — maʼlumotlarni yigʻish, shuningdek joyiga chiqqan holda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan reklamani tarqatishga oid xatti-harakatlarini audio va vizual ravishda kuzatish, zarur hollarda foto, audio va/yoki video surʼatga olish yoki qonunda taqiqlanmagan boshqa usulda qayd qilish;
II. Tahlil oʻtkazish
2. Tahlil oʻtkazish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
monopoliyaga qarshi organga kelib tushgan arizalar;
monopoliyaga qarshi organning rahbari (oʻrinbosari) tomonidan tegishli davr uchun tasdiqlangan ish reja;
bevosita monopoliyaga qarshi organ xodimlari tomonidan koʻrik oʻtkazish davomida qonun hujjatlari buzilishi holatlari (belgilari)ni aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida topshiriqlari.
3. Tahlil oʻrganish va/yoki koʻrik oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
4. Oʻrganish:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olish, ulardan nusxa koʻchirish hamda ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarur hollarda, ariza beruvchi, shuningdek ularga nisbatan ariza berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari bilan suhbat oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab boʻlgan holatlar (belgilar) boʻyicha yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olish;
zarur hollarda, arizani oldindan koʻrib chiqish materiallari boʻyicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish, har tomonlama, toʻliq va obyektiv ravishda koʻrib chiqish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladi.
5. Isteʼmolchilarning huquqlarini kamsitilishi boʻyicha ariza va shikoyatlarni oʻrganish mobaynida, isteʼmolchilarning huquqlarini buzilishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda), tekshirish oʻtkazish uchun Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalaridan ruxsat olinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soʻrovda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
soʻrov joʻnatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining toʻliq nomi va pochta manzili hamda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi (yashash joyi);
Keyingi tahrirga qarang.
joʻnatish uchun asoslar (ish reja, huquq buzilishi holati (belgisi) yoki ariza);
taqdim etilishi lozim boʻlgan zarur hujjatlar roʻyxati;
qonun hujjatlarini buzilish holati (belgisi) boʻyicha tushuntirish;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan oqilona muddat;
maʼlumot taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻgʻri maʼlumot taqdim etganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish;
monopoliyaga qarshi organ rahbari (oʻrinbosari)ning imzosi;
monopoliyaga qarshi organ masʼul ijrochisining familiyasi, ismi, va otasining ismi hamda aloqa maʼlumotlari.
7. Koʻrik monopoliyaga qarshi organ rahbarining (oʻrinbosarining) koʻrik oʻtkazish joyi, vaqti va koʻrikni oʻtkazishga masʼul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uning asosi koʻrsatilgan buyrugʻiga asosan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Koʻrik oʻtkazishda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyasidan ruxsat olish talab etilmaydi. Koʻrik oʻtkazish davrida monopoliyaga qarshi organ xodimlari tomonidan Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻrik, uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda qayd etilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Koʻrik oʻtkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan maʼlumotlarning koʻrigi doimiy ravishda, monopoliyaga qarshi organning koʻrik oʻtkazishni maʼlum bir xodimga yuklatish haqidagi buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻtkazilgan koʻrik natijasida ikki nusxada maʼlumotnoma tuzilib, uning bir nusxasi reklama tarqatuvchi rahbariga (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsiga) beriladi. Maʼlumotnomada quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
monopoliyaga qarshi organning nomi;
koʻrik oʻtkazilgan joy, vaqt va sana;
koʻrik oʻtkazayotgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
koʻrik oʻtkazish uchun qabul qilingan buyruqning raqami va sanasi;
reklama tarqatuvchining toʻliq nomi va uning masʼul shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi;
aniqlangan huquqbuzilish holatlari (belgilari);
koʻrik oʻtkazgan xodimlarning hamda reklama tarqatuvchining rahbarini (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsining) imzosi.
9. Monopoliyaga qarshi organ xodimlari, koʻrik oʻtkazilayotgan reklama tarqatuvchining tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manziliga oid maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida reklama tarqatuvchining rahbari (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsi) bilan suhbat oʻtkazishi mumkin.
Koʻrik oʻtkazish davrida reklama tarqatuvchidan, har qanday, shu jumladan uning moliya-xoʻjalik faoliyatiga oid hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.
Maʼlumotnomaga reklama tarqatuvchining rahbari (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsi) imzo qoʻyishdan bosh tortgan holda, maʼlumotnomaga “imzodan bosh tortdi” degan qayd kiritiladi.
Koʻrik oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi hamda koʻrik natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnoma, uni olganligini tasdiqlovchi tilxat asosida reklama tarqatuvchining rahbariga (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsiga) beriladi.
Buyruq nusxasi hamda koʻrik natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnomani olganligini tasdiqlovchi tilxatga reklama tarqatuvchining rahbari (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsi) imzo qoʻyishdan bosh tortgan holda, maʼlumotnomada “tilxatga imzo qoʻyishdan bosh tortdi” degan qayd kiritiladi.
10. Oʻtkazilgan koʻrik natijasida tuzilgan maʼlumotnoma, monopoliyaga qarshi organda yuritiladigan raqamlangan, ip bilan tikilgan va muhrlangan maxsus jurnalda, koʻrik oʻtkazilgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatga olinishi lozim.
Monopoliyaga qarshi organ, oʻtkazilgan koʻrik natijasida tuzilgan maʼlumotnomada qayd etilgan huquqbuzarlik holatini (belgisini) toʻliq va obyektiv koʻrib chiqish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda soʻrovni amalga oshirishi mumkin.
11. Oʻtkazilayotgan tahlil davomida huquqbuzarlik holati (belgi)larini mavjudligiga yetarlicha asoslar aniqlangan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va/yoki reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Javobgarlik
12. Mazkur Yoʻriqnomaga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik, monopoliyaga qarshi organ rahbari hamda tahlil oʻtkazishga masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
IV. Yakunlovchi qoida
13. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2011-yil 9-fevral