Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-sonli “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qoʻyish, shuningdek respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi.
2. Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda roʻyobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan taʼsirchan nazorat amalga oshirilishini taʼminlash;
tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini taʼminlash;
mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni roʻyobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining taʼlim, tibbiy xizmat, ijtimoiy taʼminotga boʻlgan huquqlarini taʼminlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
soliqlar, bojxona toʻlovlarini yigʻish, davlat daromadlarini taqsimlash yoʻli bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tuzilgan maʼmuriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi etib qayta tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi etib qayta tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi etib qayta tashkil qilish;
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilish;
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat”) etib qayta tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasini tugatish.
4. Respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyxati ilovaga muvofiq belgilansin.
5. Ilovada koʻrsatilgan respublika davlat boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jamiyatni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq yangilangan oʻz nizomlarini hamda boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
6. Maʼmuriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi bosqichma-bosqich ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiq qayta tashkil etiladigan davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. A. Xudoybergenov zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-dekabr,
PF-3358-son
Respublika davlat boshqaruvi organlari
roʻyxati
I. Vazirliklar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
(I boʻlimning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-son Farmoni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoniga muvofiq 14-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga muvofiq 15-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Davlat qoʻmitalari
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-sonli Farmoniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
(II boʻlimning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-son Farmoniga muvofiq 9-band deb hisoblangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4965-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 108-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Agentliklar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
3. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzarxiv” agentligi
(III boʻlimning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan, shuningdek 3 — 8-bandlar 2 — 7-bandlar deb hisoblangan — OʻR QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Qoʻmitalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(IV boʻlimning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan, shuningdek 2-3-bandlar tegishli ravishda 1-2-bandlar deb hisoblangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-oktabrdagi PF–3806-son Farmoniga muvofiq 3-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 394-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Markazlar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-oktabrdagi PF–3806-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan, 3 — 7-bandlar 2 — 6-bandlar deb hisoblangan — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 394-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli Farmoni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 2-modda)
VI. Inspeksiyalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(VI boʻlimning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 11-12-son, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 259-modda; 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 28-29-son, 204-modda; 37-38-son, 282-modda; 2006-y., 40-son, 394-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 52-son, 510-modda; 2011-y., 1-2-son, 2-modda, 36-son, 366-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda, 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 8-son, 108-modda, 16-son, 267-modda, 20-son, 354-modda, 28-son, 636-modda, 35-son, 917-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)