Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING ISTEʼMOL TOVARLARINI OLIB KELISH VA SOTISH MASALALARI BOʻYICHA BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartishlar kiritilsin:
1. “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 12-iyundagi PF-1789-son Farmoni 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat daromadiga oʻtkaziladigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni hisobga olish, baholash va sotish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 19-dekabrdagi PF-1897-son Farmoni 1-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmonining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga bojxona qonunchiligini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovarlar olib kelinishi faktlari aniqlangan taqdirda huquqbuzarlik buyumlarini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga musodara etish huquqi berilsin”;
4-bandning birinchi xatboshidagi “davlat mulkiga oʻtkazish” soʻzlari “davlat daromadiga oʻtkazish uchun bojxona organlari tomonidan musodara qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-oktabr,
PF-3335-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 177-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)