OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
TAʼLIM MUASSASALARIDA OʻQUV-TARBIYA JARAYONIDA OʻQUVCHILAR VA TALABALAR BILAN YUZ BERGAN BAXTSIZ HODISALARNI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2184]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-dekabr,
202-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 23-dekabrdagi 202-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom taʼlim muassasalarining rejalashtirgan darslari, amaliy mashgʻulotlari, laboratoriya ishlari, harbiy taʼlim boʻyicha dars mashgʻulotlari, sport mashgʻulotlari, ijtimoiy foydali mehnati, hasharlar va musobaqalar hamda ushbu muassasalarda oʻtkaziladigan boshqa oʻquv-tarbiya ishlari vaqtida oʻquvchilar va talabalar (bundan buyon matnda taʼlim oluvchilar deb yuritiladi) bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishga tatbiq etiladi.
3. Tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tekshiriladigan va hisobga olinadigan baxtsiz hodisalar turiga mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan holatlarda roʻy bergan turli tan jarohatlarini olish, shikastlanish, issiqlik taʼsiri, portlash, falokatlar, imoratlar va konstruksiyalar buzilishi, kuyish, muzlash, qizish, elektr toki yoki yashin urishi, hayvonlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar tomonidan hamda terroristik harakatlar natijasida shikastlanishlar, zaharlanishlar, tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, suvga choʻkish, turli avariya holatlari va boshqalar) kiradi.
5. Baxtsiz hodisa tufayli olgan jarohati jabrlangan taʼlim oluvchining kamida bir kunlik oʻquv mashgʻulotlarini qoldirilishiga sabab boʻlsa, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
6. Baxtsiz hodisa yuzasidan tekshirish olib borayotgan komissiyalar baxtsiz hodisalarni tekshirish yuzasidan ichki ishlar boʻlimlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari va yongʻin xavfsizligi xizmati organlari bilan hamkorlik qiladi.
7. Yuz bergan baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirilishi hamda hisobga olinishini, shuningdek baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organlari va tarmoq kasaba uyushmasi nazorat qiladi.
II. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish
1-§. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishning umumiy qoidalari
8. Taʼlim oluvchi bilan yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa jabrlanuvchi yoki uning yonida boʻlgan guvohlar tomonidan taʼlim muassasasi rahbariyatiga darhol xabar berilishi kerak, u esa oʻz navbatida:
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatilishini va uni tibbiy-davolash qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
tekshirish komissiyasi ish boshlaguniga qadar hodisa joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday boʻlsa, shundayligicha (agar bu atrofdagilar hayoti hamda salomatligiga tahlika solmayotgan boʻlsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi;
yuz bergan baxtsiz hodisa boʻyicha darhol yuqori turuvchi organiga xabar berishi shart.
2-§. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan oqibati ogʻir boʻlmagan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish
9. Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan oqibati ogʻir boʻlmagan baxtsiz hodisalarni tekshirish uchun taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga koʻra uning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari raisligida, taʼlim muassasasi kasaba uyushmasi va ota-onalar qoʻmitasi vakillari ishtirokida komissiya tuziladi.
Mazkur baxtsiz hodisaning kelib chiqishida bevosita javob beruvchi taʼlim muassasasining tegishli xodimlari komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
10. Baxtsiz hodisani tekshirish boʻyicha tuzilgan komissiya quyidagilarni:
uch kun ichida baxtsiz hodisaning roʻy berish sabablarini tekshirishi, guvohlar va baxtsiz hodisani kelib chiqishiga bevosita aloqador boʻlgan shaxslardan hamda imkoni boʻlsa jabrlanuvchilardan tushuntirish xatlari olishi;
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrsatilgan dalolatnomani uch nusxada tuzishi va imzo chekib, tasdiqlash uchun taʼlim muassasasi rahbariga berishi lozim.
Taʼlim muassasasi rahbari tekshirish tugaganidan soʻng uch kundan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakillariga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi dalolatnomani berishi kerak.
11. Taʼlim muassasasi rahbari baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish choralarini koʻradi va tekshirish tamom boʻlgandan soʻng uch kun davomida tasdiqlangan dalolatnomani jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakillariga, taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga yuboradi va tekshirish materiallari bilan birga bir nusxasi taʼlim muassasasining oʻzida qoldiriladi.
12. Baxtsiz hodisalar taʼlim muassasasi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Taʼlim oluvchilar bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni hisobga olish jurnalida hisobga olinadi.
13. Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakillari dalolatnomada voqeaning biror bir muhim tafsiloti tushirib qoldirilganligini, voqealar buzib koʻrsatilganligini aniqlaganda yoki boshqa noroziliklar yuzasidan taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
3-§. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
14. Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;
oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar.
Baxtsiz hodisa natijasida taʼlim oluvchilarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararning ogʻirlik darajasi toʻgʻrisidagi xulosa davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladi.
15. Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisa toʻgʻrisida taʼlim muassasasi rahbari darhol quyidagilarga xabar berishi lozim:
taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga;
tuman (shahar) hokimligiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi ichki ishlar boʻlimiga;
tarmoq kasaba uyushmasi kengashiga;
jabrlanuvchining qonuniy vakillariga.
16. Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar taʼlim muassasalarining boʻysunuvi boʻyicha tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarlarining buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan tekshiriladi.
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari, hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshliqlari oʻrinbosari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosari raislik qiladi va uning tarkibiga tarmoq kasaba uyushmasi, taʼlim muassasasining mehnatni muhofaza qilish va ota-onalar qoʻmitasi vakillari kiritiladi.
Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar yuz berganda maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan dalolatnoma mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan soʻng rasmiylashtiriladi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ikki va undan ortiq taʼlim oluvchining oʻlimi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish taʼlim muassasalari boʻysunuvi boʻyicha tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi yoki Xalq taʼlimi vazirligi buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan olib boriladi.
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori oʻrinbosari, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari raislik qiladilar hamda uning tarkibiga hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tarmoq kasaba uyushmasi raisi hamda baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taʼlim muassasasi rahbari va mehnatni muhofaza qilish ishlariga masʼul xodim hamda ota-onalar qoʻmitasi vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Maxsus tekshirish komissiyasi oʻn kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari jabrlanuvchi va ularning qonuniy vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
19. Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzosi maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan xulosalaridan norozi boʻlsa, shuningdek ular zarur deb hisoblagan boshqa hollarda oʻz fikrini yozma ravishda bayon qilishi mumkin.
20. Maxsus tekshirish komissiyasi talablariga koʻra baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taʼlim muassasasi rahbariyati:
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun oʻzlarining oralaridan ekspert guruhi tuzish mumkin boʻlgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi;
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan oʻtkazish va boshqa ishlarni tashkil etishi;
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi;
maxsus tekshirish uchun zarur boʻlgan transport vositalari bilan taʼminlashi;
maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq texnik vositalari bilan taʼminlashi shart.
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan oʻtkazish va taklif qilingan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa ishlar, shuningdek transport va aloqa vositalarining xarajatlari baxtsiz hodisa yuz bergan taʼlim muassasasi hisobidan amalga oshiriladi.
Maxsus tekshirish komissiyasi aʼzolari maxsus tekshirish davomida taʼlim muassasasi rahbaridan, uning oʻrinbosarlaridan, guvohlar va boshqa aloqador shaxslardan yozma, ogʻzaki va audio (video) tasvirlarda tushuntirishlar olishga haqli.
21. Ekspert guruhi maxsus tekshirish komissiyasi raisining farmoyishiga muvofiq tuziladi. Ekspert xulosasini talab qiluvchi masalalar va ekspert guruhi xulosasi boʻlgan materiallar yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
22. Maxsus tekshirish hujjatlariga quyidagilar kiradi:
har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi dalolatnoma;
mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi maxsus tekshirish dalolatnomasi;
rejalar, sxemalar, hodisa joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi, baxtsiz hodisa yuz bergan joyning chizmasi, fotosuratlari;
tushuntirish xatlari;
jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va ogʻirligi, oʻlimi sabablari toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa;
ekspert guruhining (zarur boʻlganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari;
maxsus tekshirish komissiyasini tuzish haqidagi buyruq va boshqa hujjatlardan koʻchirmalar.
23. Maxsus tekshirish tugagandan soʻng besh kun muddatda maxsus tekshirish komissiyasi tekshirish hujjatlarini:
baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joydagi ichki ishlar boʻlimiga;
taʼlim muassasasining yuqori turuvchi organiga;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tarmoq kasaba uyushmasiga taqdim etadi.
24. Baxtsiz hodisa yuz bergan taʼlim muassasasi maxsus tekshirish hujjatlarini zudlik bilan koʻrib chiqib, baxtsiz hodisa kelib chiqish sabablarini bartaraf etish toʻgʻrisida maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarishi shart.
III. Yakuniy qoidalar
25. Mazkur Nizomga rioya qilmagan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2010-yil 15-dekabr
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
2010-yil 15-dekabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 15-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 15-dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
2010-yil 15-dekabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2010-yil 15-dekabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 15-dekabr
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
2010-yil 15-dekabr
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 15-dekabr
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2010-yil 15-dekabr
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| |
“TASDIQLAYMAN” | |
| | _______________________________________________ _______________________________________________ | |
| |
(taʼlim muassasasi rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi) | |
| |
_______________ |
_________________ |
| |
(imzo) |
(sana) |
|
| ||
| |
D A L O L A T N O M A |
|
| 1. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taʼlim muassasasi nomi _______________________ | ||
| 2. Taʼlim muassasasi manzili _____________________________________________ | ||
| 3. Jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________ 4. Jinsi _______________________________________________________________ 5. Yoshi, yil, oy, tugʻilgan kuni _____________________________________________ 6. Jabrlanuvchi qaysi sinfda (guruhida) oʻqishi ______________________________ 7. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joy ________________________________________ 8. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan manzildagi oʻqituvchi, tadbir oʻtkazgan rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi _________________________________________ 9. Xavfsizlik texnikasi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _____________ _______________________________________________________________________ 10. Baxtsiz hodisa roʻy bergan vaqt _________________________________________ 11. Baxtsiz hodisa turi ___________________________________________________ 12. Baxtsiz hodisa toʻgʻrisida umumiy maʼlumot ______________________________ _______________________________________________________________________ 13. Tashxis ______________________________________________________________ 14. Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari ______________________________ _______________________________________________________________________ 15. Baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish tadbirlari: ____________________ _______________________________________________________________________ 16. Baxtsiz hodisa guvohlari ______________________________________________ | ||
| Dalolatnoma tuzildi ____________________________________________________ | ||
|
(yil, kun, oy) | ||
Komissiya raisi _________________________________________________________ | ||
| |
(F.I.O., imzo) |
|
| Komissiya aʼzolari ______________________________________________________ | ||
| |
(F.I.O., imzo) |
|
| 20___ yil “____” ______________ | | |
|
(sana) |
(oy) | |
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Taʼlim oluvchilar bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni hisobga olish
JURNALI
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| T/r | Baxtsiz hodisa yuz bergan kun, vaqt | Jabrlanuvchining ismi, familiyasi, tugʻilgan yili | Qaysi sinf (guruhda) oʻqigan | Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joy, (auditoriya, laboratoriya, sinf, ustaxona, tadbir moʻljallangan joy) | Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari | Baxtsiz hodisa toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot | Baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma tuzilgan kun | Baxtsiz hodisaning oqibatlari | Koʻrilgan choralar haqida maʼlumot |
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Baxtsiz hodisani maxsus tekshirish
DALOLATNOMASI
| 20 ___ yil “____” ____________________ soat _______________________ daqiqada | |
| _______________________________________________________________________ | |
|
(jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) | |
| bilan yuz bergan _________________________________________________________ | |
|
(guruhiy, oʻlim bilan tugagan, oqibati ogʻir) | |
| _______________________________________________________________________ | |
|
(taʼlim muassasasi nomi) | |
| _______________________________________________________________________ | |
|
(buyruq) | |
| asosan quyidagi tarkibda tuzilgan maxsus tekshirish komissiyasi: | |
| rais ___________________________________________________________________ | |
|
(F.I.O., lavozimi, ish joyi) | |
| _______________________________________________________________________ | |
| komissiya aʼzolari: ______________________________________________________ | |
|
(F.I.O., lavozimi, ish joyi) | |
| _______________________________________________________________________ | |
| taklif etilgan mutaxassislar ishtirokida _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ | |
|
(F.I.O., lavozimi, ish joyi) | |
| 20 ___ y. “______” ______________ dan 20 ___ y. “______” gacha mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirdi va ushbu dalolatnomani tuzdi. |
Izoh. Guruhiy baxtsiz hodisalar tekshirilganda har bir jabrlanuvchi haqida alohida maʼlumotlar koʻrsatiladi. Oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar faqat oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar tekshirilganda koʻrsatiladi.
Dalolatnomada jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oʻqish joyi, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramogʻidagi oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi) tugʻilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari), shuningdek baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar boʻlgani, bu jarayonga kim boshchilik qilgani, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon qilish zarur.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 29-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 25.11.2023-y., 10/23/2184-1/0892-son; 29.12.2025-y., 10/25/2184-2/1230-son)