Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 07.02.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 4-modda), “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 1-2-son, 1-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1999-y., 4-son, 18-modda) va 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 31-son, 260-modda) qarorlariga muvofiq vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar deb ataladi) turar joylarining saqlab qolinishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joyga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish maqsadida, ularni yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasalarga, oilaviy bolalar uylariga, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi bo‘yicha turar joyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

TASDIQLAYMAN

___________________________________

(Vasiylik va homiylik organi rahbari F.I.Sh. va imzosi)


M O‘

“____”_______________201__y.

(hisobot tuzilgan sana)

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylarining saqlanishi ahvoli to‘g‘risida vasiylik va homiylik organlari (qonuniy vakillar)ning
___________ davri yakuni bo‘yicha

HISOBOTI

1. Hisobot taqdim etildi
_______________________________________________________________________

(pochta indeksi, manzili)

_______________________________________________________________________
manzili bo‘yicha istiqomat qiluvchi ________________________________________
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________

(Yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun saqlangan turar joy joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari (qonuniy vakillar) vakillarining F.I.Sh.)

Pasport raqami va seriyasi: №________, _______________
Kim tomonidan va qachon berilgan: ________________________________________
_______________________________________________________________________
Tug‘ilgan sanasi____________, tug‘ilgan joyi________________________________
Tel: _________________________
Ish joyi va lavozimi____________________________________________________
_______________________________________________________________________
2. Hisobot yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________

(pochta indeksi, manzili)

_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________

(yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning F.I.Sh.)

uchun saqlanib qolgan turar joy holati va saqlanishi to‘g‘risida tuzilgan.

3. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joyga joylashtirish vaqti va shakli
_______________________________________________________________________

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi